Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 702262 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 ... 140 B


muxbir  28 May 2008, 16:48:00

NASTA’LIQ — xattotlik uslubi, arab mumtoz xat uslublaridan biri. XIV asrda shakllangan, nazariy asoschisi Mir Ali Tabriziy. Bu xat nasx va ta’liq xat uslublari asosida yaratilgan bo‘lib, harflarning 5/6 qismi egri va 1/6 qismi to‘g‘ri chiziqlar asosida yoziladi. Dastlab mo‘tabar qo‘lyozmalarni, asosan, badiiy adabiyot namunalarini ko‘chirishda va alohida qit’alarni bitishda foydalanilgan. Keyinchalik bu yozuv kitobat san’atidan nasx va suls yozuvlarini siqib chiqaradi. Nasta’liq uslubi ayniqsa Sulton Ali boshliq Hirot hatotlari faoliyati bilan keng tarqaladi va o‘z takomilining yuksak bosqichiga ko‘tariladi. "œXatti Hirotiy" deb shuhrat topgan bu uslub O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afg‘oniston va Hindistonda keng tarqalgan. Ja’far Boysunquriy, Azhar Tabriziy, Sultonali Mashhadiy va uning shogirdlari nasta’liqda ijod qilgan. Ayniqsa, Mir Ali Haraviyning nasta’liqni Movarounnahrda tarqalishida xizmati katta. Darvish Muhammad («Favoid ul-xutut»), Munis Xorazmiy («Savodi ta’lim»), Muhammad Azim («Mir"oti ta’lim») asarlarida nasta’liq xatining asoslarini o‘rganish bayon etilgan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:48:09

NA’LBANDON — taqachilar.

OQSAROY — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (XV a.). Temuriylarning so‘nggi dahmasi. Oqsaroy qo‘shimcha dahma sifatida Abu Said (1449-69) va Sulton Ahmad Mirzo (1469-94) hukmronligi davrida qurilgan. Maqbara pishiq g‘ishtdan ganch qorishmasida terilgan. Oqsaroy chortoq tarhli katta xona va qarama-qarshi joylashtirilgan xonalardan iborat. Bosh tarzi janubga qaragan. O‘rtadagi miyonsaroy tagida sardoba joylashgan. Oqsaroy qurilishida o‘sha davr me’morligiga xos murakkab usullar qo‘llanilgan: katta xona gumbazi 4 katta ravoq va o‘zaro kesishgan ravoqchalar hamda toqilar yordamida yopilgan. Bu qurilmalar sharafa va ganch bezaklari bilan pardozlangan. Bezaklarning ko‘p qismi kundal uslubida bajarilgan. Nafis ishlangan oq, ko‘k ranglar oltin hal bilan o‘zaro uyg‘unlashib ajoyib ko‘rinish kasb etgan. Naqsh shakllari o‘zaro takrorlanmagan. Bir ravoqdagi naqshda bir-biriga o‘xshamaydigan 67 xil bezak-gul bo‘lgan. Binoning tashqi me’morligi nihoyasiga yetkazilmagan. Katta xona tashqi gumbazi, 8 qirrali poygumbazi tugallanmagan. Oqsaroy temuriylar davri me’morligining noyob namunasi hisoblanadi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:48:17

QAZNOQ — omborxona.

QATON — kanob poyasidan to‘qilgan mato.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:48:26

QOZIZODA RUMIY MAQBARASI — Ulug‘bek davrida Shohizinda ansambli kompleksining markaziy qismida qad ko‘targan naqshinkor obidalar orasida, me’moriy jihatdan eng ajoyibi. U peshtoqli ulkan gumbazli ziyoratxonadan iborat bo‘lib, koshinkor va beqiyos jilvali rango-rang parchinlar bilan naqshlangan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:48:42

"œQUBLAT UL-QUTTOB" (Kotiblar qiblasi) — O`rta asrning mashhur xatoti Sultonali Mashhadiy shu nom bilan shuhrat topgan edi.

QUTBUDDIN SADR MADRASASI — Ulug‘bek davrida Samarqandda qurilgan madrasa. Bu madrasada dastlabki saboqlarni Xoja Ubaydulloh olgan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:49:07

QO‘SH — bir juft ho‘kiz bilan haydaladigan yer maydoni.

RANGREZ — mato va kalavalarga bo‘yoq beruvchi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:49:15

"œRAVZATUS SAFO" — Mirxondning tarixga oid asari. Alisher Navoiyning ko`rsatmasi va homiyligi bilan yaratilgan asarning to`liq nomi "œRavzat us-safo fi siyrat al-anbiyo va-l-xulafo" ("œPayg`ambarlar, podsholar va xalifalarning tarjimai holi haqida jannat bog`i") bo`lib, unda dunyoning yaratilishidan to 1523-yilga qadar O`rta Osiyo, Yaqin va O`rta sharq mamlakatlarida, shuningdek O`zbekistonda bo`lib o`tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar bayon etilgan. "œRavzat us-safo" muqaddima, xotima va yetti jilddan iborat. Asarning so`nggi jildi Xondamir tomonidan yozilgan. Unda Sulton Husayn Boyqaro va avlodining tarixi bayon etilgan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:49:22

