Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 702151 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 ... 140 B


muxbir  28 May 2008, 16:54:29

XUSRAVIYA — Alisher Navoiy tomonidan Marv shahrida bunyod etilgan madrasa.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:54:39

YASSAVIY MAJMUASI, XOJA AHMAD YASSAVIY ME’MORIY MAJMUASI — Turkiston (qadimgi Yassi) shahridagi me’moriy yodgorlik (1389-95); Qozog‘iston hududida. Dastlab Xoja Ahmad Yassaviy qabri ustida kichik maqbara qurilgan (XII a.). Keyin Amir Temur tomonidan ulkan mahobatli maqbara majmui bunyod etilgan, bino loyihasini ishlab chiqishda uning o‘zi shaxsan ishtirok etgan. Qurilishga devonning xayriya ishlari boshlig‘i Mavlono Ubaydulla Sadr bosh etib tayinlangan. Qurilish qisqa muddatda zudlik bilan boshlanib jadal qurila boshlangan, biroq Amir Temurning vafoti (1405)dan so‘ng qurilish to‘xtab qolgan. Bino oldidagi ulkan peshtoqni Buxoro hukmdori Abdullaxon II (1583-98 ) tiklashga harakat qilgan. Yassaviy maqbarasi ko‘lami jihatdan o‘sha davrlarda bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Shahrisabzdagi Oqsaroy va Dor us-Siyodat majmuiga tenglashadi. Yassaviy maqbarasi janubdan shim.ga cho‘zilgan to‘rtburchak tarhli (46,5x65,5 m), peshtoq-gumbazli; mujassamot markazida jamoatxona va uning atrofida go‘rxona, masjid, katta va kichik oqsaroy, kitobxona, halimxona, quduqxona va ikki qavatli hujralar (jami 35 dan ortiq xonalar) joylashgan; majmuaning jan.-g‘arb tomonidagi yer osti chillaxonasi Yassaviy davrida paydo bo‘lgan, keyingi davrlarda qayta tuzatilgan. Majmua tashqi devorlarining qalinligi 1,8-2 m, jamoatxona devorining qalinligi 3 m. Mahobatli bino jamoatxona bilan bog‘langan 2 qavatli 8 yo‘lak (dahliz)lar bilan simmetrik tarzda 8 qismga bo‘lingan (yo‘laklardan 2 tasining boshi berk); go‘rxonaga jamoatxona bilan bog‘lanmagan alohida yo‘lak orqali kiriladi, kirish eshigi tepasidagi tosh lavhaga majmua Amir Temur buyrug‘iga binoan bunyod etilgani qayd etilgan. Majmuaning bosh tarzidagi ulkan peshtoq (kengligi 50 m, ravog‘iniki 18,2 m)ning ikki yoniga guldastalar, orqa burchaklariga ustungo‘shalar ishlangan, peshtoq orqali jamoatxonaga kiriladi, jamoatxona (bal. 37,5 m) katta gumbaz (diametri 18,2 m) bilan yopilgan; xona o‘rtasiga qirq quloqli nazir-niyoz qozoni o‘rnatilgan (usta Abdulaziz ibn Sharafiddin ishi), bu yerda haftada 2 marta kambag‘al bechoralar va musofirlarga halim tortilgan. Jamoatxona to‘ridagi go‘rxona (7,15А…7,15 m)da yashil yashma toshidan ishlangan sag‘ana (3,25А…2,2 m) bo‘lib, unda o‘yma naqshlar va kitobalar saqlangan. Go‘rxona va masjid qo‘shqavatli gumbaz bilan yopilgan: go‘rxonaning tashqi gumbazi (diametri 10 m, bal. 21 m) 52 ta qovurg‘ali bo‘lib, sirkori koshinlar bilan kitobalar bitilgan baland poygumbazga o‘rnatilgan, masjid gumbazining poygumbazida 16 ta panjarali darchalari bor, shiftidagi 6 qirrali yulduz shakli xonaga jozibadorlik baxsh etgan, ayniqsa mehrob (3,5А…2,5 m) hashamdor bezatilgan. Jamoatxona, go‘rxona, masjidning ichki devorlariga ravoqlar ishlanib, xonalar ichi kengaytirilgan, gumbaz va ravoqlar muqarnaslar bilan to‘ldirilgan. Bino ko‘lamini uning tashqi bezaklaridagi koshinkori handasiy naqsh va kitobalar ham ta’kidlaydi. Ya.m.ning tashqi devor yuzasi 3 qismga bo‘linib, poydevoriga (bal. 1,85 m) koshinkori girih naqshlar, o‘rta asosiy qismga yirik handasiy shakl-lar va yuqori hoshiya (friz) qismiga (bal. 2,62 m) kitobalar ishlangan. Go‘rxona va masjid ichkarisi hallangan rangli koshinlar bilan ziynatlangan. Bino eshiklari yog‘och o‘ymakorligida bezatilgan, metall qismlari rixtagarlik, kandakorlik usulida bajarilgan. Yassaviy maqbarasi bezaklari orasida usta Safar, Hoji Hasan Sheroziy (1397), Shams Abd ul-Vahhob Sheroziy, Izzatiddin ibn Tojiddin Isfahoniy nomlari saqlangan. Yassaviy maqbarasida Ulug‘bekning qizi Robiya Sulton begim maqbarasi bunyod etilgan (XV a.). XVI asrda Yassaviy maqbarasiga qo‘shimcha binolar qurilgan, majmuaning ayrim xonalaridan go‘rxona sifatida foydalanilgan (mas., Abulxayrxon va boshqalar dafn etilgan). XIX asrda Qo‘qon xoni tomonidan majmua atrofidagi hudud g‘isht devor bilan o‘ralib, qal’aga aylantirilgan. Yassaviy maqbarasi turli davrlarda ilmiy o‘rganilgan, ta’mirlangan, poydevori mustahkamlangan. 1975-yilda me’moriy hudud (65 ga)ni himoyalash bosh rejasi qabul qilingan. Yassaviy maqbarasi 1978-yildan muzeyga aylantirilgan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:54:55

