To'ylarimiz va chet-elda to'y  ( 80894 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 B


Robiya  18 Fevral 2008, 17:26:16

Сарпо қсйиш шартми?
Куёв келинни сз хонадонига олиб келганида келиннинг ёнида унинг укаларидан ёки жиснларидан бири-стириб олиб. автомашина сшигини очмасдан сзига сҳтиром сифатида пул талаб қилиши тсғрими?
-Йсқ, албатта. Келин куёвнинг ҳовлисига келтирилган пайтда у куёв билан ср-хотин бслиб сшаши ҳақидаги битимни, съни никоҳни тузган бслади. Бу ҳолда куёвнинг ҳовлисига келтирилган келиннинг куёв таклифига биноан автомашинадан тушишига ҳеч ким қаршилик ксрсатмаслиги керак. Тарихан бундай удумимиз бслмаган.
Тарихан бундай удумимиз бслмаган.
Келин-куёв чмилдиққа хонага киришидан олдин уларни ёқилган аланга атрофидан уч марта айлантириш ҳам миллий урф-одатларимизга кирадими? -Бу одат Марказий Осиё ҳудудида ислом дини жорий қилингунга қадар пайдо бслган. Чунки аҳоли стга. алангага сиғинган. Бугунги кунда бундай одатни амалга ошириш шарт смас.
Келин хонадонига борган куёвнинг дсстлари узун ёғоч дастага машъала ёқиб, ёр-ёр айтиб, келинни олиб келиши тсғрими?
Келинни олиб келишда машъаладан қадимда тун пайти келин юрадиган йслни ёритиш учун фойдаланилган. Бугун ҳамма шаҳар ва туманларнинг қишлок^ маҳаллаларида слектр ёритиш воситалари мавжуд бслиб турган бир пайтда келинни машъала ёки олиб келишга ҳеч бир ҳожат йсқ. Бунинг устига одатда келин, албатта, автотранспорт
воситасида куёвникига олиб келинади. Ер-ёр айтилса бслади. Аикоҳ, тсй (базми) сснгги пайтда жуда катта бслиб, исрофгарчиликлар билан стаспти. Бутсйни қандай стказиш зарур? -Келин-куёвнинг никоҳтсйи (базми) қудаларнинг маҳалла фуқаролар йиғини ҳузурида ташкил стилган тсй ва маъракаларни стказиш бсйича комиссис билан келишуви асосида ихчам, камчиқим ва исрофгарчиликка йсл қсйилмаган ҳолда снг сқин қавму^қа-риндошлар, асосан, ёшлар иштирокида стказилгани маъқул. Аикоҳ тсйининг ёшлар маънавистини бойитишдаги срнини ҳисобга олиб, унинг тарбисвий-аҳамистига катта сътибор қаратиш керак. Санъаткорлар ижро стаётган қс-шиқлар мазмуни мукаммал, чуқур маъноли, уларга ватанпарварлик, меҳр-оқибат, ишк^муҳаббат, ота-онага садоқат, оқибатлилик, андишалилик, имон ва инсоф, ҳалоллик ва поклик, саранжом-саришталик сингари халқимизнинг снг юксак инсонийлик ғослари сингдирилган бслиши лозим.
Аикоҳ тсйларида 20-30 дан ортиқ меҳрибон табрик учун ссзга чиқиб, узокдан узоқ гапирганларига нима дейсиз? -Аикоҳтсйи сз номи билан тсй. Уни мажлисга айлантириб юбормаслик керак. Тсйда катта ҳаёт тажрибасига сга бслган 2-3 киши келин-куёвни табриклаб, уларга бахтли ҳаёт кечиришларини нист қилса етарли бслади.
Маълумки, тсй санъаткорсиз стмайди. Аммо санъаткорлар гуруҳидаги сйинчи (раққоса)лар меҳмонлар даврасини айланиб, ёқимсиз қилиқлар қилишиб, ҳаммани пул қистиришга чорлайдилар. Имконисти бслмаган меҳмонлар ийманиб қоладилар. Бу муаммони қандай ҳал қилса бслади? -Албатта, санъаткорларнинг хизмати, мусиқа садоси ва қсшик^ рақссиз тсйни тасаввур қилиш қи-йин. Лекин тсй сгалари санъаткорларни тсйга таклиф қилиш вақтида улар билан бу ҳақда ҳам келишиб олишлари зарур.
Охирги йилларда раққосалар базмда бир жойда-уларга ажратилган майдончада туриб, жозибали хиром билан хизмат қилиши срнига, даврама-давра юриб, меҳмонларга суюқлик қилиб, ишқаланиб, бетутуруқ ссзлар отиб, пул теришга одатланганлар. Бу снг нобоп иш миллий маънавистимиз ва
 
