Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 308266 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 75 B


muxbir  26 May 2008, 19:33:13

21. O‘rta asrlarda qaysi turkiy davlatlar nafaqat Movarounnahr, balki butun O‘rta Sharq hamda Old Osiyo aholisining siyosiy hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi?
A) Qarluqlar va O‘guzlar
B) Tohiriylar va Somoniylar
S) G‘aznaviylar va Saljuqiylar
D) Qoraxoniylar va Xorazmshohlar

22. Qarluqlar qaysi xalqlarni etnogenizida muhim ahamiyat kasb etadi?
A) o‘zbek va tojiklar
B) turkman va ozarbayjon
S) qoraqalpoqlar va turkmanlar
D) o‘zbek va qoraqalpoqlar

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:33:21

23. Turkman, ozarbayjon va qoraqalpoqlarning etnogenizida muhim ahamiyat oynagan turkiy xalqni ko‘rsating.
A) saljuqiylar
B) qarluqlar
S) o‘g‘uzlar
D) g‘aznaviylar

24. Abbosiylar qachon og‘ir siyosiy vaziyat tufayli Movarounnahr va Xurosonda olib borayotgan siyosatini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan?
A) VII asr o‘rtalari — IX asr boshi
B) VIII asr oxiri — IX asr boshida
S) IX asr boshi — X asr o‘rtalari
D) VIII asr boshi — X asr oxiri

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:33:29

25. Abbosiylar yuzaga kelgan o‘g‘ir siyosiy vaziyat tufali sharqiy viloyatlarni boshqarish ishlarini mahalliy zodagonlarni jalb etish va ularning qo‘li bilan viloyatlarni xalifalik tasarrufida tutib turishga harakat qildilar. Natijada "¦
A) mahalliy zodagonlar Movarounnahr va Xurosonni nafaqat o‘z tasarruflariga o‘tkazib oldilar, balki xalifalik markazida ham imkoniyatni boshqarishda tobora ko‘proq rol o‘ynaydigan bo‘lib qoldilar.
B) Movarounnahr va Xurosonda xalifalikka bo‘ysunadigan kuchli hokimiyat shakllandi.
S) xalifalik taxtiga sharqiy viloyatarning mahalliy zadoganlari o‘tiradigan bo‘ldi.
D) Movarounnahr va Xuroson mayda tarqoq davlatlarga bo‘linib ketib, o‘zaro urushlar avj olib ketdi.

26. Xalifa Horun ar-Rashid qachon hukmdorlik qilgan?
A) 773-805-yillarda
B) 786-809-yillarda
S) 732-783-yillarda
D) 709-721 yillarda

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:33:37

27. Quyidagi qaysi voqea mahalliy zodagonlarning xalifalik markazida hokimiyatni boshqarishga katta yo‘l ochib berdi?
A) Horun ar-Rashid vafotidan so‘ng markaziy hokimiyatning zaiflashuvi
B) Ma’mun bilan Amin o‘rtasidagi taxt uchun kurashi
S) mamlakatda qo‘shhokimiyatchilikning viujudga kelishi
D) Abul Abbos Saffohning o‘tkazgan pul islohoti natijasida hokimiyatning zaiflashib ketishi

28. Ma’lumki, xalifa Horun ar-Rashid vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari Ma’mun bilan Amin o‘rtasida taxt uchun kurash avj oladi. Bu kurash qaysi yillarda bo‘lib o‘tadi?
A) 807-811 yillarda
B) 805-810-yillarda
S) 812-815-yillarda
D) 809-813-yillarda

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:33:44

29. Xalifalikning markaziy qismidagi arablar qaysi hukmdorni taxtga ko‘taradilar?
A) Ma’mun
B) Amin
S) Abul Abbos Saffoh
D) Tohir ibn Husayn