"œZAFARNOMA’, FATHNOMAYI TEMURIY, TARIXI JAHONGUSHOYI TEMURIY — Amir Temur davlati tarixiga bag`ishlab yozilgan asar. Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidan Ibroim Sulton farmoniga ko`ra, 1419-1425-yillarda Sherozda fors tilida yozilgan. "œZafarnoma" aslida "œFathnoma" yoki "œFathnomayi Temuriy" yoki "œTarixi Jahongushoyi Temuriy" deb nomlangan bo`lsa-da, Nizomiddin Shomiyning "œZafarnoma" siga mazmunan yaqinligi tyfayli keyinchalik "œZafarnoma" nomi bilan shuhrat topgan. Asar 2 qismga: Temurdan oldingi davr tarixidan umumiy tarzda so`zlovchi "œMuqaddima" va Temur davri tarixini yorituvchi asosiy qism "œZafarnoma’ga bo`linadi. XV-XVI asrlarda "œZafarnoma" qahramonlik qissasi janrida ikki marta she`riy yo`l bilan: o`zbek tilida shoir Lutfiy va fors tilida Hotifiy tomonidan kuylangan. XVI asr boshlarida shayboniylardan Ko`chkunchixonning topshirig`iga muvofiq, Muhammad Ali ibn Darvesh Ali Buxoriy tomonidan "œZafarnoma" o`zbek tiliga tarjima qilingan. O`zbekiston mustaqil davlat bo`lishi sharofati bilan temuriylar tarixini haqqoniy yoritish uchun keng imkoniyatlar paydo bo`ldi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:55:07

