Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 308150 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 ... 75 B


muxbir  28 May 2008, 13:11:09

237. Klavixoning safar taassurotlari qaysi nomlari ostida ispan tilida bir necha bor nashr qilinadi?
A) "œBuyuk Temur tarixi" va "œTemur qarorgohi", "œSamarqandga sayohat kundaligi"
B) "œTemur tuzuklari", "œZafarnoma"
S) "œTemur Yevropa haloskori", "œTemur qarorgohi"
D) "œTemurning harbiy qudrati», "œSamarqandga sayohat kundaligi"

238. Davlatning tashqi siyosat sohasidagi vazifalarini amalga oshirish borasidagi faoliyat qanday nom bilan ataladi?
A) diрlomatiya
B) doktrina
S) missiya
D) aneksiya

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 13:11:20

239. Katolik missionerlari — bu "¦
A) katolik dinining savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchilari
B) xristian dinining boshqa davlatdagi elchilari
S) katolik dinini boshqa xalqlar orasida yoyish maqsadida targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullanuvchilar
D) xristian dinining musulmon davlatlardagi maxsus vakillari

240. Fransiya fuqarolari hisoblangan genuyaliklar-ning yer va mulklarini, ayniqsa G‘alatadagi mustamlakalarini himoya qilish uchun qaysi qirol o‘z navbatida Amir Temurdan madad kutar va u bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishga urinar edi?
A) Karl VI
B) Genrix IV
S) Genrix III de Trastamara
D) Ioann VII Paleolog

241. Amir Temur va Karl VI yozishmalarida qayd etilishicha, Sohibqiron qaysi davlat qirolini jiddiy qo‘llab-quvvatlaydi?
A) Italiya qiroli
B) Kastiliya va Leon qiroli
S) Angliya qiroli
D) Fransiya qiroli

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:17:18

TEMURIYLAR DAVRIDA
MAMLAKATNING
IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY VA
MADANIY HAYOTI

1. Amir Temur saltanatining parchalanishining asosiy sababi nimada edi?
A) Xalil Sulton Mirzoning o‘zboshimchalik bilan o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qilishi
B) Pirmuhammadning o‘z vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo‘lida shahid bo‘lishi
S) Qoraquyunli turkmanlarning qabila boshlig‘i Qora Yusuf bilan bo‘lgan jangda Mironshoh halok bo‘lishi
D) saltanat tasarrufiga olingan yurtlar va ellar xilma-xil, uzoq masofalarga cho‘zilganligi, ulardagi muxolifatchi kuchlar ajralib chiqish uchun harakat qilishi

2. Amir Temur saltanatning parchalanishida nima sabab bo‘ldi?
A) Amir Temur vorislari o‘rtasidagi toj-taxt ilinjida uzoq yillar davom etgan o‘zaro ziddiyat va urushlar
B) Xalil Sulton Mirzoning o‘zboshimchalik bilan o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qilishi
S) Pirmuhammadning o‘z vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo‘lida shahid bo‘lishi
D) Qoraquyunli turkmanlarning qabila boshlig‘i Qora Yusuf bilan bo‘lgan jangda Mironshoh halok bo‘lishi

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:18:16

3. Kimni Amir Temur vafoti oldidan taxt vorisi etib tayinlagan edi?
A) nabirasi Pirmuhammadni
B) nabirasi Xalil Sulton Mirzo
S) Mironshoh
D) Shohrux

4. Kim XV asrning boshida Kobul, Qandahor va Hindiston viloyatlarining hukmdori edi?
A) Shohrux
B) Pirmuhammad
S) Xalil Sulton Mirzo
D) Sulton Husayn Boyqaro

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:18:26

5. Qachon Xalil Sulton Mirzo Samarqandni egallab, o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qiladi?
A) 1407-yil 22-fevral
B) 1408-yil 22-aprel
S) 1405-yil 18-fevral
D) 1405-yil 18-mart

6. Xalil Sulton Mirzo kimning o‘g‘li edi?
A) Shohruxning
B) Umarshayx Mirzoning
S) Mironshohning
D) Jahongir Mirzoning

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:18:38

7. Kim Pirmuhammadning yo‘lini to‘sib, uning rejalarini buzib yuborish niyatida Amudaryoning o‘ng tomonidagi yerlarni o‘z hokimiyatiga qo‘shib oladi?
A) Sulton Husayn Mirzo
B) Xalil Sulton Mirzo
S) Abu Bakr Mirzo
D) Xudoydod Husayniy

8. Nimalar vositasida Xalil Sulton Sohibqironning nufuzli a’yon va kiborlaridan ma’lum qismini o‘z tarafiga og‘dirib Movarounnahr taxtini egallab olgan?
A) suyurg‘ollar vositasida
B) ko‘plab tarxonlar berishi orqali
S) Amir Temurdan qolgan xazinalar vositasida
D) Amir Temur bergan voris yorlig‘i vositasida

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:18:52

9. Kimlar birinchi bo‘lib Xalil Sultonga qarshi isyon ko‘taradilar?
A) Turkiston hamda Farg‘onaning hokimi amir Xudoydod bilan Shayx Nuriddin
B) Xuroson hokimi Sulton Husayn Mirzo
S) Amir Temur taxtining qonuniy valiahdi Pirmuhammad
D) Oltin O‘rdaning nufuzli amirlaridan Idiku

10. Ma’lumki, Sulton Husayn Mirzo Amudaryoning chap sohili viloyatlarida o‘z hokimiyatini o‘rnatmoq niyatida Xalil Sulton Mirzoga qarshi bosh ko‘taradi. Sulton Husayn Mirzo Xalil Sulton Mirzoga kim bo‘ladi?
A) akasi
B) amakisi
S) jiyani
D) ukasi

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:19:05

11. Kim Amudaryodan kechib o‘tib, Xalil Sultonga qarshi Nasafga tomon askar tortadi?
A) Shohrux
B) Mironshoh
S) Pirmuhammad
D) Umarshayx Mirzo

12. Kim temuriylar davrida boshlangan o‘zaro va sulola kurashlari davrida Xurosonda hokimi mutlaq bo‘lib oladi?
A) Mironshoh
B) Sulton Husayn Mirzo
S) Shohrux
D) Xalil Sulton Mirzo

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:19:16

13. Pirmuhammad XV asr boshida qayerda hokimi mutlaq bo‘lib oladi?
A) Xurosonda
B) G‘arbiy Eron va Ozarbayjonda
S) Balx, G‘azna va Kandahorda
D) Turkiston, Sabron, O‘tror, Sayramda

14. Kimlar temuriylar davrida boshlangan o‘zaro va sulola kurashlari davrida G‘arbiy Eron va Ozarbayjonda hokimi mutlaq bo‘lib oladilar?
A) Umarshayx Mirzo bilan Abu Bakr Mirzolar
B) Pirmuhammad
S) Xalil Sulton Mirzo
D) amir Berdibek

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:19:27

15. Xalil Sulton Mirzo taxtda o‘tirganda amir Berdibekning tasarrufida qaysi viloyatlar qoladi?
A) Xorazm
B) G‘arbiy Eron va Ozarbayjon
S) Balx, G‘azna va Kandahor
D) Turkiston, Sabron, O‘tror, Sayram

16. Kim XV asrning boshida O‘ratepa bilan Farg‘onani egallab oladi?
A) Shohrux
B) amir Xudoydod Husayniy
S) Pirmuhammad
D) Umarshayx Mirzo

Qayd etilgan