Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 307760 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 ... 75 B


muxbir  28 May 2008, 17:31:30

117. Sulton Husayn bilan Alisher Navoiy necha yil davomida boshqa-boshqa shaharlarda yashaganlar?
A) 10 yil
B) 12 yil
S) 14 yil
D) 16 yil

118. Sulton Husayn avval Xorazmda, so‘ngra Xuroson-ning Hirot, Obivard, Niso, Mashhadda darbadarlikda yurib, kuch to‘plab Abu Saidga qarshi isyonlar ko‘taradi. Alisher Navoiy bu yillarda "¦
A) Mashhad va Hirotda o‘qiydi.
B) Sulton Husaynga qo‘shin to‘plab beradi.
S) "œHamsa" yozib tugatadi.
D) Abu Said saroyida dastlab muhrdorlik lavozimida, keyinroq esa vazir sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:31:37

119. Alisher Navoiy o‘ziga nisbatan Abu Saidda adovat kayfiyatini sezib qolgach, qayerga ko‘chib borib, ma’lum vaqt u yerda yashashga majbur bo‘ladi?
A) Hirot
B) Samarqand
S) Buxoro
D) Balx

120. Samarqandda Alisher Navoiy kimdan saboqlar oladi?
A) Fazlulloh Abullays Samarqandiydan
B) Xoja Ubaydulloh Ahrordan
S) Abdurahmon Jomiydan
D) Lutfiydan

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:31:45

121. 1469-yilda Sulton Husayn Hirotni egallagach, Alisher Navoiyni dastlab "¦
A) muhtasib lavozimiga, keyinroq esa o‘ziga valiahd qilib tayin etadi.
B) devonbegi lavozimiga, keyinroq esa yasovul qilib tayin etadi.
S) vazir lavozimiga, keyinroq esa muhrdorlik qilib tayin etadi.
D) muhrdorlik lavozimiga, keyinroq esa vazir qilib tayin etadi.

122. Sulton Husayn hukmronligi davrida Alisher Navoiy mamlakatda ko‘rsatgan xizmatlarini qayd eting.
1) mustahkam markazlashgan saltanat vujudga kelishi; 2) viloyatlar sug‘orilib obod etilishi; 3) qishloqlarda dehqonchilik taraqqiy qilishi; 4) shaharlarda hunarmandchilik va savdoning kengayib taraqqiy qilishi; 5) Sarbadorlar harakatini qo‘llab-quvvatlagan; 6) amalda Amudaryoning janubidagi yerlarga hukmdori edi.
A) 1, 2, 3, 4
B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
S) 2, 5, 6, 7
D) 1, 2, 3, 6, 7

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:31:52

123. Alisher Navoiy nima tarafdori edi?
A) adabiyotni tarqqiy ettirish
B) turkiy tilni davlat tili darajasiga ko‘tarish
S) adabiyot, san’at va ilm-ma’rifatning ravnaqi, aholining tinch va osoyishta istiqomat qilishi
D) aholini toza ichimlik suvi bilan ta’min etish, bepul shifoxonalar barpo etish

124. Qanday ahvol bosh vazirlik vazifasida turgan Navoiyning saroydan, hatto poytaxtdan uzoqlashishiga olib keladi?
1) viloyat hukmdorlari, hatto toj-u taxt valiahdlari Badiuzzamon va Muzaffar Husayn Mirzo isyonlari yuz beradi; 2) zulm oqibatida Hirot va uning viloyatlarida xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tariladi; 3) o‘z manfaatlarini ko‘zlagan ochko‘z saroy ma’murlari fitna va fasodni avj oldirib, uning botqog‘iga Sulton Husaynni ham botirishlari; 4) mustahkam markazlashgan saltanat vujudga kelishi; 5) Sarbadorlar harakatini avj olishi; 6) viloyatlar sug‘orilib obod etilmasligi.
A) 1, 2, 3
B) 1, 2, 3, 4, 5
S) 3, 4, 5, 6
D) 1, 2, 4, 5