маданистимизга мутлақо келмайдиган ҳолатдир. Бундай хурмача қилиқлар ёш йигит-қизларимизнинг тарбиссига ҳам салбий таъсир ксрсатади, тсй меҳмонларини безовта қилади, услтиради, ташвишга солади. Уларнинг жамистдаги обрсйига
путур етказади, тсйнинг асл моҳистини бузиб юборади. Айрим тсйларда сйинчилар меҳмонлар сртасида жанжал чиқаришга ҳам сабабчи бслаётирлар. Шунинг учун қудалар ва бошқа тсй ташкилотчилари, маҳалла оқсоқоллари, уларнинг диний маърифат ва маънавий-ахлоқий тарбис масалалари бсйича маслаҳатчилари тсйларни миллий қадристларимиз нуфузини сақлаган ҳолда стказишнинг таъсирчан чораларини ксришлари керак. Бундай раққосаларни, ҳатто, тсй давомида бслса ҳам тартибга чақириш зарур. Агар улар сзларини тузатиб олмасалар, тсйдан чиқариб юборсалар бслар сди.
Аикоҳ тсйи давомида қуда-андаларга сарпо улашиш бслади. Бу хусусда фикрингизни билмоқчи сдик.
Аикоҳтсйи давомида базмни тсхтатиб қсйиб, қуда-андаларга сарполар қилиш ёки улашиш мақсадга мувофиқ смас. Бу ишни қилмаган маъқул. Агар қудалар шундай нист қилган бслсалар, сарпо улашишни фақатгина оила аъзолари даврасида оддийгина қилиб стказса бслади. Аикоҳтсйидан кейинги «келин салом» тадбирини стказса бсладими?
-Албатта бслади. Келин куёвнинг уйига снги аъзо бслиб борилади. Шу сабабдан ҳам у удумларимизга ксра, қайнонсА¬ қайнотаси ва хонадоннинг бошқа аъзолари билан саломлашиши, сз навбатида қайнона-қайнота ҳам келинлари билан юз ксришиб, саломлашишлари керак. Бу одат муҳим маънавий қадристимиз саналади ва келин билан қайнонсьқайнота сртасидаги жуда нозик муносабатларни боғлаш ҳамда мустаҳкамлашда, сзаро меҳр-оқибатни кучайтиришда, иззат-ҳурматни оширишда каттадан-катта аҳамистга сга. Бироқ, ушбу тадбирни фақат оила аъзолари иштирокида жуда ихчам стказиш шарт.

Manba

Qayd etilgan


Robiya  21 Fevral 2008, 16:19:29

Dunyodagi ko’p xalqlar qatori biz — o’zbeklarda ham azaldan oila va nikoh muqaddas sanalib, e’zozlangan. Shu bois o’zbeklar doimo to’ylariga alohida e’tibor berganlar. Ajdodlarimiz nikohni Olloh buyurgan shariat qoidalariga qattiq rioya qilgan holda o’tkazishga intilganlar. To’y rasm-rusmlari ham nikohni, oilani mustahkamlashga qaratilgan. To’ylar xalqni ma’naviy-ruhiy tomondan tarbiyalovchi vosita bo’lgan. Chunki to’ylarda xalq og’zaki ijodi — laparlar, termalar, millliy raqs san’ati, qo’shiq san’ati ham ravnaq topgan.
Keyingi yuz yillikda o’zbeklar hayotidagi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yurtimizning rus iste’lochilari tomonidan bosib olinishi va ular olib brogan ruslashtirish siyosati xalqimizning muqaddas an’analariga, jumladan, to’ylarga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Ota bobolarimiz asrlar davomida rioya qilib kelgan an’ana;ar, rasm-rusmlar unutila boshladi, shariat ahkomlariga rioya etilmay qo’yildi.

