Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 702232 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 ... 140 B


muxbir  28 May 2008, 16:44:35

"œMALIK UL-KALOM" (arabcha — so`z podshosi) — ijodkorning yuksak qobiliyati, badiiy-poetik mahorati va shuhratini e’tirof etish, uning o`z davri, zamondoshlari adabiy muhitida tutgan yetakchi mavqe, obro`-e’tiborini ko`rsatish uchun qo`llangan unvon. Malik ul-kalom so`z san’atida o`ta yuksak marralarga, ijod cho`qqilariga ko`tarilgan, o`ziga zamondosh va halaf ijodkorlar uchun ustoz darajasiga yetgan so`z san’atkorlaridir. Shu ma’noda Alisher Navoiy keksa zamondoshi Mavlono Lutfiyni shu unvonga loyiq ko`rgan va «Majolis un-nafois» tazkirasida «Mavlono Lutfiy o`z zamonasining malik ul-kalomi erdi. Forsiy va turkiyda benazir erdi», deb qayd qilgan edi

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:44:46

"œMATLAI SA’DAYN VA MAJMAI BAXRAYN" — Abdurazzoq Samarqandiyning tarixga oid asari. "œMatlai sa`dayn va majmai bahrayn" ("œIkki saodatli yulduzning chiqish va ikki dengizning qo`shilish joyi") 1467-1469-yillarda fors tilida yozilgan. Abdurazzoq Samarqandiy o`z asarida Eron va O`rta Osiyoning 1304-1470-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti, shuningdek, Temuriylar davlatining qo`shni davlatlar bilan bo`lgan savdo, siyosiy va madaniy aloqalar tarixini bayon etadi. Asarning ma’lum qismi Amir Temur va temuriylar hukmronlik qilgan davrga bag`ishlangan

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:44:55

MINIATYURA (fransuzcha miniature; lotincha minium — qizil bo‘yoq) — badiiy usullari o‘ta nafis bo‘lgan kichik hajmli (mo‘jaz) tasviriy san’at asarlari. O‘rta asr qo‘lyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis mo‘"jaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, mag‘zi soxta (toshqog‘oz), metall, chinni, ba’zan maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va boshqa)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham miniatyura atamasi qo‘llanadi. Badiiy miniatyuraning kitob va portret miniatyurasi kabi sohalari keng tarqalgan. Temuriylar davrida alohida varaqlarga miniatyura ishlash va ulardan muraqqa tuzish an’anaga aylangan, alohida shaxslar tasviri (portreti)ni ishlash taraqqiy etgan, xususan, Hindistonda Boburiylar davrida yuksak darajaga ko‘tarilgan. XIV a. oxirida Samarqandda Samarqand miniatyura maktabi shakllangan, keyinchalik u Hirot miniatyura maktabining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan; Amir Temur qurgan bog‘lardagi ko‘shklar ham devoriy rasmlar bilan bezatilgan. Temuriylar saroylarida alohida kitobxonalar tashkil etilib, u yerda mohir xattot va kitobat ahli, jumladan, musavvirlar ham faoliyat ko‘rsatgan. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida ham kitobat san’ati va miniatyura taraqqiyotiga katta e’tibor berilgan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:45:09

MIRZOYI HAMMOMI VA KARVONSAROYI — Registon maydonida qurilgan, hammom va karvonsaroy.

MISKARON — miskarlik.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:45:22

"œMONIYI SONIY" (Ikkinchi moniy) — XV asr tasviriy san`atining ulug` namoyondasi Kamoliddin Behzod zamondoshlari tomonidan shu nom bilan nomlangan.

MOL SARDARAX — bog‘ va daraxtzorlardan olinadigan soliq.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:46:30

MUMALLIKAYI XOS — davlat mulklari boshqaruv-chisi.

MUQATTA" MASJIDI — Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan Registon maydonida qad ko‘targan masjid. Muqatta" masjidining devoridan tortib, toqu ravoqlarigacha, ustunlaridan to eshik va panjaralarigacha naqshkor yog‘ochdan ishlangan edi. Rasadxona hali qurulib ishga tushirilganga qadar osmon yoritgichlarini holatini kuzatish ishlarini ma’lum darajada Ulug‘bekning Samarqand madrasasida va Muqatta" madrasasida olib borilgan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:46:49

MUZZAHHIB — zarhal beruvchi mo‘yqalam sohibi.

MUZORIY — qo‘shchi, ziroatkor, ekin ekuvchi. Ular qishloqning mehnatkash tabaqasi bo‘lib, ular 4 guruhga bo‘lingan: 1) davlat yerlarida yashuvchi muzoriylar; 2) mulkdorlarning yerlarini ishlovchi muzoriylar; 3) o‘z yeriga ega bo‘lgan dehqonlar; 4) vaqf yerlarida yashovchi muzoriylar. Muzoriy davlat yoki vaqf yerlarida ham, tarxon yoki suyurg‘ol egalari kabi yirik mulkdorlarning yerlarida ham yolanma ziroatchi bo‘lib, dehqonchilik qilgan. Ularning hosildan oladigan hissasi yer egalarining yerdan tashqari urug‘lik, omoch, ho‘kiz, ot va arava kabilarni berganiga qarab belgilangan. Qanday yerda dehqonchilik qilishdan qat’iy nazar muzoriy hamma vaqt soliqlarni to‘lar va majburiyatlarni o‘tar edi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:47:16

MUXOLIFAT — mavjud hokimiyat siyosatiga qarshi kuchlar.

MUXASSILONI — soliq yig‘uvchilar.

MUTAFAKKIR — chuqur tafakkur iste’dodi egasi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:47:43

NAQSHI JAHON — Ulug‘bek rasadxonasining ichki devorlarida koinot-u Yer sharining umumiy manzarasi tasvirlangan bo‘lib, shu tufayli bu mavzu aholi o‘rtasida shu nom bilan shuhrat topadi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:47:52

"œNASOYIM UL-MUHABBAT" («Sevgi shabadalari») — Alisher Navoiy asari. 1495-96-yillarda Abdurahmon Jomiyning «Nafohat ul-uns» asari ta’sirida yozilgan. Jomiy asariga tanqidiy qaragan Navoiy «burung`i zamondag`i mashoyihdin barchasining zikrin qilmaydurlar va o`z muosirlarining ko`pini, o`zlarin ham bitmaydurlar» der ekan, asarda Jomiy, Lutfiy, Ashraf Muflisiy, Shayx San’on, Nosir Xisrav, Nasimiy va shular qatori Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg`oniy kabi «turk mashoyixlari» haqida ma’lumot beradi. Navoiy asarda ilova qilingan shaxslarning faqat sufiyona qarashlarinigina yoritmasdan, adabiyot va jamiyatdagi o`rnini belgilashga ham katta e’tibor bergan. «N. ul-m.» Navoiyningdidaktik qarashlari, tarjimonlik va tadqiqotchilik faoliyati hamda estetik qarashlarini o`rganish uchun muhimdir.

Qayd etilgan