REGISTON ANSAMBLI — Sаmаrqаndning Registon mаydonidа 3 mаdrаsа (Ulug‘bek mаdrаsаsi, Tillаkori mаdrаsа, Sherdor mаdrаsа) dаn iborаt me’moriy mаjmuа. Dаstlаb Ulug‘bek mаdrаsаsi (1417-1420) bunyod etilib, keyinchаlik qаrshisigа — mаydon shаrqigа Ulug‘bek хonаqohi (1424), shimolgа Mirzoyi kаrvonsаroyi, jаnubgа Аlikа Ko‘kаldosh Jumа mаsjidi (1430) qurdirgаn, yonidа esа yog‘ochdаn хotаmkori uslubidа mаsjidi Muqаttа vа Аbusаid mаdrаsаsi qurilgаn. XV asrning 20-40-yillarida Registon hаshаmаtli me’moriy аnsаmblgа аylаngаn. XVII asrda Sаmаrqаnd hokimi Yalаngto‘sh Bаhodir vаyronа holаtdаgi Ulug‘bek хonаqohi o‘rnigа Sherdor mаdrаsа (1619-1635/36) ni, Mirzoyi kаrvonsаroyi o‘rnigа Tillаkori mаdrаsа-mаsjidi (1646/47-1659/60)ni qurdirgаn. Registon ansambli o‘zining rаng-bаrаng koshinkori bezаklаri; nаqshinkori peshtoqlаri, ulkаn gumbаzlаri bilan O‘rtа Osiyo me’morligining noyob yodgorligi hisoblаnаdi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:49:30

 "œRISOLA DAR ILMI MUSIQA" ("œMusiqa ilmi haqida risola’) — Mirzo Ulug`bekning musiqa tarixiga bag`ishlangan asari. Unda "œo`n ikki maqom bayoni"ga doir maxsus bobi bo`lgan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:49:41

 "œSAB’AI SAYYOR" («Yetti sayyora») — «Xamsa» (Alisher Navoiy)ning to`rtinchi dostoni (1484), ishqiy-sarguzasht xarakterda. 37 bob (5000 baytdan oshiq). Sharqda keng tarqalgan «Bahrom Go`r» afsonasi asosida. Afsona Eronning sosoniy hukmdori Varaxran V (420-438-yillar hukmronligi) nomi bilan bog`liq (Varaxran — dariycha Bahrom). U go`r-qulon oviga o`chligi uchun Bahrom Go`r nomi bilan mashhur. Afsonani yozma adabiyotga, dastlab Firdavsiy olib kirgan. So`ng Nizomiy, Xisrav Dehlaviy va boshqalar shu mavzuda asarlar yozganlar. Navoiy bu tajribalarni umumlashtirib, mukammal original doston yaratgan. Doston Sharqda «Bahrom va Gulandom», «Bahromnoma», «Haft manzari Bahrom» nomlari bilan shuhrat qozongan. «Sab’ai sayyor» an’anaga ko`ra, hamd, munojot va na’t bilan boshlangan, so`ng voqealar bayon etilgan. Mundarijasi «Xamsa»dagi boshqa dostonlardan farq qiladi; hikoya ichida hikoya usulida yozilgan. Bahrom va Dilorom voqeasi asarda qoliplovchi hikoya bo`lib, uning ichida yana 7 hikoya keltirilgan. Ular asarning umumiy yo`nalishi bilan chambarchas bog`lanib, yaxlit bir badiiy asarning uzviy qismlarini tashkil etadi. Ayni vaqtda hikoyaning har biri mustaqil hisoblanadi va mavzular davrning, xalq turmushining muhim tomonlarini qamrab oladi; xalq hayoti, tinchlik va osoyishtalik, adolat va vatanparvarlik, sevgi va ma’rifat g`oyalari ilgari suriladi, munofiqlik va zolimlik qoralanadi. Bahrom — 7 iqlim shohi. Ovda uni izlab kelayotgan Moniyni uchratadi. Moniy xitoylik go`zal Dilorom haqida xabar beradi, o`zi chizgan qizning suratini ko`rsatadi. Shoh suratni ko`rib telbalarcha oshiq bo`ladi. Xitoyning 1 yillik xirojini to`lab, qizni saroyga keltiradi. Shoh qizga butunlay mahliyo bo`lib, mamlakat ishlarini unutadi. Mastlik bilan sevgilisidan ham ajraladi, so`ng uzlatga beriladi. Undagi savdoyilikni daf etmoq uchun 7 iqlim shohi 7 rangdagi 7 qasr qurdiradi. Bahrom ularning har birida har kuni 1 musofirdan hikoya tinglaydi, tuzala boshlaydi. Nihoyat 7-kun oq qasrda Diloromning daragini eshitadi va uni topadi. Yana ovga, aysh-ishratga beriladi va navbatdagi ov paytida butun arkoni davlati bilan yer yutadi. Navoiy Bahrom obraziga juda katta ma’no-mazmun yuklagan. Uning timsolida oshiqlik va shohlikning bir tanga sig`masligini ko`rsatgan. Navoiy asar voqealarini Xurosonu Movarounnahr hayoti bilan bog`lashga harakat qilib, qissaga turkona ruh bergan. «Sab’ai sayyor» voqealari, qahramonlarining xatti-harakatlari yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan. Navoiydan so`ng og`zaki va yozma adabiyotda «Sab’ai sayyor»ning bir necha variantlari yaratildi.

Qayd etilgan