Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 702238 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 ... 140 B


muxbir  28 May 2008, 16:49:57

 "œSADDI ISKANDARIY" ("œIskandar devoir") — «Xamsa» (Navoiy)ning yakunlovchi dostoni (1485). Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat bo`lib, Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asardir. Doston aruzning mutaqorib bahrida turkiyda yozilgan. Xamsanavislikning buyuk namoyandalari: Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar Iskandar to`g`risida doston yozib, o`z «Xamsa»lariga kiritganlar. Dastlab musulmon dunyosida Qur’oni karimning Kahf surasida nomi zikr etilgan hukmdor Zul-qarnayn (Ikki shoxli, 18-sura, 83-98-oyatlar) hamda yunon sarkardasi va davlat arbobi Aleksandrni bitta shaxs deb bilishgan va u sharqda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur bo`lgan. Mazkur Iskandarnomalarga Iskandar timsolidagi Aleksandr faoliyati mavzu qilib olingan. Ammo asarlarda Iskandar timsoli tarixiylikdan tobora uzoqlashib, badiiy to`qima obrazga aylana borgan. Har bir xamsanavis Iskandar timsolida o`z ideallarini talqin etishga harakat qilgan. Navoiy o`z asari avvalida, salaflaridan farqli o`laroq, tarixiylikka, ko`proq tarix kitoblariga tayanib ish ko`rganini yozadi. Navoiy bu o`rinda o`z asarida Iskandar haqidagi boblar izchilligining Qur’ondagi Zul-qarnayn haqidagi oyatlarga hamda tarixiy shaxs Aleksandr faoliyatiga muvofiq kelishini nazarda tutgan. Dostonning «Saddi Iskandar» deb nomlanishida ham Qur’oni karimning Navoiy uchun birlamchi manba bo`lganligi seziladi. Navoiy talqinida Iskandar odil shoh, u dunyoni kufrdan, jaholatdan tozalab, butun dunyoda adolatni joriy etish, bashariy tartib-qoidalarni katta olamdagi tartib-qoidalarga muvofiqlashtirish maqsadida xalqlar ustiga yurishlar qilgan. Bu esa sufiyona talqin bo`lib, dostondagi muqaddima boblar, Iskandar voqealari hikoya qilingan boblar hamda unga ilova boblarda ham shoirning tasavvufiy qarashlari ustuvorligini ko`rish mumkin. Mas., Iskandar shisha sandiq yasab, dengiz tubiga tushadi, turfa ajoyibotlarni ko`rib, vataniga qaytadi. U vafot etar ekan, bir qo`lini tobutdan chiqarib qo`yishlarini so`raydi. Asarda Navoiy insonni bu foniy dunyo hoyu havaslariga ortiqcha ruju qo`ymaslikka chaqirib, garchi Iskandar jahonni egallagan jahongir bo`lsa-da, u narigi dunyoga hech narsasiz ketayotganligiga ishora qiladi. Doston turkiy adabiyotda ko`plab naziralar yozilishiga turtki bo`lgan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:50:05

SAHHOF — kitobni muqovalovchi usta, muqovasoz.

