To'ylarimiz va chet-elda to'y  ( 80753 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 10 B


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:15:31

Noza:

Yaqinda bir psixolog domlamiz bir qiziqarli gap etib berdilar. Bu haqda eshitib rostini etsam og'zim ochilib qoldi.
Ularning etishlaricha:
"To'ylarimizda prakat chollar degan narsa chiqibdi. 15-20 yoshi o'tgan chollarmish. Ularni ko'rgan har bir odam QANIDI MANI BOBOM HAM SHINDAY BOLSALAR deb yuborarkanmish. Har biri savlatli, kelishgan, chiroyli chollar. Yana hammalari bir hil, huddi haligi multik borku "32 pahlavon"midi o'shanga o'hshagan"ekan. Avvaliga man ham ishonmadim. Balki bu rostdir. Lekin psixologiya o'qituvchimiz o'z ko'zim bilan ko'rib sizlarga etvomman dedi buni.
Sizlarning fikringiz qanday bu haqida?

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:15:42

AbdulAziz:

Noza, o`sha chollar to`yda nima vazifani bajarisharkan?
Nima qilishadi ular?
Xuddi artistlarga o`xshasharkan-da?
   

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:15:54

Noza:

Uzr sal adashibman, bu chollarni asosan naxorgi oshlarga borishlarini eshitgandim.Man o'qituvchimdan nima uchun kerak ekan bu narsa desam? ??? Ular manga "Bunaqa chollar asosan badavlat oilalarning oshlariga borisharkanmish. Odamlar ko'rib vay vo bu odamni "oshi" ga ham hatto "shunaqa"lar kelarkan degan gap-so'z tarqalish maqsadida" deb etgandilar. :D

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:16:07

Mohinur:

Assalomu alaykum Noza!
To`grisi yozgan gaplarizga tushuna olmadim. Bizda unaqa narsalar yo`q. Shu chollar ham obro` keltiradimi?

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:16:20

Bonu:

Yo tavba!!!! NImalarni oylab topishmaydiya!!!!!
Eshitgan odam hayratdan yoqasini chaynab yeb qayadi! :o :o :o

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:16:33

AbdulAziz:

Eh, tinchimagan odamlarey. Nimalarni o`ylab topishmaydi, deysiz...
Bundan kimga va nimaga foyda?
O`sha chollaram pulga kelsa kerak?
Alohida "ansambl" tuzvolishgan bo`lsa kere-a?
Ishqilib buyam urf bo`pketmasa bo`lgani...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:16:45

Margilanets:

Assalomu aleykum Davron aka!
Manimcha aka, anu bizdegi tog`ora jo`natishti keregi yo`q, to`g`rimi? Bechora kelin tarafga juda og`ir tushib ketadi. Ham, to`ydan oldin ziyopat jo`natadi, ham to`ydan keyin 40 kungacha ziyopat toshish. Mayli to`ydan keyingisi qolo`rsin, lekin to`ydan oldingi tog`ora bo`mabdi, aka, nima keregi bor shuni?
   

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:16:56

Noza:

Tavba tavba! Hudo o'zi asrasin bunaqa urf dan. Bu narsalar urf bo'lmaydi degan umiddaman.
Lekin rostdan ham juda kulgili.
To'g'ri etasiz alohida ansabl tuzvolishgan bo'lishsa kerak. :D
Ansambllarini nomi ham "super chollar" bo'lsa kerak ??? :D

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:17:13

Margilanets:

EEE, qanaqa odatlar bular!
Chollar ansamblimish...
... eh tinchimagan odamlarey, nimalarni o`ylab topishmaydi, deysiz...

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 06:17:23

Noza:

Odamlar pullarini qaerga sig'dirishni bilmi qolishgan shuning uchun shunqa odatlarni o'zligicha to'qib chiqarishsa kerak.

Qayd etilgan