Testlar: O'zbekiston tarixi  ( 307518 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 68 69 70 71 72 73 74 75 B


muxbir  28 May 2008, 17:40:38

237. Rasadxona etagida ikkita chorbog‘ barpo etiladi. Ular qaysi nom bilan shuhrat topadi?
A) Bog‘i Dilkusho va Bog‘i Chinor
B) Bog‘i Bihisht va Bog‘i Baland
S) Davlatobod va Bog‘i Nav
D) Bog‘i Maydon va Chinnixona

238. Ulug‘bek rasadxonasida Ulug‘bek bilan birga qaysi olimlar ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar olib boradilar?
A) Shamsiddin Muhammad Havofiy, Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy
B) Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy
S) Hofiz Sa’diy, Xisrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy
D) Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy, Ali Qushchi

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:40:47

239. Mashhur matematik va astronomlardan qay biri Aflotuni zamon deb nom olgan?
A) Qozizoda Rumiy
B) G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy
S) Shamsiddin Muhammad Havofiy
D) Ali Qushchi

240. Mashhur matematik va astronomlardan kim "œo‘z davrining Ptolemeyi" nomi bilan shuhrat qozongan?
A) Qozizoda Rumiy
B) G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy
S) Ali Qushchi
D) Shamsiddin Muhammad Havofiy

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:40:57

241. Temuriylar davrida kim Samarqandda butun bir astronomiya maktabini yaratdi?
A) Shamsiddin Muhammad Havofiy
B) Ali Qushchi
S) Qozizoda Rumiy
D) Ulug‘bek

242. Ulug‘bek rasadxonasida olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli nechta qo‘zg‘almas yulduzlarning o‘rni va holati aniqlanib, ularning astronomik jadvali tuziladi?
A) 1008
B) 1018
S) 1016
D) 1020

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:41:09

243. Ulug‘bekning qaysi kitobi shoh asari hisoblanadi?
A) "œTemur tuzuklari"
B) "œSamoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum"
S) "œKitob surat ul-arz"
D) "œZiji jadidi Ko‘ragoniy"

244. "œZiji jadidi Ko‘ragoniy" asosan necha qismdan iborat?
A) ikki qismdan: keng muqaddima va 1018 qo‘zg‘almas yulduzlarning o‘rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.
B) ikki qismdan: keng muqaddima va sayyoralarning o‘rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.
S) ikki qismdan: keng muqaddima va yerning o‘rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.
D) ikki qismdan: keng muqaddima va quyosh va oyning o‘rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:41:17

245. Ulug‘bekning yil hisobini hozirgi hisob-kitoblarga solishtirgudek bo‘lsak qanchaga farq qiladi?
A) ikki minut-u ikki sekundga
B) bir minut-u uch sekundga
S) bir minut-u ikki sekundga
D) uch minut-u ikki sekundga

246. Ulug‘bek astronomik jadvaldan tashqari yana qanday asarlar yozgan?
A) "œTemur tuzuklari" nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta risola
B) "œTarixi arba" ulus" nomli tarixiy asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta risola
S) "œSamoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum" nomli astronomik asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta risola
D) "œKitob surat ul-arz" nomli yer o`lchoviga oid asar va musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta risola

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:41:26

247. Quyidagi misralar kim tomonidan yozilgan: "œUlug‘bek Samarqandda bo‘lib akademiyaga asos soldi. Yer sharini o‘lchashga buyurdi va astronomiya jadvallarni tuzishda ishtirok etdi".
A) Volter
B) I.Nyuton
S) V.Leybnits
D) Jan Jak Russo

248. Samarqand akademiyasi" "¦
A) IX asrda Bag‘dodda tashkil etilgan "œBayt ul-hikmat"dan keyingi ikkinchi "œDor ul-ilm" edi.
B) Mirzo Ulug‘bek tomonidan tashkil etilgan dastlabki "œDor ul-ilm" edi.
S) IX asrda Bag‘dodda tashkil etilgan "œBayt ul-hikmat" va Xorazmda tashkil etilgan "œDonishmandlar uyi"dan keyingi uchinchi "œDor ul-ilm" edi.
D) 1004-yilda Xorazmning qadimiy poytaxti Gurganjda tashkil etilgan "œDonishmandlar uyi"dan keyingi ikkinchi "œDor ul-ilm" edi.

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:41:35

249. Akademiya — bu "¦
A) oliy ilmgoh bo‘lgan madrasa.
B) olimlar uyushib faoliyat ko‘rsatadigan rasadxona.
S) oliy ilmiy tashkilot.
D) Osmon jismlari tadqiqoti uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa.

250. Osmon jismlari tadqiqoti uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino qanday nom bilan atalgan?
A) Rasadxona
B) Akademiya
S) Sanad
D) Sekstant

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:41:45

251. Sanad — bu "¦
A) Osmon yoritqichlarining balandligini belgilash uchun mo‘ljallangan ko‘zgu-qaytargichli asbob.
B) shahodatnoma.
S) Osmon jismlari tadqiqoti uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa.
D) oliy ilmiy tashkilot.

252. Osmon yoritqichlarining balandligini belgilash uchun mo‘ljallangan ko‘zgu-qaytargichli asbob quyidagi qaysi nom bilan atalgan?
A) Sekstant
B) Sanad
S) Rasadxona
D) Akademiya

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:41:58

253. XV asrda kitobat san’ati bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarni qayd eting.
A) xattotlik, musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik
B) zargarlik, miskarlik, ignasozlik, sovutsozlik, toshtarashlovchilar, shishasozlar, ko‘nchilik
S) sarojlik, ko‘nchilik, lavvohlik va sahhoflik
D) xattotlik, musavvirlik, miskarlik, ignasozlik

254. Mashhur xattotlardan qay biri 1330—1404-yillarda yashab ijod qilgan?
A) Sultonali Mashhadiy
B) Mahmud Muzahhib
S) Mirali Tabriziy
D) Kamoliddin Behzod

Qayd etilgan


muxbir  28 May 2008, 17:42:10

255. Mashhur xattotlardan kim nasta’liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi?
A) Mirali Tabriziy
B) Sultonali Mashhadiy
S) Kamoliddin Behzod
D) Mahmud Muzahhib

256. Sultonali Mashhadiy qaysi yillarda yashab ijod etgan?
A) 1330—1404-yillar
B) 1366—1465-yillar
S) 1394-1449-yillar
D) 1432—1520-yillar

Qayd etilgan