SAHHOFLIK — hunarmandlik turi, qog‘ozni sahifalash va kitobni muqovalash kasbi

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:50:14

SAMARQAND MINIATYURA MAKTABI — o‘rta asrlarda Samarqandda shakllangan tasviriy san’atdagi uslubiy yo‘nalish. Eng rivojlangan davri XIV a. ikkinchi yarmi — XV a. va XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Temuriylar davrida Samarqand yirik madaniyat markaziga aylangan, me’morlik va kitobat san’ati beqiyos darajada taraqqiy etgan. Yozma manbalar, saqlanib qolgan san’at yodgorliklari Samarqandda tasviriy san’at qadimdan rivojlanganligini ko‘rsatadi. Amir Temur bog‘laridagi saroylar devorlariga mahobatli rasmlar ishlangan, shohona chodirlar tasvirlar bilan bezatilgan, keyinchalik Mirzo Ulug‘bek davrida ham binolar tasviriy lavhalar, syujetli asarlar bilan bezatilgan: shoh, uning yaqinlari va safdoshlari portretlari, qabul marosimlari, ziyofat, safar va jang lavhalari, ov va boshqa manzaralar aks ettirilgan; ayniqsa, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi devorlariga osmon gumbazi, yulduzlar olamiga taalluqli jismlarning ramziy tasvirlari ishlangan. Xuddi shunday tasvirlar bilan olim Abdurahmon as-So‘fiyning astronomiyaga oid risolasi ham Samarqand miniatyura maktabi vakillari tomonidan bezatilgan. Samarqand miniatyura maktabi ustalari yaratgan rasmlarda voqealar, asosan, manzara zaminida tasvirlanadi; romantik tasvirlarda O‘rta Osiyo tabiatiga xos manzaralar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, mahalliy xalq qiyofalari o‘z aksini topgan. Mujassamotdagi originallik, bezak tuzilishi va badiiy ifoda vositalaridagi aniqlik, yirik shakli, kenglikni simmetrik tuzilishi, sokin ritmi va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan Samarqand miniatyura maktabida qiyofalar ro‘paradan chizilgan, voqealar past-baland adirlarda, ko‘shk, chodir zaminida tasvirlangan; ayniqsa, zarrin och sariq — och binafsha rangli vazmin kolorit diqqatni tortadi. Ustod Gung, G‘iyosiddin, Amir Temur saroyida yashagan Xoja Abdulhay, uning shogirdi Pir Ahmad Bog‘ishamoliy, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqalar Samarqand miniatyura maktabining yirik vakillaridan. Nizomiyning «Xamsa», «Mirzo Ulug‘bek o‘z a’yonlari bilan» alohida miniatyura, Muhammad Shodining «Fathnoma», «Tarixi Abulxayrxoniy», Firdavsiyning «Shohnoma», Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» va boshqa qo‘lyozma kitoblar Samarqand miniatyura maktabi vakillari tomonidan badiiy bezatilgan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:50:22

SANAD — shahodatnoma, hujjat.

SANGTARASHON — toshtarovchilar, tosh yo‘nuvchi.

SARROJON — egarchi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:50:31

SEKSTANT (lotincha sextans — oltinchi) — osmon yoritqichlarining balandligini belgilash uchun mo‘ljallangan ko‘zguli-qaytargichli asbob.

SIMKASHON — sim cho‘zuvchilar.

SIYOSAT — davlat hokimiyatini boshqarish.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:50:39

SUDSI FAXRIY — sekstant.

SULTON UL-XATTOTIN (Xattotlar sultoni) — mashhur xat nazariyotchisi Sultonali Mashhadiy shu nom bilan shuhrat topgan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:50:47

SO‘ZANGARON — ignasozlik.

TAVAJJUHOTI XORIJIY — favquloddagi xarajatlar solig‘i.

TAZAR — yer osti kanalizatsiya inshoati.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:50:54

TAMG‘A — savdo boji; savdogarlardan olinadigan soliq.

TANOB — ikkinchi 2,5 ming kv.m. hajmidagi yer maydoni.

TARG‘U — zig‘ir poyasidan to‘qilgan dag‘alroq mato.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:51:02

"œTARIXI ARBA" ULUS" ("œTo`rt ulus tarixi") — Mirzo Ulug`bek tomonidan yozilgan tarixiy asar. Asar 1425-yildan keyin yozib tamomlangan. Mirzo Ulug`bekning "œ Tarixi arba" ulusi" kitobi turklarning ajdod va avlodlari, mung`ul qabilalari, hamda Chingizxon vafotidan keyin tashkil topgan Ulug` yurt, Jo`chi, Chig`atoy va Elhoniylar ulusining qisqacha tarixiga bag`ishlangan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:51:10

 "œTARIXI RASHIDIY" — Mirzo Muhammad Haydarning tarixga oid asari. Asar 1544-1546-yillar orasida Kashmirda yozilgan bo`lib, unda Mo`g`uliston xalqlarining tarixi Tug`luq Temurdan (1348-1362) to Abdurashidxonning taxtga o`tirishigacha (1533) bo`lgan davrni o`z ichiga oladi."Tarixi Rashidiy" asari O`rta Osiyo, Koshg`ar, Afg`oniston hamda Shimoliy Hindistonning XIV-XVI asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotini o`rganishda muhim manba hisoblanadi.

Qayd etilgan