"œZIJI KO`RAGONIY", "œZIJI JADIDI KO`RAGONIY" ("œKo`ragoniy yangi astronomik jadvali"), "œUlug`bek ziji" — Samarqand yaqinidagi rasadxonada Mirzo Ulug`bek rahbarligida yaratilgan (1437) ilmiy asar. Ikki bo`limdan (batafsil yozilgan muqaddima va 1018 ta sobita yulduzning jadvalidan) iborat. Muqaddima 4 qismga ajratilgan. Asarning bosh muqaddima qismi astronomiyaning nazariy masalalari, Sharq xalqlaridagi yil hisobi usullari, astronomiyaning amaliyoti, sayyoralarning nazariyasi, hamda astronomiya va astrologiya masalalariga bag`ishlangandir. "œZiji jadidi Ko`ragoniy"ning ikkinchi qismi astronomiya va trigometriyaning amaliy masalalariga bag`ishlangan. Ulug`bek asarining bu qismi 3-darajali algebraik tenglama yangi original uslub bilan mufaqqiyatli ravishda hal qilinib, natijada aniqligi milliarddan bir bo`lgan 9 xonali trigometrik jadval tuzilgan. Shuni qayd etish joizki, Ulug`bekning astronomik jadvali o`sha zomondagi shunga o`xshash jadvallar orasida yuksak darajada aniqligi bilan ajralib turadi. Masalan, falak al-buruj tekisligini xatti istofaga og`maligi Ulug`bek jadvalida 23 daraja, 30 daqiqa, 17 soniyaga teng bo`lib, hozirgi hisob bo`yicha u 23 daraja, 30 daqiqa va 49 soniyani tashkil etadi. Bu ikki raqamlar o`rtasidagi tafovut hammasi bo`lib, minus 32 soniyaga teng xolos. Shungdek, Ulug`bekning yil hisobini hozirgi aniq hisob-kitoblarga solishtirgudek bo`lsak, u bor-yo`g`i 1 minutu 2 soniyaga farq qiladi. Bular XV asr uchun g`oyat yuksak aniqlik bo`lib, hozirgi zamon o`lchovlariga juda yaqindir. "œZiji Ko`ragoniy"da keltirilgan yulduzlar jadvali Samarqandda olib borilgan kuzatishlar asosida tuzilgan. Jadval yulduzlar soni va kuzatishlarning originalligi jihatdan astronomiya tarixida Gipparx — Ptolemey jadvalidan keyin (I asr) ikkinchi o`rinda turadi. Optik asboblar ixtiro qilingunga qadar tuzilgan zijlar orasida "œZiji Ko`ragoniy" eng mukammal hisoblanadi. Undan vaqtni aniqlash va geografik koordinatalarni o`lchashda, shuningdek, turli astronomik masalalarni hal qilishda XVII asrga qadar Sharqda va Yevropada foydalanib kelindi. "œZiji Ko`ragoniy" fors tilida yozilgan; keyinchalik, arab va turk tillariga tarjima qilingan. Ulug`bekning shogirdi Ali Qushchi zij qo`lyozmalarining keng tarqalishiga katta hissa qo`shdi. "œZiji Ko`ragoniy" Yevropada birinchi marta 1648-yilda (Angliya) nashr qilindi; keyinchalik, ko`pgina Yevropa tillariga tarjima qilindi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:55:19

ZOT SUHBATAYN — dioptr (tirqish).

ZOT SHO‘BATAYN — trekver (astronomik asbobning qismi).

ZOT UL-USTURLAB — astrolyabiya.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:55:34

ZOT UL-HALQA — astronomik o‘lchov asbobi.

ZO‘G‘ATA — qayrilma pixli (nashtar) mix yoki qalmoq; paykon.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:55:42

 "œZUBDAI TAVORIX" — Hofizi Abruning tarixga oid asari. Hofizi Abru temuriy Boysung`urning topshirig`i bilan 1423-1425-yillari "œZubdai tavorix" ("œMajmu at-tavorix") nomli katta tarixiy asar yozgan. Bu asarning 4-qismini u Amir Temur va temuriylar hukmronlik qilgan davrga bag`ishlagan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:55:51

O‘TLOQ VA SUVLOQ — yaylovlardan olinadigan soliq.

"œO`Z DAVRINING PTOLOMEYI" — Ulug`bek mirzoning shogirdi Ali Qushchi zamondoshlari o`rtasida shu nom bilan shuhrat qozongan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:56:00

G‘UL — muntazam qo‘shin.

G‘ULBA — suv quvuri.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:56:14

SHAMSUDDIN KULOL MAQBARASI — Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik (XV a.). Amir Temurning otasi Amir Tarag‘oyning piri Shamsuddin Kulol qabri ustiga qurilgan. Go‘rxonaning tarhi to‘rtburchak (12,1А…10,6 m), pishiq g‘ishtdan qurilgan, to‘rdagi devori ravoqli toqlardan iborat. O‘ymakori eshigi mayda gulli, uning islimiy naqshi va kufiy yozuvi nodir. Maqbaraning kulohiy (qirrador) gumbazi XX a. boshlarida buzilib tushgan, o‘rni bir ustunli tekis tom bilan ta’mirlangan. Shamsuddin Kulol maqbarasi Amir Temur davrida shakllangan yangi me’moriy uslubning ilk namunasi hisoblanadi, ayniqsa, bino ichidagi gumbaz osti tuzilmasi — o‘zaro kesishgan ravoqlar va ular orasidagi qalqonsimon bezaklar me’moriy uslubga muhim ta’sir ko‘rsatgan.

Qayd etilgan