Asrimizning 60-yillarida, avvalo "œqizil to’y", keyinroq "œkomsomolcha to’y" deb nomlangan "œyangicha" to’ylar paydo bo’ldi. So’ngra bu to’ylar "œbazm" deb atala boshladi. Bunday to’ylarda Islom dini tomonidan harom deb ta’qiqlangan spirtli ichimliklar iste’mol qilindi. Oqibatda xalqimizning imoni sustlashdi, ruhi o’tmaslashdi, o’zi jismonan zaif va ojiz bo’lib qoldi. Ustiga-ustak erkak va ayollarning tunda, bir dasturxon atrofida o’tirib mayxo’rlikka, o’yin-kulgiga berilishlari ular orasidagi ilohiy pardani — hayo va iffat pardasini olib tashladi. Xalqimiz orasida tarixda kuzatilmagan zino, fahsh kabi xorlikka eltuvchi ishlar sodir bo’la boshladi. Ba’zilar esa to’qlikka sho’xlik qilib kim o’zariga, sendan men kammizayilida ish tutishi oqibatida isrofgarchilik kabi illatlarning avj olishiga sababchi bo’ldilar.

Qayd etilgan


Robiya  21 Fevral 2008, 16:20:05

Dong’i ketgan san’atkorlarni yollash, maxsus baqirtirgichlar o’rnatib to’yning ovozini yeti mahallaga eshittirish xalqning ijodkorligini bo’g’di. To’ylarda milliy kuy qo’shiqlar, laparlar ijro etish, she;rxonilkar qilish, yor-yor, alyorlar aytish ko’pincha unutildi. Shu tarzda to’ylarimiz ming yillardan buyon bajarib kelgan ulug’ vazifasini, ya’ni xalqning ijodkorlik qobiliyatini shakllantiruvchilik vazifasi barham topa boshladi.

Barchasining oqibatlarini aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi: oilaviy mojarolar, er-xotin orasidagi nizolar, qo’ydi-chiqdilar, bolalarning tirik yetim qolishi, yetimxonalarning ko’payayotganligi va hokazo"¦ hokazo"¦. Bular nima? Qanday gunohlarimiz va xatolarimiz evaziga ko’rayotgan ko’rguliklarimiz bular? Axir, kamtarona va pokiza to’ylar o’tkazgan bizning ajdodlarimiz bunday fojealarni bilmaganlar-ku, bunay ishlarni o’zlari uchun or bilganlar-ku?! Bugun o’zligimizga qaytadigan davr kelmadimikan?

Mustaqillik davrida xalqimiz ijtimoiy xayotida, ijtimoiy-siyosiy qarashlarida tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. Lekin, afsuski, to’y rasm-rusumlarida ijobiy siljishdan ko’ra, salbiy - nomaqbul odatlar ko’proq ko’zga tashlanmoqda. Nikohning muqaddasligini anglash, uni pok saqlash, harom-xarishdan asrash o’rniga latta-puttaga berilish, molu dunyoga, dabdabaga, hoyu-havasga hirs qo’yish tobora avjiga chiqmoqda. Ijtimoiy hayotdagi iqtisodiy taqchillikka qaramay, to’ylarni dabdabaga aylantirish, dasturxonga, sarpo va liboslarga hasham berish, kayf-safo, maishatga mukkasidan ketish kamayish o’rniga kuchaymoqda. Bunday to’ylar juda ko’pchilikning joniga tekkan bo’lsa-da, to’ylarni boshqacha trtibda o’tkazish uchun hech kimda iroda, qia’tiyat yetishmayapti.

Qayd etilgan


Robiya  21 Fevral 2008, 16:20:45

Diniy e’tiqodlarga erkinlik berilishi aholi muayyan bir qismining shariat qoidalariga ko’ra yashashlari uchun imkon tug’dirdi. Turmush tarzimizga "œislomiy to’y" degan yangicha to’y kirib keldi. Lekin, afsuski, islomiy to’ydan ham kutgan ezgu umidlarimiz ro’yobga chiqmayotir. Chunki hali diniy savodi uncha yuqori bo’lmagan otinoyilar bunday to’ylarni faqat va’zxonlikka, qur’onxonlikka, takbirxonlikka aylantirib yubordilar. Musiqa, qo’shiq, she’rxonliklarni esa, "œshaytonning nayrangi" deb qat’iy man etib, hali shariat ahkomlariga to’liq rioya qila olmayotganlarning izzat-nafsiga tegadigan, ularni dindan bezdiradigan gaplarni ayta boshladilar. Bu esa, islomiy to’y haqida xalqimiz orasida salbiy qarashlarni keltirib chiqarmoqda. Holbuki, payg’ambarimizning hadislarida to’yda musiqa chalish, qo’shiq aytish, o’yin kulgu qilish mumkinligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Ijtimoiy hayotimizga bozor munosabatlarining kirib kelishi — biz hohlaymizmi, yo’qmi — bugun bo’lmasa. Ertaga to’y o’tkazish tartiblariga ham ta’sir etadi. To’ylar bundan buyon tobora ixchanlashib, soddalashib borishi ehtimoldan xoli emas. Negaki, bozor munosabatlarining o’ziga xos qonunlari, ya’ni narxlarning o’sishi, kundalik iste’mol mollariga bo’lgan ehtiyojlarning tobora oshib borishi bu ehtiyojlarni qondirish uchun ko’proq mehnat qilishga majbur etadi. Bu esa, bozor iqtisodiyotininh qonunu-qoidalarini, ijtimoiy hayotning mohiyatini terangroq anglab yetish uchun imkon tug’diradi, odamlarda mehnat va mashaqqat bilan topgan pulni to’ylarda behuda sovurishga yo’l qo’ymaydi.

