Muhammad ibn Ka’b Quraziy aytadilar: "œAgar uchta narsani qoldirmasdan qilishga qodir bo‘lsang, hech qoldirma: biror kimsaga zo‘ravonlik qilma. Chunki Alloh taolo aytadi:
"œEy odamlar, bu zo‘ravonligingiz faqat o‘zingizning ziyoningizdir" (Yunus, 23-oyat). Hech kimga makr qilma, chunki Alloh taolo:
"œYomon makr-hiyla esa, faqat o‘z egalarini o‘rab halok qilur" (Fotir, 43-oyat). Ahdingni hech qachon buzma, chunki Alloh taolo bu haqda:
"œEndi kim (qasamyodini) buzsa, bas, u faqat o‘z ziyoniga bo‘lur", deb aytgan (Fath, 10-oyat).
Ibrohim ibn Adham aytadilar: "œZuhd uch xil bo‘ladi: zuhdi farz, zuhdi fazl va zuhdi salomat. Zuhdi farz haromda zuhd qilish. Zuhdi fazl halolda zuhd qilish. Zuhdi salomat shubhalarda zuhd qilishdir".
So‘ng yana aytdilar: "œTaqvo ikki xildir: farz taqvosi, saqlanish taqvosi. Farz taqvosi — Alloh taologa ma’siyat-gunoh qilishdan taqvo qilish, saqlanish taqvosi — shubhalardan taqvo qilish. G‘am ham ikki xildir: biri foyda beradi, boshqasi zarar. Foydali bo‘lgan g‘am oxirat g‘amidir. Zararli bo‘lgan g‘am dunyo va uning ziynatlari uchun uyg‘ongan g‘am".
Faqih aytadilar: "œXolis taqvo ko‘zni xaromdan, tilni g‘iybat va yolg‘ondan tiyish, barcha a’zolarni haromdan saqlashdir".