Abituriyentlar uchun yordam: O'zbekiston tarixidan saboqlar  ( 702163 marta o'qilgan) Chop etish



muxbir  28 May 2008, 17:04:53

SABRON, SAVRON — Turkiston shahrining shimolida mavjud bo‘lgan qadimgi shahar va viloyat. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, Sabron yirik turk qabilasi — o‘g‘uzlar qo‘lida bo‘lgan. Sabron X asrda kuchli chegara qal’a hisoblangan. Maqdisiyning yozishicha, u 7 qator devor bilan o‘ralgan. XI asrdan shahar bir necha asr o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, chunki Chingizxon yurishlari haqidagi asarlarda Sabron umuman tilga olinmaydi. Yoqut Hamaviy (XIII asr) ham uning ajamlar (arab bo‘lmagan xalqlar), ya’ni turkiy xalqlar shahri bo‘lganligini ta’kidlaydi. Sabron o‘g‘uzlar hududi bilan qo‘shni turkiy qabila — kimaklar (qipchoqlarning bir toifasi) yeri chegarasida joylashgan bo‘lib, baland devorlar bilan ihota qilingan. 1065-yil sabron saljuqiy sultonlardan bo‘lgan Alp Arslon tomonidan zabt etilgan. XIII asrda Jo‘ji ulusining sharqiy qismi — Oq O‘rdaga tobe bo‘lgan. Amir Temurning Oltin O‘rdaga qilgan yurishlari davrida qattiq shikastlangan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:04:59

SOMONJUQ DASHTI — Buxoro vohasining janubiy-sharqiy chegarasiga yondashgan dasht. Ulug‘bek hukmronligi davrida (1409-1449) Somonjuq dashtiga suv chiqarilib, yangi yerlar o‘zlashtiriladi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:05:13

TIBET, TIBET (xitoycha Sizyan) — Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi ma’muriy birlik. Tibet tog‘ligida.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:05:22

TURUQBAND — Tus viloyatining yuqori qismida joylashgan Chashmag‘ul mavzeida qurilgan suv ombori. Turuqband Alisher Navoiy tashabbusi bilan qurilgan. Turuqband suv omborida jamg‘arilgan suv Mashhadga olib kelinadi. Natijada Mashhad suv bilan ta’min etilib, shahar atrofidagi yerlarga suv chiqariladi va obod etiladi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:05:30

URGANJIY DASHTI — Markaziy Qizilqumning sharqiy hududlari. Buxoro vohasining dehqonchilik yer maydoni birmncha kengayib, vohaning g‘arbiy chegarasi Urganjiy dashti tomon ichkariga qarayib 5-6 km kirib boradi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:05:43

TARIXIY SANALAR

1312-1342-YILLAR — Oltin O‘rdada O‘zbekxon hukmronligi davri.

1330-1404-YILLAR — mashhur xattot Mirali Tabriziy o‘zining hayot faoliyatida nasta’lig‘ deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qilishi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:05:53

1366-1465-YILLAR — "œZafarnoma" va "œGul va Navro`z" poemalarining
muallifi Lutfiyning yashab ijod etgan yillari.

1394-YIL — asli ismi Muhammad Tarag‘ay bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek Temurning Yaqin Sharqda besh yillik yurishlari vaqtida Sultoniya shahrida tavallud topdi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:06:05

1397-1447-YILLAR — Temuriyzoda Shohrux hukmronligi davrida mo‘g‘ullar bosqini davrida vayron qilingan Murg‘ob daryosining bosh to‘g‘oni — Sultonbandning tiklanishi va sug‘orish tarmoqlarining loyqadan tozalanishi tufayli Marv shahri va Murg‘ob vohasining suv ta’minoti tubdan yaxshilandi.

1399-1404-YILLAR — eshiklari yetti xil metal qotishma "œhaftjo`sh" bilan qoplangan Bibixonim Jome` masjidi bino qilindi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:06:14

1405-1408-YILLAR — Shohrux Mirzo Xalil Sultondan Samarqandni tortib olib, Otasi Amir Temurning toj taxtini egallashga harakat qilsada, ammo buning uddasidan chiqa olmaydi. Bunga Balx, Seiston, Xuroson va Ozarbayjonda Temuriy shahzodalar va ayrim iqtidorli amirlarning birin-ketin ko‘tarib turgan g‘alayonlari to‘sqinlik qiladi.

1405-YIL 18-MART — Mironshohning o‘g‘li Xalil Sulton Mirzo Samarqandni egallab o‘zini Movarounnahr-ning oliy hukmdori deb e’lon qiladi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:06:23

1407-YIL 22-FEVRAL — Pirmuhammad o‘z vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo‘lida shahid bo‘ladi.

1408-YIL 22-APREL — Mironshox Qoraquyunli turkmanlarining qabila boshligi Qorayusuf bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ladi. Ozarbayjon va Iroq viloyatlari Temuriylar qo‘lidan ketadi.

Qayd etilgan