Qayd etilgan


Robiya  21 Fevral 2008, 16:21:32

Ayni zamonda to’y o’tkazayotgan ota-onaga agar to’y qilib tanish-bilishlarning ko’nglini olishdan ham ko’ra farzandining baxtli bo’lib ketishi, o’qiladigan nikoh hayrli, qurilajak oila mustahkam bo’lishi muhimroq bo’lsa, ular fikrimizcha, quyidagi uch qoidaga qattiq amal qilishlari lozim:

Avvalo, to’yda spirtli ichimliklarni qo’ymaslik. Chunki nikoh halollik va poklik ramzidir. Unga Olloh tomonidan harom etilgan narsa aralashtirilsa, halolga haromning kasri uradi va nikohning mustahkamligiga future yetadi.

Ikkinchisi, ayol bilan erkakni bir joyga to’plashga, birgalikda o’yin-kulgu qilishga barham berish. Chunki bunda ko’z zinosiga yo’l qo’yilad. Bu ham harom etilgan amaldir va nikohga salbiy ta’sir ko’rsatishi shunhasizdir.

Uchinchisi, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik, noz-me’matlarni, sarpo-sidralarni, qizning sepini oshirib-toshirmaslik. Chunki Olloh bunday holni suymaydi va bu harom amaldir.

Shu uch qoidaga rioya qilgan oda, shubhasiz, o’z farzandiga va boshqalarga baxt ulashgan, yaxshilik qilgan, qurilayotgan yosh oila poydevorining mustahkam bo’lishiga hissa qo’shgan bo’ladi.

Qayd etilgan


Robiya  21 Fevral 2008, 16:22:46

Xalqimiz orasida ichkiliksiz to’y zerikarli bo’ladi, bunday to’yga borgandan bormagan afzal, degan aqida shakllangan. Vaholanki, to’yga yeb-ichish, xursandchilik, kayf-safo uchun borilmaydi. To’yga ikki yoshga oq yo’l tilash, farzandlarini kamolga yetkazib, mustaqil hayotga yo’llayotgan ota-onani, qavm-qarindoshlarini, yoru do’stlarini muborakbod etish uchun boriladi.

To’ylarda yangicha tartib, yangicha rasm[rusumlarni joriy qilishda mahalla qo’mitalari, xotin-qizlar faollarining ta’siri kuchli bo’lmog’i zarur. Har bir mahallada iqtidorli ayollardan laparchilar, musiqachilar guruhini tashkil etish, to’yni qiziqarli, bir umr esda qoladigan qilish uchun turli-tuman dasturlar tayyorlash, to’y ishtirokchilarining faolligini oshirish yo’llarini o’ylab topish lozim.

Ayni kunda biz — o’zbeklar shunday to’ylarni joriy etishimiz lozimki, bu o’zbekining o’zining to’yi, o’ziga xos va o’ziga mos milliy, o’zbekona to’yi bo’lib dovrug’i ketsin. Bu to’ylar uning milliy qiyofasi, shavkati va or-nomusidan darak berib tursin; u bizning chinakam iftixorimizga aylansin. Manba

Qayd etilgan


mutaallimah  23 Fevral 2008, 09:13:27

Assalomu-alaykum

CHet elga kelganimizdan buyon anchagina toylar ko'rdik.Lekin birortasi O'zbekistondagidek dab-daba bilan o'tmadi.O'ddiygina talabaga hos toylar.Arablarda ham bizning yurtimizdagidek isrofgarchilik yoq toylarida.Lekin talabalarni toy dasturhonlari sahobalar davridagidek bo'lsa kerak deb o'ylayman.CHunki uzog'i bilan 2 soatda hamma mehmonlar tarqaladi.Ziyofat uchun ham kop narsa kerak emas.Eng asosiysi qorni toqlarga emas tolibi ilmlarga ziyofat beriladi.

