SAKSON YETTINCHI BOB
ABU ZARR G‘IFORIY (R.A.) HADISLARI
940. Abu Zarr (r.a.) rivoyat qiladilar: "œMasjidga kirganimda Payg‘ambar (s.a.v.) yolg‘iz o‘tirgan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) faqat vahiy tushayotganida yoki biror ish uchun shunday yakka o‘tiradilar, deb o‘yladim. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œMenga yaqinroq o‘tir, ey Jondab". U kishi bilan yolg‘iz qolganimni g‘animat bilib, yaqinroq o‘tirdim. So‘ngra aytdimki: "œEy Rasululloh, bizga tahoratni buyurdingiz. Tahorat nima o‘zi?" "œEy Abu Zarr, — dedilar, — namoz tahoratsiz durust emas. Tahorat oldingi gunohlarga kafforat bo‘ladi". Aytdim: "œEy Allohning elchisi, bizlarni namozga buyurdingiz. Namoz nima?" "œNamoz buyurilgan ishlarning yaxshisidir. Banda xohlasa kamaytirsin, hohlasa, ko‘paytirsin", dedilar Nabiy. So‘ng aytdim: "œEy Allohning elchisi, bizga zakotni buyurdingiz, zakot nima?" "œEy Abu Zarr, — dedilar, — omonatdor bo‘lmaganning iymoni yo‘q. Zakotni ado qilmaganning namozi yo‘q. Alloh taolo boylarga mollaridan kambag‘allarning hojatlariga yarashasini zakot qilib chiqarishni farz etdi. Alloh taolo boylardan zakot haqida so‘raydi va ado qilmaganlari uchun ularni azoblaydi. Ey Abu Zarr, zakot berish bilan mol kamaymaydi. Mol qurg‘oqchilik yoki sel sababidan emas, faqat zakotni man’ qilish sababidan zoe’ bo‘ladi. Ey Abu Zarr, faqat mo‘mingina molining zakotini chin ko‘ngildan ado etadi va mushrikkina zakotni man’ qiladi". Keyin: "œEy Allohning rasuli, bizlarni ro‘zaga buyurdingiz, ro‘za nima?" deb so‘radim. Aytdilar: "œRo‘za qalqon, Allohning huzurida mukofotdir. Ro‘zador uchun ikki xursandchilik bor: biri iftor qilganidagi xursandchiligi, yana biri Rabbiga yo‘liqqanidagi xursandchiligi. Ro‘zadorning og‘zidan keladigan hid Allohning nazdida mushkning hididan ham yaxshiroqdir. Qiyomat kunida insonlar uchun dastuxon yoziladi. Undan birinchi bo‘lib ro‘zadorlar yeydilar". So‘ngra: "œEy Allohning rasuli, bizni sabrga buyurdingiz, u nima?" deb so‘radim. "œSabrning misoli xaltasida mushk solingan kishi kabidir. U odamlar ichida bo‘lgan paytida hamma uning hidi kelib turishini yoqtiradi", dedilar Nabiy. "œEy Allohning rasuli, — dedim keyin, — bizlarni sadaqaga buyurdingiz, u nima?" Aytdilar: "œOfarin, ey Abu Zarr, maxfiy qilingan sadaqa Parvardigorning g‘azabini ketkazadi. Oshkor qilingan saqada sohibidan yetti yuzta yomonlikni o‘chiradi. Sadaqa xatolarni yuvadi.