Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 702140 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 ... 140 B


muxbir  28 May 2008, 16:56:23

SHARQ Rafaeli — XV asr tasviriy san’atining ulug‘ namoyondasi Kamoliddin Behzod keyingi davr olimlari tomonidan shu nom bilan nomlangan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:56:33

SHAYX ZAYNIDDIN BOBO MAQBARSI — Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (XIII-XIV asrlar). Rivoyatlarga ko‘ra, maqbara Amir Temur davrida Shayx Zayniddin (XIII a.)ga atab barpo qilingan. Shahar hududida, qabriston o‘rtasidagi balandlikda joylashgan, peshtoq-gumbazli, cho‘zinchoq maqbara-xonaqohlar turiga mansub. Atrofida boshqa turli binolar — tobutxona, chillaxona (XII-XIII asrlar), oshxona, ayvonli masjid, chortoq va boshqalar bor. Old ko‘rinishi jan.-sharqqa qaratilgan, ko‘chadan unga qo‘shimcha binolarni birlashtiruvchi xiyobon orqali kiriladi. To‘rtburchak tarhli (16А…18 m), bal. 20,7 bara markazida Shayx Zayniddin sag‘anasi, burchaklarida boshqa shaxslarning qabrlari bor. Maqbaraning jan.-g‘arbiy peshtog‘idagi yozuvga ko‘ra, hijriy 1339-yilda (mil. 1920-21) ta’mirlanib, maqbaraning eski g‘ishtlari yangi g‘ishtlar (26А…12А…6 sm) bilan almashtirilib, gumbazi kvadrat (24А…24А…5 sm) g‘ishtdan terilgan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:56:43

SHIFOIYA — Alisher Navoiy Injil anhori bo‘yida qurdirgan davolash uyi. "œShifoiya" shifoxonasi "œIxlosiya" madrasasining ro‘parasida joylashgan bo‘lib, gumbazi naqshinkor moviy koshinlar bilan qoplangan. Devorlari qizil g‘ishtlardan terib chiqilgan. Hovlisida sarhovuz bo‘lib, sahnidan mayin tog‘ shabadasi muttasil esib turgan. "œShifoiya" hozirgi zamon iborasi bilan yuritilganda shifoxonali tabobat ilmgohi tarzida bo‘lib, unda tabib va hakimlar bemorni davolashdan tashqari tabobat ilmi bilan ham shug‘ullanganlar. Alisher Navoiyning inoyati bilan o‘sha davrda yetishib chiqqan G‘iyosuddin Muhammad, Nizomuddin Abdulxay, Darvesh Ali, Muhammad Yusuf, Abdulhay Tuniy, Muhammad Muin, Xutbiddin Odam kabi mashhur tabiblar "œShifoiya’da uzoq vaqt faoliyat ko‘rsatganlar.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 16:56:51

SHIRINBEKA OG‘A MAQBARASI — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (XIV a. oxiri); Shohizinda tarkibida. Amir Temurning singlisi Shirinbeka og‘oga atab qurilgan. Maqbara ravog‘i ichidagi arabiy bitikda muhim tarixiy hujjat saqlangan (tarjimasi): «Bu qabr malikai muazzama, mukarrama Shirinbeka og‘o Tarag‘ay (bek) qiziniki. Ravzasini Alloh nurli etsin. Sana 787» (mil. 1385/6). Maqbara peshtoq-gumbazli, bir xonali (ziyoratxona, 6,2А…6,2 m), xona to‘rida daxma bor. Ziyoratxona tagida kichikroq sardoba — go‘rxona joylashgan. Maqbaraning bosh tarzi serhasham koshinkori bezatilgan, turli naqsh va yozuvlar qoldig‘i saqlangan (qolgan tarzlari bezaksiz). 4 mehrobiy ravoq ustiga gumbaz bog‘langan; gumbazning naqshlari sopol koshin va g‘ishtchalardan terilgan, ranglar uyg‘unlashib, juda nafis va ser-hasham ko‘rinadi. Ichki devorlariga tilla halli islimiy naqshlar, qushchalar, manzaralar tasviri ishlangan. Kesma koshin ishlatilgan dastlabki yetuk inshoat bo‘lgan Shirinbeka og‘a maqbarasi shaklu shamoyili, bezaklari jihatidan XIV a. 90-yillarida erishilgan me’moriy yuksalishning mukammal namunasi sifatida qadrlidir.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:00:34