Qayd etilgan


Foniy  20 Avgust 2008, 13:10:19

***

Келинг, дастлаб тсйхона ва ресторанлар ҳаражати ҳақида гаплашамиз. Чунки тсйнинг уйда стиши Тошкентда аллақачон «мода»дан қолиб улгурган. Тахминимизча, 90 фоиздан кспроқ тсйлар шундай махсус жойларда стказилмоқда.

Айни пайтда пойтахтда қурилиши давом стаётган, ҳали битмаган бир нечта тсйхонани топиш мумкин скан, демакки уларнинг сони келажакда снада кспасди.
А­ътиборингизга баъзи тсйхоналардаги бир киши учун белгиланган нархларни ҳавола стамиз: «А­сидиёр» тсйхонаси - 16.000 ссм, «Осиё» - 16.000, «Хувайдо» - 15.000, «Ааврсз»ресторани-15.000 ссм, «Ўзбекистон» меҳмонхонаси - 18 доллар, «Дедеман» отели -21 доллар. Шу рсйхат ҳозирча етади, чунки бошқалари ҳам, албатта, шунга сқин бслади.
Тсйга сртача 200 киши ташриф буюришини ҳисобга олсак, уни стказадиган жойнинг сзига 3 миллион ссмдан ошиқроқ пул сарфлайсиз. Агар сифатлироқ ресторан танланадиган бслса, у ҳолда 5 миллионча тайёрлаб қссверинг!
Демак, биринчиси кетди. Аазаримда, снг асосий бош оғриғи -жой масаласидан қутулиб олгандекмиз.
Майли, бслақолсин, биронта ижарага бериб қсйган сскироқ "Тико"ингиз бслса, сшани сотиб юборасиз-да, бу ҳаражатдан бир зумда қутуласиз.
И-с, тсйхона ҳал бслгани билан, бу ҳали ҳолваси скан-ку! Буёқда ҳали а-анча сарф борга схшайди...

«Хизматдагилар»

А­нди даврада «хизмат қиладиганлар» ҳақида. Чунки ҳеч нарсасиз стса стадики, уларсиз стмайди «тсй жаноблари».
Санъаткорларнинг нархларини кспчилигимиз тахминан биламиз. Оддийроқ ҳофизлар 100 дан бошлаб 500 гача. Таниқлироқ қсшиқчилар 1000 доллардан арзонига сзларини «уринтириб» қсйишмайди. Анча машҳурларининг нархлари икки-уч минг ва ундан ҳам юқори. А­нди-и... у ёғи сизга боғлиқ.
Айтганча, сртани олиб борувчилар бироз камтарроқ. Улар 100-300 ораси-да «юришади».

«Мегсеdеs», Лимузин ва бошқалар

Айтганча, «рсйхат»га автоколоннани киритиб қсйиш ссингиздан чиқмасин. Ахир, снг схши лимузинлардан бслса қандай схши!
Демак, машиналар нархлари: Лимузин роса «кетворган» бслса - 500-700 доллар, оддийроқларини майли 300 га ҳам топса бслади. «Мерседес»пар тахминан 50-150 орасида. Аархлар машиналарнинг қанча вақт олиб юришига, уларнинг ранги, ҳолати ва бошқа томонларига боғлиқ.
Бир ерда сшитиб қолдим, баъзи жойларда отли кареталар қилиш ҳам урфга кириб бормоқда скан. Шахсан сзим ксрганим йсқ-ку, лекин бор дейишди.

Келинга либослар

Келинга олиб берилиши керак бслган айрим нарсаларнинг пулини срганиб чиқдим:
Лальто 150 доллардан у ёғи, лекин айтишларича, ҳозир ишни «200» бериб ҳал қиласиз. А­тик ва туфли учун сна 100 доллар билан қутулса бслади. Ҳа, айтганча, ксйлак учун сна 150 атаб юборасизлар, снди, куёв-тсралар!

Қалин пули

Агар таъбир жоиз бслса, аслида берилиши лозим бслган сгона нарса ҳам қалин пули. Чунки бизнинг аҳкомларда келин учун маҳр беришгина бор. Қалин пули айнан сша маҳрга тсғри келишини ҳисобга олсак, уни танқид қилиш инсофдан смас. Чунки, у ҳақиқатанда келиннинг ҳаққидир. Лекин ҳозирда бу нарсани ҳам бироз ошириб юборишибди. Айтишларича, «200» беришаётган скан. Агар куёв тсранинг топиши схши бслса, у ҳолда 500 мингни схлит қилиб олиб бориб берилган маъқул дейишди. Ҳар ҳолда ишлатишга осон. Яна ким билади, дейсиз...

