So'rovnoma

Siz uchun ON-LINE BLITS SAVOLLAR tanlovi qaysi kuni bo'lgani ma'qul?


Dushanba
  2 (11.1%)
Seshanba
  1 (5.6%)
Chorshanba
  2 (11.1%)
Payshanba
  1 (5.6%)
Juma
  3 (16.7%)
Shanba
  3 (16.7%)
Yakshanba
  6 (33.3%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 14



Ziyouz.com da BLITS SAVOLLAR tanlovi: fikr va mulohazalar  ( 32259 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Y_U_R_I_S_T  01 Dekabr 2008, 10:50:13

Assalomu alaykum. Avvalambor ushbu tanlovga bee'tibor bo'lmaganingizdan xursandman. Aslida ushbu tanlovni o'tkazishdan maqsadim kimnidir g'olib, kimnidir mag'lub deb topish emas, balki shunchaki forum ishtirokchilariga turli xil yo'nalishda ma'lumot berish edi. Ammo xali bunday tanlovlar o'tkazishda yoshligim pand berdi. Chunki haqiqatdan ko'plab savollar turli xil asoslarga ko'ra noto'g'ri ketib qoldi. Nafaqat javob, balki savollarda ham muammo tug'ildi. Buning uchun sizlardan ming bora uzr so'rayman. O'zimni oqlamoqchi emasman, chunki bunday xatolarni takrorlamaslik imkoniyati menda bor edi.

Men faqat bir narsa sizlardan iltimos qilmoqchi edim.

Ushbu tanlovdagi xatolar tufayli sizda ZiyoUz Forumi va "Zakovat" Intellektual klubi haqida salbiy taasurot paydo bo'lmasin. Sababi ushbu tanlovda yo'l qo'yilgan xatolarda na Forum ma'muriyatini, na "Zakovat" klubini aybi bor.

Meni to'g'ri tushunganingizdan xursandman.

           7-tur savollariga javoblar chiqqanidan so'ng ba'zi savollar javoblarini ko'rib ikkilanib qoldim. Ko'k va qizil rangni qo'shsa qaysi rang hosil bo'ladi? degan savolning javobini "yashil" degansiz. Aslida siyohrang hosil bo'ladi.

Ushbu savolda haqiqatdan javob noto'g'ri ketgan. Aslida yashil rang hosil bo'lishi uchun ko'k va sariq ranglar qo'shilishi kerak.

Iqtibos
Eng katta musiqa organi deb savol berilgan. Javob ham organ deyilgan. Manimcha savol azgina boshqacharoq qo'yilishi kerak, ya'ni eng katta musiqa asbobi (instrument) deyilsa to'g'ri bo'lardi.

Bu yerda savol va javob bo'yicha noto'g'ri ma'lumot yo'q. Faqatgina savolni qo'yilishi (so'z tanlanishi) noto'g'ri bo'lgan.

Iqtibos
Arabchaga "Dengizlar hukmdori" deya tarjima qiling. Javob admiral deyilgan. Javob Amir-ul bahri deyilsa to'g'riroq bo'lardi. To'g'ri admiral so'zi Amir-ul bahri so'zidan kelib chiqqan, lekin aynan arablar admiral deb aytishmaydi-ku.

Bu yerda ham yuqoridagi holat. Ya'ni savol qo'yilishi noto'g'ri bo'lgan. Lekin shuni ham ta'kidlash kerakki, bunaqa savollarda asosan xozir ishlatilidagin atama javob sifatida ko'rsatiladi. Masalan, grekcha yoki lotinchada olingan ko'plab so'zlarni ham asl varianti aytilmaydi. Masalan, Geliy so'zi haqida savol berilsa hech kim "Helium" deya asl variantni aytmaydi. Yoki "Imkoniyat, qobiliyat so'zini lotinchaga tarjima qiling" deya savol berilsa facultas deb javob berilmaydi, balki fakul'tet deyiladi. Bu savol ham xuddi shunga o'xshash.

Iqtibos
Tanais daryosining hozirgi nomi nima? degan savolga Sirdaryo deb javob berilgan. Sirdaryoning bunday nomi yo'q. Manimcha bu daryo Don bo'lishi kerak.

