68. Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "œAlbatta, ahli jannatlar soqolsiz, yungsiz yigitlar bo‘ladi. Ularda ikki qoshi, ikki kiprigi va boshidagi sochdan boshqa soch yo‘q, ya’ni ularda qo‘ltiq mo‘y va avrat mo‘ylari bo‘lmaydi. Bo‘ylari Odam alayhissalom bo‘ylaridek oltmish gaz bo‘ladi. Yoshlari Iso alayhissalom yoshlaridek o‘ttiz uchdir, ranglari oq, kiyimlari yashildir. Jannat ahllaridan biri dasturxonga ikki qo‘lini olib kelsa, bir qush kelib deydi: "œEy Allohning do‘sti, men salsabil bulog‘idan suv ichganman. Arshning tagidagi bog‘larda o‘tlaganman, ikki tomonlama ta’mi bor, biri suvda pishirilgan go‘sht ta’mi, ikkinchisi qovurilgan go‘sht ta’midir!", xohlagancha yeydi. Jannat ahlining yetmish kiyimi bor. Ularning ranglari turli-tumandir. Ularning barmoqlarida o‘nta uzuk bor. Birinchisiga mana bu oyat yozilgan:
"œ(Alloh yo‘lida) sabr-toqat qilib o‘tganlaringiz sababli (endi bu jannatlarda) sizlarga tinchlik-osoyishtalik bo‘lgay!" (Ra’d, 24). Ikkinchi uzukda:
"œJannatga tinchlik bilan sog‘-omon kiringlar!" (Hijr, 46). Uchinchisiga:
"œQilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir!" (Zuxruf, 72). To‘rtinchisida: "œSizlardan g‘am va xafalik ko‘tarildi!" Beshinchisida: "œSiz-larga chiroyli taqinchoq va kiyimlar kiygizdik". Oltinchisida: "œSizlarni hurlarga uylantirdik!" Yettinchisida: "œU joyda ko‘ngillar tilaydigan va ko‘zlar lazzatlanadigan (barcha) narsa bordir. Sizlar u joyda mangu qolursiz" (Zuxruf, 71). Sakkizinchisida: "œPayg‘ambar va siddiqlar bilan yo‘ldosh bo‘lgaysizlar". To‘qqizinchisida: "œYigitlikka qaytgaysizlar, qarimaysizlar". O‘ninchisida: "œQo‘shnilikda turasizlar, lekin qo‘shnilardan aziyat bo‘lmaydi".
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Kim bu ne’matlarga yetishishni xohlasa, quyidagi besh narsada bardavom bo‘lishi kerak.
Birinchisi: o‘z nafsini gunohlardan qaytarishi kerak, Alloh taolo aytdi: "œEndi kim hayoti dunyodalik paytida qiyomat mahshargohda Parvardigorning (huzurida) turishdan (va U zotga hisob-kitob) berishdan qo‘rqqan va nafsni havoyi xohishlardan qaytargan bo‘lsa, u holda, faqatgina jannat (uning uchun) joy bo‘lur (Van-naziot, 40-41).
Ikkinchisi: Dunyoda berilgan ozgina ne’mat bo‘lsa ham, unga rozi bo‘lmog‘i, xabarda rivoyat qilindiki, jannatning qiyomati dunyoni tashlashdir.
Uchinchisi: Toat-ibodatlarga qattiq haris bo‘lishi kerakdir. Toatning hammasiga intiladi. O‘sha toatlar mag‘firat va jannatning vojibligi uchun bir sabab bo‘lib qoladi. Alloh taolo aytadi:
"œQilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan janat mana shudir" (Zuxruf, 72). Boshqa bir oyatda:
"œAna o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda mangu qolurlar. (Bu) umr qilib o‘tgan amallarining mukofotidir" (Ahqof, 14). Albatta, nimaga erishsalar, toatda ijtihod bilan erishiladi.
To‘rtinchisi: Yaxshilik ahllarini va solihlarni do‘st tutmoqligi, sevmoqligi, ular bilan qo‘shilib ketmoqligi, ular bilan o‘tirmoqligi kerak bo‘ladi. Albatta, ularning bittasi, uning gunohlari kechirilsa, do‘stlariga va og‘aynilariga shafoatda bo‘ladi. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinganidek: "œDo‘stlarni ko‘paytiringlar. Albatta, qiyomat kunida har bir birodar uchun shafoat qilish bordir".
Beshinchisi: Duoni ko‘paytirish, Alloh taolodan jannat bilan rizqlantirishni va uning oxirini yaxshilikka olib borishini so‘rashlikdir. Ba’zi hakimlar aytishadi: Savoblarni bilib turib, dunyoga tayanish ilmsizlikdir, amallardagi savobni bilib turib, o‘sha amallarda harakatni tashlashlik ojizlikdir. Jannatda rohat bor, unga bu dunyoda rohati bo‘lmagan yetishadi. Jannatda boylik bor, unga dunyoning haqir narsalarini tark etgan kishi yetadi va dunyoning ozginasiga qanoat qilgan kishigina topadi. Zikr qilinadiki: "œBir zohid nonsiz, tuz bilan ko‘kat yeyayotgan edi. Bir kishi aytdi: "œShu narsaga qanoat qilasanmi?" Aytgan ekan: "œMen dunyoni jannat uchun qildim, sen dunyoni axlat uchun qilding!" Ya’ni yaxshi narsalar yeysan, axlatga aylanadi. Men toat-ibodatga quvvatim yetganchalik yeyman, shoyadki jannati kishiga aylansam!"
Ibrohim ibn Adhamdan, Alloh rahmat qilsin, zikr qilinadi. U kishi hammomga kirmoqchi bo‘ldi. Hammomga u kishini qo‘yishmadi. "œPulini to‘lasang, keyin kirasan", deyishdi. Ibrohim Adham yig‘ladi va aytdiki: "œYo Alloh, meni shaytonlarning uyiga pulsiz kirgani qo‘yishmayapti, qanday qilib men nabiylar va siddiqlar uyiga to‘lovsiz kiraman?!"
Zikrda keladi: "œBa’zi nabiylarga Alloh bu so‘zlarni tushirgan: "œEy Odam farzandi! Do‘zaxni qimmat pulga sotib olasan-u, jannatni arzon pulga ham olmaysan".
Buning tafsiri: Albatta, bir fosiq boshqa bir fosiqni ziyofat qilishni xohlasa, ko‘pincha o‘shanga 100-200 dirham pul sarflaydi. U bu bilan do‘zaxni qimmat pulga sotib oladi. Agar ziyofatni Alloh taolo uchun qilib, 1-2 dirham sarf etsa, muhtoj kishilarni chaqirsa, shu qilgan ishi jannat puli bo‘ladi.
Rivoyat qilindi Abu Hozimdan: "œAgar dunyodagi yaxshi narsalarni tark etib, shu bilan jannatga kirish mumkin bo‘lsa, bu narsalar janatga yetishish yo‘lida yengillik bo‘ladi. Agar do‘zaxdan najot topish uchun dunyoning barcha musibatlarini ko‘tarib bo‘lsa ham najot topsa, bu tomondan yengillik bo‘ladi. Endi mingta yaxshi ko‘rgan narsalaringdan bittasini tashlab, jannatga kirsang-u, senga makruh bo‘lgan narsadan bir bo‘lagini olib do‘zaxga kirsang. qanday bo‘ladi?!"
Yahyo Ibn Maoz ar-Roziy aytadi: «Dunyoni tark etish qiyindir, jannatni tashlash undan ham qiyinroqdir, albatta, jannatning mahri dunyoni tashlashdir».