30. Xalifalikda Ma’muning tarafdorlari kimlar edi?
A) Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari
B) Abul Abbos Abdulloh, Talxa va Nasr boshliq Buxoro amaldorlari
S) Nuh, Mahmud, Yahyo va Ilyos boshliq Movarounnahr mulkdorlari
D) Ismoil va Nasr Somoniylar boshliq Xuroson va Movarounnahr amaldorlari

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:33:54

31. Ma’mun va uning tarafdorlari nechanchi yilda Bag‘dodga yurish qilib,poytaxtni qo‘lga kiritadilar?
A) 809-yilda
B) 815-yilda
S) 820-yilda
D) 813-yilda

32. Ma’lumki, 821 yilda Tohir ibn Husayn Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlangandi. Bu lavozimga u kim tomonidan tayinlanadi?
A) Xalifa Amin
B) Horun ar-Rashid
S) Xalifa Ma’mun
D) Abul Abbos Saffoh

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:34:05

33. Samarqand, Farg‘ona, Shosh, Ustrushona va Hirot viloyatlarida hukmronlik qilgan Somonxudotning nabiralarini ko‘rsating?
A) Hoshim ibn Hakim, Abu Muslim, Yahyo va Ilyos
B) Abul Abbos Abdulloh, Talxa va Nasr
S) Nuh, Mahmud, Yahyo va Ilyos
D) Nuh, Mahmud, Umar ibn Abdulaziz va Marvon II

34. Ma’lumki, xalifa Ma’munga bergan yordami uchun Somonxudotning nabiralari ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlanadi. Buning evaziga aka-uka somoniylar "¦
A) Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag‘ni tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar
B) Tohiriylar davlatini mustaqil idora qila boshlaydilar
S) Bog‘dod bilan aloqani yanada mustahkamlaydilar
D) Xurosonni idora etishda Ma’munga ko‘maklashadilar

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:34:12

35. Tohir davlat ishlarini idora etish maqsadida qachon xalifa nomini xutbadan chiqartirib tashlatdi?
A) 813-yilda
B) 821 yilda
S) 822-yilda
D) 830-yilda

36. Tohir ibn Husayn vafotidan keyin hokimlik qilgan noiblarni ko‘rsating?
A) Nasr va Ismoil
B) Talxa va Abul Abbos Abdulloh
S) Yahyo va Ilyos
D) Nuh va Mahmud

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:34:25

37. Abul Abbos Abdulloh noibligi davrida Tohiriylar davlatining poytaxt qaysi shahardan qaysi shaharga ko‘chirilgan?
A) Marvdan Nishopurga
B) Suyobdan Yangikentga
S) Samarqanddan Buxoroga
D) Nishopurdan Hirotga

38. Tohiriylar davrida qaysi shaharlar poytaxt bo‘lgan?
A) Ustrushona va Marv
B) Marv va Nishopur
S) Hirot va Samarqand
D) Yangikent va Buxoro

Qayd etilgan


muxbir  26 May 2008, 19:34:32

39. Qaysi voqea Xuroson va Movarounnahrda bir asrdan oshiqroq hukm surgan xalifalik hukmroligining tugaganligini bildirardi?
A) Movarounnahrda somoniylarning noibligi tohiriylar tomonidan tan olinishi va somoniylarning tohiriylarga tobe sifatida Movarounnahrni idora etish
B) Abul Abbos Abdulloh noibligi davrida tohiriylarning poytaxti Marvdan Nishopur shahriga ko‘chirilishi
S) Somonxudot nabiralarining ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlanishi
D) Ma’mun bilan Amin o‘rtasidagi taxt uchun kurashi

40. Tohiriylar dastavval nima qilishga harakat qiladilar?
A) ko‘chmanchilarga qarshi kurashish maqsadida "œg‘oziylar" qo‘shinini tashkil etishga
B) mulkdor dehqonlarning jabr zulmiga qarshi kurashishga va davlatning og‘ir soliqlarini bekor qilishga
S) hokimiyatni mustahkamlashga va qishloq xo‘jaligini tartibga solishga
D) pul islohotini o‘tkazish va savdo-sotiqni rivojlantirishga

Qayd etilgan