Ushbu savolni maktab darsligidan olgan edim. Xozir aynan qaysi darslik ekanligini eslolmadim, lekin buni aniq o'qigan edim. Izoh sifatida shuni aytishim mumkinki, xozir internetdan qidirib ko'rsam, Tanais Rossiyadagi daryo bo'lgamligi yozilgan ekan. Demak yoki faktik xato ketgan bo'lishi mumkin, yoki Sirdaryo ham Tanais deyilgan bo'lishi mumkin.

Iqtibos
U narsaning morfemik, o'zlashma, chastotali, chappa kabi turlari bor. Savol nimaning? Menga chastotali lug'at haqida ma'lumot bersangiz.

Bu ma'lumot ona-tili va adabiyoti haqidagi Sharofjon Sariyevning kitobidan olingan. Bu DTM ning test savollarida ham bor edi. Buni abiturientlar yaxshi bilsa kerak. :-)
O'sha kitobda Chastotali lug'at borligi haqida ma'lumot keltirilgan. Ammo aynan qanday ko'rinishda ekanligi haqida biror ma'lumot yo'q. Uning qanday bo'lishi meni ham qiziqtiradi.

Iqtibos
4-tur savollariga javoblardan Graf va vikont orasida turuvchi dvoryanlik tituli qanday ataladi? deb savol berilgan. To'g'ri javob baron deyilgan. Aslida esa graf va vikont orasida hech qanday unvon yo'q. Baron unvoni graf va vikontdan keyin keladi.

Bu savol noto'g'ri ekanligini ancha oldin payqagandim. Shu sababli 4-turda ushbu savol uchun barchaga ball berganman. (to'g'riga ham, noto'g'riga ham)


Bundan tashqari 6-turda ham bir savolda shunday xatolik ketgan.

Iqtibos
Szyansu provintsiyasida joylashgan dunyodagi eng katta shaharlardan birini ayting.
Javob: Shanxay

Ushbu savolda Nankin deya javob bergan barcha userlar javobini ham qabul qilganman.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  01 Dekabr 2008, 12:21:02

ushbu tanlovni o'tkazishdan maqsadim kimnidir g'olib, kimnidir mag'lub deb topish emas, balki shunchaki forum ishtirokchilariga turli xil yo'nalishda ma'lumot berish edi.
Албатта, бу танлов натижасида куп билмаган нарсаларимизни ургандик, унутганларимизни ёдга олдик. А ахмат сна бор!

Iqtibos
Iqtibos
Tanais daryosining hozirgi nomi nima? degan savolga Sirdaryo deb javob berilgan. Sirdaryoning bunday nomi yo'q. Manimcha bu daryo Don bo'lishi kerak.

Ushbu savolni maktab darsligidan olgan edim. Xozir aynan qaysi darslik ekanligini eslolmadim, lekin buni aniq o'qigan edim. Izoh sifatida shuni aytishim mumkinki, xozir internetdan qidirib ko'rsam, Tanais Rossiyadagi daryo bo'lgamligi yozilgan ekan. Demak yoki faktik xato ketgan bo'lishi mumkin, yoki Sirdaryo ham Tanais deyilgan bo'lishi mumkin.

Мен хам Танаис дарёси хакида сшитмаган сканман, натижада изладим.. топдим... :)

Манба:

1. http://www.natlib.uz/uzb/metodika/2007_samarqand.doc
Квинт Куряий А уф жумладан, бундай ёзади: "œТоғли қабиладан шикаст еган Искандар тсртинчи куни Мароканд (Самарқанд) шаҳрига етди. Шаҳар девори етмиш стадий узунликда бслиб, Шаҳристон (ички қалъа) бошқа девор билан сралган сди. У шаҳар мудофааси учун минг нафар жангчини қолдириб, атроф-теваракдаги қишлоқларга ҳужум қилди: уларни талади ва ёндирди. Сснг у Танаис дарёси сари юрди ва тсрт кун стиб Марокандга қайтди"¦


2. e-lib.qmii.uz " Qarshi 2700 " R.Sulaymonov: Naxshab - unutilgan tamaddun ...
...Ссѭдиёнадаги Ўксус -Амударёдан Танаис - Сирдарёгача чсзилган ѭарбий юришларини мадѭ стган тарихчилар Ссѭдиёна ѭаѭида анча...
...шаѭодати - Оѭангарон дарёси соѭилларида жойлашган Тошкент воѭасидаги ѭадимий снг катта шаѭар номининг ѭам Канка деб...

e-lib.qmii.uz/qarshi2700/book001.php 

Амударё, Окс, Ўкуз деб аталганини биламиз .. Мана Сирдарёнинг Танаис деб аталганини хам билдик  :)


Умуман олганда Танаис термини билан боглик географик номлар жуда куп скан.


Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  01 Dekabr 2008, 12:23:33

Ha, juda ko'p savollar xato. Bu savollarni kim tuzgan? Va nima uchun o'yin o'z vaqtida bo'lmayapti? Oldingi savollarning to'g'ri javoblari ham berilmay qo'ydi... Ballarimiz ham ko'rsatilmayapti...

Savollardagi xatolar haqida yuqorida gapirdim. Savollar tuzuvchisi ikki kishi: Jobir Ahmedov va men.

Savollarni javobi berib borilayapti. Xozir 8-tur javoblari berilgan. 9-tur tugamaganligi sababli uning javoblarini berganim yo'q.

Ballar bo'yicha hisob-kitoblar ancha qiyinlik tug'dirmoqda. Xozirda 6 ta turning natijalarini e'lon qilganman. Nasib qilsa 10-turdan keyin yakuniy natijalarni e'lon qilaman.

O'z vaqtida bo'lmayotganiga sabab ba'zi texnik muammolarga duch kelayapman. Yuqorida aytganimdek xali bunday  tanlov o'tkazishga tajribam yo'q ekan. Ancha pand berib qo'yayapman. Buning uchun uzr so'rayman.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  01 Dekabr 2008, 12:27:08

Ha, juda ko'p savollar xato. Bu savollarni kim tuzgan? Va nima uchun o'yin o'z vaqtida bo'lmayapti? Oldingi savollarning to'g'ri javoblari ham berilmay qo'ydi... Ballarimiz ham ko'rsatilmayapti...

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2855.15

Umumiy statistikani bu yerdan ko'rishingiz mumkin!

http://zakovat.ucoz.ru/pdfblits.pdf

Qayd etilgan


Romashka  01 Dekabr 2008, 23:10:49

           Avvalambor shunday viktorinani uyushtirganingiz uchun sizga KATTA RAHMAT. Savollar juda qiziqarli va intellektual salohiyatimizni oshirishga yordam bermoqda, lekin ba'zi kamchiliklarga ham ko'zim tushib qoldi. E'tirozlarimni inobatga olarsiz. Agar e'tirozlarimni o'rinsiz deb hisoblasangiz, bu ma'lumotlar qaysi manbadan olinganligini ko'rsatib yoki aytib o'tarsiz. Oldindan rahmat.
           7-tur savollariga javoblar chiqqanidan so'ng ba'zi savollar javoblarini ko'rib ikkilanib qoldim. Ko'k va qizil rangni qo'shsa qaysi rang hosil bo'ladi? degan savolning javobini "yashil" degansiz. Aslida siyohrang hosil bo'ladi.
          Eng katta musiqa organi deb savol berilgan. Javob ham organ deyilgan. Manimcha savol azgina boshqacharoq qo'yilishi kerak, ya'ni eng katta musiqa asbobi (instrument) deyilsa to'g'ri bo'lardi.
          Arabchaga "Dengizlar hukmdori" deya tarjima qiling. Javob admiral deyilgan. Javob Amir-ul bahri deyilsa to'g'riroq bo'lardi. To'g'ri admiral so'zi Amir-ul bahri so'zidan kelib chiqqan, lekin aynan arablar admiral deb aytishmaydi-ku.
          Tanais daryosining hozirgi nomi nima? degan savolga Sirdaryo deb javob berilgan. Sirdaryoning bunday nomi yo'q. Manimcha bu daryo Don bo'lishi kerak.
          U narsaning morfemik, o'zlashma, chastotali, chappa kabi turlari bor. Savol nimaning? Menga chastotali lug'at haqida ma'lumot bersangiz.
          4-tur savollariga javoblardan Graf va vikont orasida turuvchi dvoryanlik tituli qanday ataladi? deb savol berilgan. To'g'ri javob baron deyilgan. Aslida esa graf va vikont orasida hech qanday unvon yo'q. Baron unvoni graf va vikontdan keyin keladi.
to'ri Maposh

Qayd etilgan


ALLADIN  02 Mart 2010, 02:54:16

ILTIMOS YANGI SAVOLLAR BO'LSA KIRITINGLAR

Qayd etilgan