SHOHMALIK MADRASASI — Ulug‘bek davrida Samarqandda faoliyat ko‘rsatgan madrasa.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:00:53

CHILUSTUN SAROYI (Qirq ustun) — "œBog`i maydon’da qad ko`targan saroy. Boburning ta`riflashicha, Chilustun saroyi muhtasham va ko`rkam bo`lgan. Chilustun toshlardan farsh qilingan baland tagkursi ustida qad ko`targan ikki qavatli saroy bo`lib, uning burchaklarida minoralari bo`lgan. Minoralarning ichki doirasi bo`ylab ishlangan aylanma zinapoyalar saroyning yuqori qavatiga olib chiqqan. Ikkinchi qavvatning markazida chordara uslubida qurilgan uy bo`lib, uning to`rt tarafi o`ymakor tosh ustunli ayvon bilan o`ralglan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:01:18

CHINNIXONA — "œBog`i maydon’da qad ko`targan saroy. Boburning ta`riflashicha, Chinnixona saroyi muhtasham va ko`rkam bo`lgan. Chordara uslubida bino qilingan Chinnixona saroyining devorlari, xususan ularning izora (pastki) qismlari Xitoydan keltirilgan rangdor va naqshli chinnilar bilan qoplangan bo`lib, shu sababli bu oliy imorat shu nom bilan shuhrat topgan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:01:30

CHIQIR — tuya yoki xo‘kiz qo‘shib aylantiriladigan suv inshoati.

CHORIKOR (forscha — to‘rtdan birga ishlovchi) — hosildan 25% olish hisobiga ishlovchi yollanma qo‘shchi ziroatkor.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:01:44

CHORBOG‘ — Sharq mamlakatlarida atrofi devor bilan o‘rab olingan ko‘shk, ayvon, qo‘rg‘onli tartib asosida tuzilgan bog‘. Chorbog‘ uchun tekis, suvli, daraxtli joy tanlanadi; notekis (nishabli) joylar pog‘ona-pog‘ona sahnlarga keltiriladi, sun’iy sharsharalar qilish imkoniyatlari yaratiladi. Chorbog‘ murabba yoki to‘rtburchak tarhli bo‘lib, kirish har 4 tarafning o‘rtalaridan tashkil etiladi; hududi yo‘lka va ariqlar yordamida ayrim bog‘chalarga, bog‘chalar esa yana o‘z navbatida chamanzorlarga bo‘linib, chorchamanlarni tashkil qiladi. Chorbog‘ mujassamotining markazini bino (qo‘rg‘on, ko‘shk) egallaydi. Baland bo‘yli daraxtlar devorga yaqin ekiladi, undan so‘ng mevali daraxtlar va gullar tartib bilan ekiladi, ularning erta bahordan kech kuzgacha ochilib turishiga e’tibor beriladi. Bino mujassamoti chorbog‘ni turli nuqtalardan ko‘rish imkonini beradigan tarzda, birinchi 2 qavatli, markaziy mujassamotli qilib quriladi: o‘rtada atrofini ayvonlar o‘rab olgan chordara xona bo‘lib, ikkinchi qavatga bino burjlaridagi zinalar orqali chiqiladi. Suv inshoatlaridan katta ariqlar va hovuzga suv keladi, hovuz shakllari hamda favvoraga alohida e’tibor beriladi. Chorbog‘da, shuningdek, o‘tov, chodir kabilarni o‘rnatish uchun joylar ajratiladi. Chorbog‘dagi qushlar unga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi. Chorbog‘ qadimdan yaratilib kelingan, temuriylar va boburiylar davrida ravnaq topgan, mohir bog‘soz ustalar yetishib chiqqan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:02:09

TARIXIY-GEOGRAFIK NOMLAR

ANGOR KANALI — Zarafshon daryosidan bosh olgan Darg‘om anhoridan chiqarilgan qadimgi kanal. Bu kanalning qayta tiklanishi temuriylar hukmronlik qilgan davrda amalga oshirilgan eng yirik sug‘orish ishlardan biri bo‘ldi.

Qayd etilgan