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:32:00

125. Sulton Husayn davlati nimaga asoslangan edi?
A) tarxon tartibiga asoslangan
B) suyurg‘ol tartibiga asoslangan
S) iqto" tartibiga asoslangan
D) xalq hokimiyatiga asoslangan

126. Qachon beqaror siyosiy vaziyat tufayli Temuriylar saltanati inqirozga yuz tutdi?
A) XIV asrning ikkinchi yarmi
B) XV asrning ikkinchi yarmi
S) XVI asrning ikkinchi yarmi
D) XV asrning birinchi yarmi

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:32:07

127. Xususiy sohibkorlarning qanday faoliyati temuriylar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi?
A) aholini doimiy ravishda begorga jalb qilishi
B) qo‘shinni doimo oziq-ovqat bilan ta’minlab turishi
S) aholidan soliqlarni begor tartibi orqali yig‘ib olishi
D) dashtliklardan yangi yerlarni ochish, korizlar qazib, bog‘ ko‘kartirish va qarovsiz qolgan tashlandiq yerlarni sug‘orib, obod etish uchun amalga oshirgan har qanday faoliyati

128. Temuriylar sohibkorlarning qanday faoliyati uchun bir-ikki yil davomida hamma soliq va to‘lovlardan ozod etiladi?
A) dashtliklardan yangi yerlarni ochish, korizlar qazib, bog‘ ko‘kartirish va qarovsiz qolgan tashlandiq yerlarni sug‘orib, obod etishi
B) dehqonchilik va polizchilikdan mo‘l hosil olishi
S) aholiga toza ichimlik suvini keltirish
D) o‘z mablag‘lari hisobiga to‘g‘on va suv omborlarini bunyod etishlari

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:32:15

129. Temuriylar davrida eng yirik sug‘orish ishlari-dan birini aniqlang.
A) Sultonbandning tiklanishi va sug‘orish tarmoqlarining loyqadan tozalanishi bo‘ldi.
B) Marviruddan yangi kanal chiqarilib, kattagina yer maydoni sug‘orilib obod etilishi bo‘ldi.
S) Angor kanalining qayta tiklanishi bo‘ldi.
D) Turuqband suv ombori qurilishi bo‘ldi.

130. Qaysi kanal Samarqand vohasida Zarafshon daryosidan bosh olgan, Darg‘om anhoridan chiqarilgan?
A) Angor kanali
B) Sultonband
S) Marvirud
D) Turuqband

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:32:25

131. Temuriylar davrida Angor kanali orqali qayerga qo‘shimcha suv chiqariladi?
A) Zarafshon vohasiga
B) Qashqadaryo vohasiga
S) Murg‘ob vohasiga
D) Surxondaryo vohasiga

132. Ulug‘bek hukmronlik qilgan davrda qayerga suv chiqarilib yangi yerlar o‘zlashtiriladi?
A) Samarqand vohasiga
B) Qashqadaryo vohasiga
S) Somonjuq dashtiga
D) Murg‘ob vohasiga

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:32:34

133. Buxoro vohasining janubi-sharqiy chegarasida qanday dasht joylashgan?
A) Angor
B) Marvirud
S) Turuqband
D) Somonjuq dashti

134. Sultonbandning Shohrux tomonidan tiklanishi va sug‘orish tarmoqlarining loyqadan tozalanishi tufayli qayerning suv ta’minoti tubdan yaxshilanadi?
A) Marv shahri va Murg‘ob vohasining
B) Hirotning
S) Mashhad
D) Qashqadaryo vohasi

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:32:42

135. Murg‘ob daryosining bosh to‘g‘onini aniqlang.
A) Angor
B) Marvirud
S) Sultonband
D) Turuqband

136. Kimning hukmronlik qilgan davrda Marviruddan yangi kanal chiqarilib, kattagina yer maydoni sug‘orilib obod etiladi?
A) Sulton Husayn Mirzo
B) Shohrux
S) Ulug‘bek
D) Abu Said

Qayd etilgan