Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 308160 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 ... 75 B


muxbir  28 May 2008, 13:06:58

217. Amir Temur qachon Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI va Genrix IV nomlariga maktublar yo‘llaydi?
A) 1402-yil yozida
B) 1403-yil mayda
S) 1403-yil yozida
D) 1404-yilning sentabr-noyabrda

218. Amir Temur Fransiya va Angliyaga jo‘natgan elchilari qachon Parijga yetib keladi?
A) 1403-yil mayda
B) 1402-yil yozida
S) 1404-yilning sentabr-noyabrda
D) 1403-yil yozida

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:07:06

219. Amir Temur Fransiya va Angliyaga jo‘natgan elchilari orqali ularga nimalarni taklif etadi?
A) dengizda savdo qilish uchun savdo kemalar qurish
B) harbiy sohada birgalikda islohotlar o‘tkazish
S) ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo munosabatlari olib borilishini ta’minlash va agar qirol hamda gersoglar rozi bo‘lsalar, bu erkin savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni
D) Buyuk Geografik kashfiyotlarda qatnashish

220. Sohibqiron Amir Temur tomonidan qaysi hukmdorga quyidagi maktub yuborilgan: "œBundan keyin sizning (odamlaringiz) bizning yerlarimizga va bizning (kishilarimiz) sizning o‘lkangizga o‘tgan ajdodlarimiz davridagidek borib-kelib tursalar, sizning va bizning nomimizni hamma joyda olqishlab tursalar, mamlakatimiz savdogarlari uchun foyda keltirishsa, ko‘p xursand bo‘lar edik. Shuni aytish kerakki, endilikda bizning yurtimizda savdogarlaringizning xavfsizligi ta’minlanadi."
A) Fransiya qiroli Karl VI ga
B) Angliya qiroli Genrix IV
S) Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III
D) Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:07:14

221. Fransiya qiroli Karl VI qachon Amir Temurga javob maktubini yo‘llagan?
A) 1404-yilning sentabr-noyabrda
B) 1403-yil 15-iyunida
S) 1402-yil 15-iyunida
D) 1403-yil 15-mayda

222. Kim Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida faol qatnashdi?
A) Fors hokimi Pirmuhammad ibn Umar Shayx
B) g‘arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh
S) Xuroson hokimi Shohruh Mirzo
D) g‘arbiy viloyatlar hokimi Pirmuhammad Jahongir

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:07:22

223. Kim Shimoliy Eron, Iroq, Tabriz va Sultoniyani o‘z ichiga olgan mulklar hokimi bo‘lgan?
A) Pirmuhammad ibn Umar Shayx
B) Mironshoh
S) Shohruh Mirzo
D) Pirmuhammad Jahongir

224. Kim Amir Temurning keksayib qolgan davrida G‘arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etadi?
A) Shohruh Mirzo
B) Mironshoh
S) Ulug‘bek
D) Pirmuhammad

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:07:29

225. Nima sababdan Mironshoh xristian ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta’minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi?
A) Amir Temurning keksayib qolgan davrida G‘arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etish
B) Buyuk ipak yo‘lini tiklash maqsadida
S) Buyuk geografik kashfiyotlarda qatnashish maqsadida
D) Yevropa davlatlari bilan o‘zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida

226. Nima sababdan G‘arbda Mironshoh katolik dinining homiysi sifatida shuhrat qozondi?
A) Sharq va G‘arbni bo‘g‘lab turuvchi Buyuk ipak yo‘lini tiklagani uchun
B) musulmon hukmdorlari ichida ilk bor Buyuk geografik kashfiyotlarda xristian hukmdorlari bilan birgalikda qatnashganligi uchun
S) xristian ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta’minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirganligi sababli
D) xristian ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlardan olinadigan bojni bekor qilgani uchun

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:07:38

227. Dastlab Ispaniya elchilari Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga qachon yuboriladi?
A) 1402-yilning yozida
B) 1402-yilning kuzida
S) 1402-yilning bahorida
D) 1402-yilning qishida

228. Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga jo‘natilgan ispan elchilariga nimalar haqida aniq ma’lumotlar to‘plash topshiriladi?
A) Amir Temurning xazinasi haqida
B) Amir Temur va Boyazidlarning kuch-qudrati, boyligi va qo‘shinining sonini bilish hamda ular qo‘l ostida yashayotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari haqida
S) Amir Temurning harbiy ittifoqchilari haqida
D) Amir Temurning harbiy va iqtisodiy qudrati haqida

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:07:47

229. Kimni Ispaniya elchilariga qo‘shib Amir Temur Ispaniyaga elchi qilib yuboradi?
A) Jahonshohbek
B) Muhammadqozi
S) Sayfuddinbek
D) Sulaymonshohbek

230. Qachon Genrix III Amir Temur huzuriga ikkinchi marta maxsus elchilarni yuboradi?
A) 1403-yil 21 mayda
B) 1403-yil 15-iyunida
S) 1404-yil 21 noyabrida
D) 1402-yil 15-mayida

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:08:10

231. Genrix III tomonidan kim Amir Temur huzuriga jo‘natilgan ikkinchi maxsus elchilarga boshliq qilib tayinlanadi?
A) Ioann VII Paleolog
B) Foma Akvinskiy
S) Klavixo
D) F.Biondo

232. Amir Temur bilan diplomatik munosabatlar olib borgan Genrix III qayerning hukmdori edi?
A) Fransiya qiroli
B) Angliya qiroli
S) Konstantinopol noibi
D) Kastiliya (Ispaniya) qiroli

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:08:37

233. Qachon Klavixo boshliq Ispaniya elchilari Samarqandda bo‘ladilar?
A) 1406-yilning mart oyida
B) 1402-yilning bahorida
S) 1403-yilning mayida
D) 1404-yilning sentabr-noyabr oylarida

234. Qachon Ispaniya elchilari Samarqanddan jo‘natib yuboriladi?
A) 1402-yilning 15-mayida
B) 1403-yilning 15-iyunida
S) 1404-yilning 21 noyabrida
D) 1403-yilning 21 mayda

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:08:51

235. Nima sababdan Klavixo boshliq Ispaniya elchilari Samarqanddan jo‘natib yuboriladi?
A) o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishganligi uchun
B) Amir Temurning Xitoyga tomon yurishi munosabati bilan
S) Amir Temur maktubini zudlik bilan G‘arbiy Yevropa hukmdorlariga yetkazishi zarurligidan
D) do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va o‘zaro savdo-sotiq aloqalarini yo‘lga qo‘yish zarurligidan

236. Qachon Klavixo Ispaniyaga qaytib keladi?
A) 1402-yilning bahorida
B) 1403-yilning mayida
S) 1404-yilning sentabr-noyabr oylarida
D) 1406-yilning mart oyida

Qayd etilgan