Тортлар

Охирги пайтларда «супер» дизайндаги тортлар пайдо бслган. Жуда бежирим ва маҳобатли. Тсй айни қизғин паллага кириб бораётганда, уни келин-куёв рспарасига олиб кириб қсйиш қандай завқли! Шундай скан, тортга ҳам «заказ» берақоламиз! Аархлар билан танишиб олинг:
«Уч стаж»ли тортлар—50-100 оралиғида, лекин ундан ҳам зсрлари бор. Агар хоҳласангиз 200 ва ундан қимматроқ — айнан шунга срашадиган сифатда тайёрлаб беришади. Бундай тортларнинг оғирлиги ҳам нақд 40-50 килограмм чиқади.
«Шампанский» ссдан чиқмасин!
«Формула-1» пойгаларида ғолибчиққанлар бир-бирларига шампан виноси сочишади. Айни пайтда тсйларимиз ҳам шусиз стмайдиган бслиб қолди. Шундай скан, уни ҳам қсшиб қссмиз-да!
Демак... шу десаларинг шампан виноси пирамидасини бемалол 150-300 доллар оралиғидаги нархларда топса бслади. Унинг нархи ҳам худди Лимузин каби узун-калталигига боғлиқ.

Таклифнома

«Кичкина деманг бизни...» деган мақолни сшитганмисиз? Таклифнома олиш ҳам кичкина бир юмушга схшаб ксринса-да, анчагина пулингизни шилади.
Таклифномаларнинг нархи турига, сифатига ва дизайнига қараб —150 ссмдан бошланиб то 15 минг ссмгача. Ҳа, ажабланманг, бир донасининг нархи шунча пул турадиганлари ҳам бор. Битта тсйга, масалан, 4 хилидан буюртма берсангиз, балки озмунча пулингизни тежаб қоларсиз (катталарга, аёлларга, келиннинг дугоналарига, дегандек). Лекин шуниси аниқки, у ҳолатда ҳам таклифномаларга 50-60 мингдан кам кетмаслиги аниқ. Айни пайтда биргина таклифноманинг сзи учун 100 доллар кетказиш нормал ҳол сифатида қабул қилинмоқда скан.

Камера ва фото

Бу - керак! Ахир бугунги тсйларни камера ва фотосиз тасаввур стиб бслармиди? Уларнинг нархлари 50 дан бошланади, снг схшилари 1000-1500 атрофида ҳам ишлашади.
«Аега ахир, шунчалик қиммат бслган видеотасвирчилар ҳам борми?», дерсиз. Албатта, бор. Улар шундай бир ускуналари, масалан - кранлар билан ташриф буюришади. Худди футбол транслсяиссида камера дарвоза устида айлангани каби, оператор одамларни юқоридан тасвирга туширади.
Ахир, қиммат бслса ҳам арзийди-да, ё нотсғри гапирдимми?

Шар ва Гуллар

Келин-куёв стирадиган столни шар ва гуллар билан безаш бугунги кунда снг асосий сътиборга тушадиган жиҳатлардан бири бслиб қолди. Албатта, тсйни стказаётган оила учун. Бу борада ҳам нархлар анча «камтар» — сифатига қараб 150 доллардан 400 гача. Аммо шарлар ва гуллар бутун зални қамраб олишини мақсад қилган бслсангиз, бу ҳақда бироз сйлаб ксринг - нархлар 300 дан то 700 гача бслади.

Аритгичлар билан ишлаш

А­-с-снди буёғи телевидение бслиб кетди. Лекин начора, охирги пайтларда бу соҳа ҳам тсйларни забт ста бошлади. Турли рангдаги нурлар сффекти тсйингизни худди катта саҳналардаги каби безаб берар скан, нега ундан фойдаланмаслик керак? А­ффект билан ишлайдиганларнинг таклиф қилаётганлари ҳам чакки смас: 200 дан бошланиб то 1500 гача бслган нархларда.

Вальс

Кулманг! Бугунги тсйларда маросим айни авжига чиққанида,келин-куёв ҳамманинг ксз снгида вальс тушиши одатга айланди. Бунинг нимаси харажат дерсиз — вальсга тайёрланиш керакми? Бслажак келин-куёв тсй куни услиб қолмаслик учун камида бир ҳафта вальс курсларига қатнаши керак. Курсларга сса куёв пул тслайди — сртача доллар.

