Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 308019 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 ... 75 B


muxbir  28 May 2008, 17:29:35

97. Qanday qulay vaziyatdan foydalangan Abu Said Hirot taxtini egallaydi?
A) Abulqosim Bobur vafot etishi
B) Abulqosim Boburga qarshi Sulton Husaynning isyoni
S) Xurosonning Eronga qarshi harbiy yurishi
D) Abulqosim Boburning turkmanlarga qarshi jangga ketishi

98. Abu Said Hirot taxtini qachon egallaydi?
A) 1451-yilda
B) 1469-yilda
S) 1457-yilda
D) 1458-yilda

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:29:43

99. Kim Shohruhning vafotidan so‘ng Movarounnahr va Xurosonni birlashtirishga muvaffaq bo‘ladi?
A) Abulqosim Bobur
B) Abu Said
S) Abdullatif
D) Abdulaziz

100. Abu Said qaysi holatga barham bera olmaydi?
A) Dashti Qipchoq ko‘chmanchilarining talonchiligiga
B) mo‘g‘ulistonning har yilgi bosqinchiligiga
S) Lahor masalasida Hindiston bilan kelishmovchilikka
D) viloyat hokimlarining mustaqil hukmronlikka intilishlariga, tarqoqlikka

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:29:51

101. Abu Saidni hammadan ko‘proq nima tashvishlan-tiradi?
A) Xorazmdagi Sulton Husaynning isyonlari
B) Lahor masalasida Hindiston bilan kelishmovchilik
S) mo‘g‘ulistonning har yilgi bosqinchiligi
D) Dashti Qipchoq ko‘chmanchilarining talonchiligi

102. Abu Said qachon va kimlarga qarshi jangda halok bo‘ladi?
A) 1451-yilning erta bahorida, Dashti Qipchoq ko‘chmanchilarga
B) 1469-yilning erta bahorida, mo‘g‘ullarga
S) 1469-yilning erta bahorida, turkmanlarga
D) 1469-yilning erta bahorida, hindlarga

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:30:00

103. Abu Said davrida Ozarbayjon, G‘arbiy Eron va Iroqqacha bo‘lgan viloyatlarni kimlar egallab turgan?
A) usmoniy turklar
B) turkmanlar
S) Dashti Qipchoq o‘zbeklari
D) mo‘g‘ullar

104. Qachon Sulton Husayn Xurosonning hokimi sifatida Hirotga kirib boradi?
A) 1449-yil 27-oktabrda
B) 1447-yil 12-martda
S) 1469-yil 24-martda
D) 1410-yil 20-aprelda

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:30:08

105. Sulton Husayn Xurosonning hokimi sifatida Hirotga kirib borishi natijasida "¦
A) Temuriylar saltanati yana yagona davlatga birlashadi.
B) Temuriylar saltanati yana ikki mustaqil qismga bo‘linib ketadi.
S) Movarounnahr va Turkistonni kuchayishiga olib keladi.
D) mahalliy kuchlarning mustaqilikka intilishini kuchaytiradi.

106. Xurosonda Sulton Husayn taxtga o‘tirganda Movarounnahrda kim hukmronlik qilardi?
A) Sulton Ahmad
B) Sulton Mahmud
S) Sulton Ali
D) Abu Said

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:30:15

107. Qaysi yillarda Movarounnahrda Sulton Ahmad hukmronlik qildi?
A) 1498—1501-yillarda
B) 1494—1495-yillarda
S) 1469—1494-yillarda
D) 1469-1507-yillarda

108. 1494—1495-yillarda Movarounnahrda kim hukmronlik qildi?
A) Sulton Ahmad
B) Abu Said
S) Sulton Ali
D) Sulton Mahmud

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:30:22

109. Sulton Ali mustaqil hokimlik qiladi?
A) 1498—1501-yillarda
B) 1494—1495-yillarda
S) 1469—1494-yillarda
D) 1451-1469-yillarda

110. Mamlakat, el-yurt boshiga katta tashvishlar tushgan paytlarda sufiylik tariqatining namoyandalaridan qay biri musibatlarni daf qilish yo‘lida bir necha bor jonbozlik ko‘rsatgan edi?
A) Shamsiddin Muhammad Miskin
B) Xoja Ubaydulloh Ahror
S) Mironshoh Qavchin
D) Shayx Shamsiddin Kulol

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:30:32

111. Kim 1454-yilda Hirot hokimi Abulqosim Bobur Movarounnahrga bostirib kirib, Samarqandni qamalga olganida mojaroga qat’iyan aralashib, raqiblarni yarashishga majbur etadi?
A) Shayx Shamsiddin Kulol
B) Shamsiddin Muhammad Miskin
S) Sayyid Baraka
D) Xoja Ubaydulloh Ahror

112. Xoja Ubaydulloh Ahror o‘z obro‘yi bilan "¦
A) diniy ta’limot, islomiy urf-odatlarni targ‘ib qildi.
B) turkiy adabiy tilini rivojiga muhim hissa qo‘shdi.
S) o‘zaro urushning oldini olib, mamlakatni vayronagarchilikdan xalos etgan edi.
D) insonlarni halol va pok bo‘lishga, o‘z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga xayr-ehson berishga, sofdil va kamtar bo‘lishga chaqiradi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:31:00

113. Sulton Husayn Boyqaroga oid bo‘lgan ma’lumot-larni qayd eting.
1) Amudaryoning janubidagi yerlarga hukmdori edi; 2) o‘z tasarrufida Xuroson, Xorazm hamda Sharqiy va Shimoliy Eron viloyatlarini birlashtirgan edi; 3) qariyb 40 yil hukm surgan temuriylarning so‘nggi yirik hukmdori edi; 4) uning davrida mamlakatning xo‘jalik va madaniy hayoti yuksaldi; 5) Xurosonning obod etilishida, ravnaq topishida zamonasining tadbirkor va dono hukmdori; 6) Sarbadorlar harakatini qo‘llab-quvvatlagan; 7) Xorazmga besh marta harbiy yurish qildi; 8 ) qo‘shinni yetti qo‘lga — qismga bo‘lib joylashtirish tartibini joriy qilgan; 9) Dashti Qipchoqqa qarshi jangda yengiladi; 10) Movarounnahr va Xurosonni yagona davlatga birlashtiradi.
A) 1, 2, 3, 4, 5
B) 6, 7, 8, 9, 10
S) 1, 2, 3, 4, 5, 9, 10
D) 3, 4, 6, 7, 8, 9, 10

114. Alisher Navoiy 1441-yilda qayerda dunyoga kelgan?
A) Shiroz
B) Qandahor
S) Balx
D) Hirot

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:31:21

115. Alisher Navoiyning ota-bobosi qayerda xizmat qilgan?
A) chig‘atoylar saroyida
B) temuriylar saroyida
S) g‘aznaviylar saroyida
D) somoniylar saroyida

116. Ma’lumki, Sulton Husayn bilan Alisher bir maktabda o‘qiganlar. Ular bolalik chog‘laridayoq qaysi hukmdorning xizmatida bo‘lganlar?
A) Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur
B) Xuroson hukmdori Shohrux
S) Xuroson hukmdori Boysung‘ur
D) Xuroson hukmdori Alouddavla

Qayd etilgan