Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 308293 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 ... 75 B


muxbir  28 May 2008, 13:03:41

177. Qayerning mashhur usta-hunarmandlarini Amir Temur olib kelib Movarounnahrning imorat-u inshoatlarini bino qiladilar?
A) Sheroz, Isfahon va Damashq
B) Balx, Marv, Mashhad
S) Nishopur, Bag‘dod, Damashq
D) Astrobod, Dehiston, Qunduz

178. Amir Temur zabt etilgan qaysi shaharlarda bino qurdirdi?
A) Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag‘dodda madrasa, Turkistonda Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara
B) Balxda masjid, Xirotda saroy, Bag‘dodda madrasa, Najmiddin Kubro qabri ustiga maqbara
S) Buxoro shahridagi Sayfuddin Boxarziy, Bayonqulixon maqbaralari, Qusam ibn Abbos maqbarasining ziyoratxonasi, Ko‘hna Urganchdagi balandligi 62 metrli ulug‘vor minora, Najmiddin Kubro va To‘rabekxonim maqbaralari
D) Ismoil Somoniy maqbarasi, Mag‘oki-attoriy masjidi, Raboti Malik

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:03:52

179. Amir Temur o‘zining saxovati va himmatini qaysi shaharlarda oliy imoratlar qurdirishda ko‘rsatdi?
A) Buxoro va Samarqandda
B) Toshkent va Nasafda
S) Shahrisabz va Samarqandda
D) Termiz va Urganchda

180. Amir Temur qayerda otasi va o‘g‘li Jahongirning qabri ustiga maqbara qurdirdi, katta jome masjidini bunyod etdi?
A) Buxoroda
B) Nasafda
S) Shahrisabzda
D) Samarqandda

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:04:00

181. Qayerda dunyoga dong‘i ketgan mashhur Oqsaroy qad ko‘tardi?
A) Buxoroda
B) Samarqandda
S) Nasafda
D) Shahrisabzda

182. Qaysi me’morchilik obida peshtoqiga "œAgar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq" degan xitobnoma bitilgan?
A) Ko‘ksaroy
B) Bo‘stonsaroy
S) Ahmad Yassaviy maqbarasi
D) Oqsaroy

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:04:10

183. Qaysi shaharda Ahmad Yassaviy maqbarasi bino qilingan?
A) Samarqand
B) Shahrisabz
S) Turkiston
D) Buxoro

184. Kimning davrida mo‘g‘ullar bosqini davomida butunlay vayron etilgan Samarqand shahri o‘zining qadimgi o‘rnidan birmuncha janubroqda boshdan oyoq yangitdan qayta quriladi?
A) Ismoil Somoniy
B) Mahmud Yalavoch
S) Amir Temur
D) Ulug‘bek

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:04:23

185. Qaysi shahar tevaragi Oxanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So‘zangaron va Feruza kabi nomlar bilan yuritiluvchi oltita darvozali mustahkam yangi qal’a devor bilan o‘rab chiqiladi?
A) Samarqand
B) Buxoro
S) Shahrisabz
D) Nasaf

186. Samarqand arkida Amir Temurning qaysi qarorgohi bino qilindi?
A) Oxanin va Oxanin
B) Shayxzoda va Feruza
S) Korizgoh va So‘zangaron
D) Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:04:31

187. Quyidagi ko‘rsatilgan inshoatlardan qay biri to‘rt qavatli bo‘lib, gumbazlar va devorlari zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplangani uchun u shunday nom bilan shuhrat topadi?
A) Shayxzoda
B) So‘zangaron
S) Bo‘stonsaroy
D) Ko‘ksaroy

188. Amir Temur davrida qayerda xonlarni podsholik taxtiga o‘tqizish marosimi vaqtida ularni oq kigiz ustiga olib o‘tqizadigan toshdan taxt kursi — Ko‘ktosh qo‘yilgan edi?
A) Bo‘stonsaroy
B) Ko‘ksaroyda
S) So‘zangaron
D) Shayxzoda

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:04:40

189. Amir Temur arkida qanday imoratlar joylashgan edi?
A) davlat devonxonasi, qurol-yarog‘lar yasaydigan ustaxona va aslahaxona, tangalar so‘qiladigan zarbxona, qamoqxona
B) hukmdor va amaldorlar uy-joylari
S) hunarmandlar savdo rastalari
D) Oxanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So‘zangaron va Feruza kabi nomlar bilan yuritiluvchi qal’alar

190. Amir Temur davrida Samarqandda qanday inshoatlar quriladi?
A) karvonsaroy va qasrlar
B) Qusam ibn Abbos maqbarasining ziyoratxonasi
S) Najmiddin Kubro va To‘rabekxonim maqbaralari
D) saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:04:49

191. Nechanchi yillarda Samarqandda Ispaniya elchisi Klavixo bo‘lgan?
A) 1402—1403-yillarda
B) 1403—1404-yillarda
S) 1404—1405-yillarda
D) 1405—1406-yillarda

192. Qachon hozirgi vaqtda Bibixonim nomi bilan mashhur bo‘lgan Jome masjidi bino qilinadi?
A) 1403—1404-yillarda
B) 1402—1403-yillarda
S) 1404—1405-yillarda
D) 1405—1406-yillarda

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:04:57

193. Amir Temur Samarqand atrofida barpo qilgan bog‘larni qayd qiling.
1) Bog‘i Dilkusho; 2) Bog‘i Chinor; 3) Bog‘i Bihisht; 4) Bog‘i Baland; 5) Davlatobod; 6) Bog‘i Nav; 7) Bog‘i Shamol; 8 ) Bog‘i Jahonnamo; 9) Bog‘i Maydon; 10) Chinnixona
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
B) 1, 2, 5, 6, 7, 8, 9, 10
S) 6, 7, 8, 9, 10
D) 1, 2, 3, 4, 9, 10

194. Ma’lumki, Amir Temur davridagi bog‘lar tuzilishiga ko‘ra 2 turga bo‘lingan. Birinchi turdagi bog‘lar qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan?
A) tabiiy daraxtzor va chakalakzorlar bag‘rida barpo etilgan.
B) har tomoni taxminan 1 km masofaga cho‘zilgan to‘rtburchak shakldagi chorbog‘lardir.
S) bunday bog‘lar hukmdor shikor qilishi uchun mo‘ljallangan.
D) bu turdagi bog‘larning o‘simlik va hayvonot dunyosi nihoyatda boy bo‘lgan.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:05:06

195. Amir Temur davridagi qaysi bog‘lar tabiiy daraxtzor va chakalakzorlar bag‘rida barpo etilgan?
A) bunday bog‘lar barpo etilmagan
B) birinchi va ikkinchi turdagi
S) birinchi turdagi
D) ikkinchi turdagi

196. Amir Temur davridagi barpo qilingan qaysi bog‘lar hukmdor shikor qilishi uchun mo‘ljallangan?
A) bunday bog‘lar barpo etilmagan.
B) birinchi va ikkinchi turdagi
S) birinchi turdagi
D) ikkinchi turdagi

Qayd etilgan