Тсйдан кейинги саёҳат

Айни пайтда худди чет слдаги каби, бизда ҳам амалга кириб бораётган одат. А­нди баъзи-баъзи оилаларда бошланмоқда. Бунинг учун киши бошига сртача 1000 доллар пул кетади. Сиз танлаган қиз «Тсйдан кейин саёҳат учун қайси мамлакатга йсл оламиз?», деб қолса, асло ажабланманг. Чунки бундай ҳодиса орасирада бслса-да, кузатилмоқда. Шундай скан, айнан шунақа ойимчалар нега снди сизга учрамаслиги керак? Ҳа, сҳтиёт бслишга тсғри келади!

Хс-сш, сна нима қолди?

Ҳар ҳолда сарфларнинг кспи кетиб ози қолди. Агар биз снглишиб, нимадир унутган бслсак, маъзур тутинг, уни сзингиз умумий сарфга қсшиб қссрсиз...
Демак, ҳисоблаб чиқишимизча, Тошкентда оддийроқ тсйларга ҳозир-да 4-5 минг доллар кетмоқда. Мундоғроқлари 10 минг бслса, схши тсйларга 20 мингни беҳижолат сарфлаб юборишаётир.
Ана сизга бугуннинг нархлари!

Бекзод Ахмаджанов


Manba

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  24 Mart 2010, 15:59:34

Qanaqa to'y qilmoqchisiz? (Yohud qirq tog'oraning qirq nog'orasi )
                                       "O'nta qo'y nima buladi? Mahallada duv-duv gap bo'lsin deyman"
 
