925. Faqih aytadilar: "œOlimlar jamoasidan ushbu hadisni eshitdim. Maoz ibn Jabalga: "œHar kuni eslab turadigan hadisingizni aytib bering", deyishdi. Maoz (r.a.) yig‘ladilar, hatto to‘xtamaydi, deb o‘ylashdi. Keyin aytdilar: "œOta-onam Rasulullohga (s.a.v.) fido bo‘lsin. Men u zot bilan birga ulovga mingashib olgan edim. Boshlarini shunda osmonga ko‘tarib: "œ Maxluqotlariga yaxshi ko‘rgani bilan hukm qiladigan Zotga hamd bo‘lsin", dedilar. So‘ng: "œEy Maoz!" deb chaqirdilar. "œLabbay, ey Allohning elchisi, payg‘ambarlarning sayyidi", dedim. So‘ng yana: "œEy Maoz!" dedilar. Men: "œLabbay, Allohning elchisi, yaxshilik imomi va rahmat payg‘ambari", deb javob berdim. "œSenga hech bir payg‘ambar ummatiga aytmagan hadisni aytaman, agar yod olsang, senga foyda keltiradi. Agar yodlamay, faqat eshitsang, Alloh huzurida hujjating kesiladi. Alloh taolo osmonlarni yaratmasidan oldin, yetti farishtani yaratdi. Har bir osmonda bir farishta, har bir eshikda bir darvozabon bor edi. Kotib farishtalar bandaning ertalabdan kechgacha qilgan amallarini yozadi. So‘ng kech bo‘lgach, ko‘tariladi. Dunyo osmoniga yeganida, uni poklaydi va ko‘paytiradi. Shu yerda boshqa farishta aytadi: "œTo‘xta, bu amali bilan egasining yuziga ur va Alloh seni kechirmadi, deb ayt. Men g‘iybat egasiman, u musulmonlarni g‘iybat qilardi. Uning amali mendan yuqoriga oshib o‘tishiga yo‘l qo‘ymayman".
So‘ng kotib farishta bandaning boshqa bir amalini olib ko‘tariladi. Unda nur charaqlaydi. Ikkinchi osmonga yetganida, o‘sha yerning farishtasi aytadi: "œTo‘xta, bu amali bilan egasining yuziga ur va unga Alloh seni kechirmadi, deb ayt. Chunki u bu amali bilan dunyo matohini xohlagan edi, men ana shu dunyo amalining egasiman. Uning amali mendan nariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymayman".
Kotib farishta keyin bandaning sadaqa va namozlar bilan bezalgan amalini olib, osmonga ko‘tariladi. Uchinchi osmonga yetganida, bir farishta aytadi: "œTo‘xta, bu amal bilan egasining yuziga ur va Alloh seni kechirmadi deb ayt. Men kibrlarning egasi bo‘lgan farishtaman. U amal qilib odamlarning majlislarida kibrlanardi. Menga Rabbim uning amalini o‘zimdan yuqoriga o‘tkazmaslikka buyurdi".