117. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œTil bilan kechirim so‘rovchi, keyin gunohida davom etuvchi kimsa xuddi Rabbini masxaralovchi kabidir".
Robi’adan, Alloh undan rozi bo‘lsin, zikr qilindi: "œBizning gunohlarimizni so‘ramog‘imiz ko‘p istig‘forlarga muhtoj bo‘ladi, ya’ni tili bilan kechirim so‘raydi, niyati esa gunohga qaytish bo‘ladi. Bu tavba yolg‘onchilarning tavbasidir. Bu tavba emas, tavba til bilan istig‘for so‘rash va o‘sha gunohga ikkinchi marta qaytmaslikni niyat qilishdir. Agar o‘shanday qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi, agar katta gunoh bo‘lsa ham. Chunki Alloh bandalariga rahmlidir".
Zikr qilindiki: "œBani Isroilda bir podshoh bor edi. Ko‘p ibodat qilguvchi bir kishini unga sifatlabdilar, uni chaqirib: "œMening suhbatimda bo‘lasan, uyimda turasan", deb talab qilibdi. Haligi obid: "œEy podshoh, bordi-yu, bir kuni uyingga kirib, joriyang bilan o‘ynashib o‘tirganimni ko‘rib qolsang, nima qilasan?" debdi. Podshoh achchiqlanibdi: "œEy fojir, menga shu gapni aytishga jur’at qilasanmi?" Obid aytdi: "œMening karamli Parvardigorim bor, agar menda bir kunda yetmishta gunoh ko‘rsa ham g‘azab qilmaydi. Eshigidan haydab chiqarmaydi. Meni rizqidan ham mahrum qilmaydi. Endi qanday qilib, uning eshigidan ketay va hali men unga gunoh qilmay turib, menga g‘azab qilgan odamning qanday qilib yonida turay?! Agar gunoh qilayotgan paytimda ko‘rsang, nima qilarding?" Keyin chiqib ketdi".
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Gunoh ikki xil bo‘ladi. Sen va Rabbing orasidagi gunoh hamda sizlar bilan bandalar orasidagi gunoh. Alloh taolo bilan sening orangdagi gunohning tavbasi til bilan istig‘for aytish, dil bilan pushaymon bo‘lish va qalbida shu gunohga qaytmaslik qasdini tutish bilan bo‘ladi, agar bularni qilsa, Alloh taolo uning gunohlarini kechadi. Agar farzlaridan birontasini tashlasa, u paytda tavbasi foyda bermaydi, toinki o‘sha bajarmagan ibodatini qilmagunicha, keyin pushaymon yeydi va istig‘for so‘raydi. Ammo sen bilan bandalar orasidagi gunoh shundayki, ular rozi bo‘lmasalar, tavba senga foyda bermaydi, to oralaringni ochiq qilmagunlaringcha!
Ba’zi tobe’inlardan, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: "œAlbatta gunohkor gunoh qilib qo‘yadi, so‘ngra gunohini kechirishini so‘rab, pushaymon qilguvchi holatida bo‘lsa, jannatga kiradi. Shayton aytadi: "œKoshki men uni jannatga tushirmaganimda edi!" deb".
Ba’zi hakimlar aytdilar: "œAlbatta kishining tavbasi to‘rt narsada bilinadi:
1. Tilini ortiqcha so‘zlardan, g‘iybatdan va yolg‘ondan tiymoqlikda.
2. Biron bir kishiga hasad va adovat qilmaslikda.
3. Yomonlik egalaridan ajralmoqlikda.
4. O‘limga tayyor holatda bo‘lishida, o‘tgan gunohlari uchun istig‘for so‘rashi, pushaymon qilishi va Allohning toatiga harakat qilgan holatda bo‘lishida bilinadi.
Ba’zi hakimlarga aytildi: "œTavba qiluvchining tavbasi qabul bo‘ladimi yoki yo‘qmi ekanligini bildiradigan alomatlar bormi?" Aytdilar: "œBor. Uning alomati to‘rt narsadir:
1. Yomonlik egalaridan uzilish, ularni o‘zi uchun qo‘rqinchli ko‘rishligi va yaxshilarga qo‘shilishi.
2. Gunohlarning hammasidan uzilgan bo‘lmog‘i va barcha toatlarga yuzlangan holatda bo‘lmog‘i.
3. Uning qalbidan dunyo xursandchiliginning hammasi ketmoqligi, o‘z qalbida har doim oxirat g‘amini ko‘rmoqligi.
4. Alloh taolo unga berilgan rizqni o‘z nafsidan forig‘ holatda ko‘rmog‘i va Alloh buyurgan narsalarga mashg‘ul bo‘lish holatini o‘zida ko‘rishligi. Agar yuqoridagi bu alomatlar topilsa, u odam, shunday odamlardandirki, Alloh taolo ular haqida aytadi:
"œAlbatta, Alloh taolo tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutguvchilarni sevadi"(Baqara, 222).
Va uning uchun odamlarga to‘rt narsa vojib bo‘ladi:
1. Odamlar uni yaxshi ko‘rmoqligi, chunki Alloh taolo uni yaxshi ko‘radi.
2. Uning tavbasi sobit bo‘lishi uchun uni duolarda eslamoqliklari.
3. Uning oldin o‘tgan gunohlariga e’tibor qilmasliklari.
4. U bilan birga o‘tirishlari, birga dars qilmoqliklari, yordam bermoqliklari.
Alloh taolo uni to‘rt narsa bilan ikrom qiladi:
1. Alloh taolo gunohllardan uni chaqirib qo‘yadi, go‘yoki hech ham gunoh qilmagandek.
2. Uni Alloh taolo yaxshi ko‘rib qoladi.
3. Unga shaytonni ega qilib qo‘ymaydi, undan saqlaydi.
4. Dunyodan chiqarib olmasdan oldin qo‘rquvdan omon saqlamog‘i. Chunki Alloh taolo aytdi:
"œAlbatta: "œParvardigorimiz Allohdir", deb so‘ngra (yolg‘iz Alloh taologa toat-ibodat qilishda) to‘g‘ri-ustivor bo‘lgan zotlarnnning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib, (derlar): "œqo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar!" (Fussilat, 30).
Xolid ibn Ma’don aytdi: "œAgar jannatga tavba qilganlar kirsalar, aytarkanlar: Rabbimiz bizga jannatga kirmasdan oldin do‘zaxdan o‘tmoqligimizni va’da bermaganmidi?" Ularga aytiladi: "œSizlar u yerdan o‘chirilgan vaqtda o‘tdingizlar".