 Bismillohir rahmonir rahiym!
AlamdulILLAHI Robbil'alamin va solatu va salamu ala hoyri holqihi Muhammad va ala alihi va sohbihi ajmai'yn! Ama'bad...
  Yaratgan egam ALLOHga behisob hamdu sanolar bo'lsinkim bizlarni, faqat O'zigagina ibodat qiluvchi mo'min musulmon bandalaridan qilib yaratgani uchun! Ushbu yozmoqchi bulganlarimni yuqoridagi epigrafdan qisman bulsada bilib olgan bulsangiz kerak?! Bu gapni hammamizga ma'lum va mashhur kinofilmda juda kop marotaba eshitgansiz albatta. Ushbu jumlalar utgan asrning ikkinchi yarmida aytilganiga qaramay  oradan shuncha vaqt utsa ham  bugungi hayotimizga qanchalik tog'ri keladi. Kamina ushbu yozmoqchi bulganlarim bilan hech kimga dilxiralik qilmoqchi emasman, shunchaki bugungi kunimizdagi to'ylar haqida o'z fikrimni sizning ixtiyoringizga havola qilmoqchiman holos.
  To'y! Naqadar ajoyib marosim! Ikki yoshning "visol onlariga" guvoh bulish uchun bundan-da ko'ra tantanali marosim bormi? O'zbek xalqini to'y qilganda ko'ring! Hammamizni ham to'ylarga yetkizsin deymiz gohida, lekin qanday to'ylarga? Biz to'y deganda nimani tushunadigan bo'lib qoldik? 300-400 kishilik mehmon chaqirib hammani qornini to'yg'izib, erkak-u ayolni aralashtirib chang to'zonda xar-hil musiqalarga o'ynab, spirtli ichimliklarni mast bulib ichadigan marosimnimi? Qiziq...yuqorida yozilgan epigrafni misol qilganim shuki usha davrdan hozirgi kunimizgacha qancha vaqt utdi, qanchadan qancha o'zgarishlar buldiyu lekin kishilarning onglari o'zgarmadimi? Aksincha o'zgardi, shu darajada uzgardiki rivojlanish bilan birga kishilar ongi barovar uzgardi. Faqat isrofgarchilik yuzasidan uzgardi! Usha davrdan hozirgi kungacha hamma narsa qanchalik rivojlanib ommalashgan bulsa, isrofgarchilik ham ommalashdi! Farzandini to'yini kuraman degan ota-onalar misqollab yig'ganlarini bir kunda ko'kka sovuradigan bulib qoldi. Balki meni aytayotganlarimi notog'ridir, lekin bugungi kunimizdagi to'ylarning aksariyati isrofgarchiligu, noshariy amaldan boshqasi emas. Bugungi to'ylarning deyarli hammasi "Sendan men kammi?" shiori ostida o'tib bormoqda! Puli bor odamga to'y qilish oson, lekin puli yuq odamga qiyin. Falonchi keliniga manashuncha ko'ylak olibdi, pistonchi qiziga manabunaqa mebel olibdi degan gaplarni kunda bulmasa kunora eshtib hayratlanasan kishi! Nahotki oila deb atalmish kichik jamiyatning o'zagi mahr bilan ulchansa?  Mol dunyo va obro'-mansab uchun quda andachilik qilayotgan ota-onalar nahot o'z farzandlarini baxtini o'ylashmasa? Bunday xoyu-havaslar evaziga qurilgan oila poydevorsiz qurilgan uyga uhshab qolmaydimi? Poydevorsiz qurilgan uy ko'p o'tmay nurab qolib, qulab tushganidek, havoyu-nafs evaziga qurilgan oila ham parokandaga yuz tutishi aniq. Bundan 12-14 yil muqaddam otalar so'zi-aqlning ko'zi ko'rsatuvida Orif otaning (ALLOH rahmat qilsin) shunday gaplari yodimga tushadi: Yaqinda Toshkentda bir to'y buldi. Kuyovning onasi keliniga 450 ta ko'ylak qilibdi. Eh, bir yil 365 kun bulsa kuniga bittadan yangi ko'ylak kiyganda ham bir yildan keyin farzandli bulsa, qolgan ko'ylakni kiyarmidi?" Bunday dabdabalar hozir ham uchrab turibdi. Qo'sha qo'sha moshinalar, uch to'rt xil taomlar hammasi isrofgarchilikning o'zimasmi? To'ylarning yevropalashib ketganligi haqidaku aytmasa ham bulaveradi. Alhamdulillah hammamiz musulmonmiz! Nega endi musulmon bulib islomiy, shariatga muofiq to'y qilmaymiz? Chuqurroq o'ylab qaraydigan bulsak, daxshatning o'zginasimasmi? Bir kelinni olib ketgani yigirma chog'li yigit qo'sha-qo'sha moshinalarda kelsa, u yigitlarga bir mahalla ota-onalar o'z qizlarini moshinalarga mindirib qo'shib bersa bu nima degan hol? Qiziq savol tug'iladi islomiy to'y bulmagan to'y yoki nasroniy yoki yahudiylarniki buladi! Bunday to'yga nikoh deb atalmish muqaddas shariy hukmni nima keragi bor degin keladi kishi?! Usha yevropaliklar ham uzlarini to'ylariga bu darajada sarf harajat, isrofgarchilik qilmaydi! Ho'sh, biz endi qayoqqa qarab ketayabmiz? To'ydan keyin ichib olib duo ham qilishadi. Axir harom luqma bilan qilingan duo qabul bulmasligini nahot bilmasalar? RasulALLOH s.a.v:"Ey, Sa'd haromdan saqlaning, zero qoringa bir luqma harom kirsa bandaning duosi qirq kungacha qabul bulmaydi" dedilar.
 Hurmatli mo'min musulmon birodarlar! Qayoqqa qarab ketyabmizu, kimga taqlid qilyabmiz? Bir o'tmishimizga nazar solsak yahshi bulardi. Bunday dabdabayu isrofgarchilikni qiyomat kuni javobgarli borligini balki ayrimlarimiz bilmasmiz? Bunday dabdaba va hoyu havaslar haqida bot-bot aytilgan bulsada, lekin amalda ijobiy tarafga uzgarish sezilmayabdi. Bularning hammasi diniy ilmimiz, shariy savodimiz yuqligidan! Ahir qachongacha shunday bid'at bilan yashaymiz? Yohud to'ylarimizning hammasi odamlar nima deydi? deyishlik uchun bulib qoldimi?
 Yozmoqchi bulganlarimni shu yerda muxtasar qilib, ushbu hadis birla yakunlamoqchiman, Nabiy s.a.v.: Agar qaysi bir odam ALLOHning roziligini uylamasdan, bandani roziligni o'ylasa, ALLOH usha odamni, roziligini o'ylagan odam qo'lida xor qiladi." dedilar.
  Yaratgan egam ALLOH barchamizni hidoyat yulidan adashtirmasin! Qalblarimizni iymon nuri bilan nurlantirsin. Faqat O'Zining rozilini topishligimiz uchun kuchli taqvo va sabr ato etsin! Guzal Jannatda O'Zining nurli jamoliga nazar solmog'likka nasibu musharraf aylasin deya duolaringizga muhtoj Shoxruh Mirzo. As-salomu alekum va rahmatullohu va barakatuhu!

Qayd etilgan


BelleQizcha  01 Iyul 2010, 20:45:44

hm..

Qayd etilgan