93. Ubaydulloh ibn Jarir otasidan rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œOdamlar ichida yomonlik qiluvchi kishi bo‘lsa, uni o‘zgartirishga qodir bo‘lib, o‘zgartirmasalar, Alloh taolo o‘shalarning hammalariga barobar azobni yuboradi, o‘lmaslaridan oldin".
Faqih, Alloh taolo rahmat qilsin, aytadi: Payg‘ambar (s.a.v.) qudratni shart qildilar. Ya’ni ko‘pchiligi ahli solihlar bo‘lsa, o‘sha gunohkorlarni gunohlaridan qaytarishliklari ahli solihlarga vojib bo‘ladi, agar ular gunohni zohir qilsalar. Chunki Alloh taolo bu ummatni maqtab:
"œ(Ey ummati Muhammad) odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero sizlar yaxshi ishlarga buyurasizlar, yomon ishlardan qaytarasizlar va Allohga imon keltirasizlar. Agar ahli kitob ham imon keltirganda edi, o‘zlari uchun yaxshi bo‘lardi. Ulardan mo‘minlari ham bor va (lekin) ularning ko‘plari fosiq, itoatsizlardir" (Oli Imron, 110). Buning ma’nosi shuki, sizlar Lavhul-mahfuzda, odamlar uchun chiqarilgan yaxshi ummat, deb yozilgansizlar. Alloh taolo sizlarni odamlarni yaxshi ishlarga buyurmoqlik uchun chiqardi, yaxshi ishlarga, ya’ni ibodat va toatlarga chaqirishlaringiz uchun, yomon ishlardan qaytarishlaringiz uchun. Yaxshi ishlarga buyurishlik Allohning kitobiga, sunnatiga va ahlga to‘g‘ri keladigan narsalarga buyurmoqlikdir.
Yomon ishlar bu narsalarga muxolif (qarama-qarshi) keluvchi narsalardir.
Alloh taolo boshqa oyatda aytdi:
"œOralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohlardan qaytaradigan bir jamoa bo‘lsin! Ana o‘shalar najot topguvchilardir" (Oli Imron, 104).
Alloh taolo yaxshi ishlarga buyurmaydigan, yomon ishlardan to‘smaydigan qavmlarni yomonladi. Bas, aytdi:
"œUlar bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish" (Moida, 79).
Boshqa oyatda:
"œOlim va donishmandlari ularni gunoh so‘zlardan, haromxo‘rlikdan qaytarmaydilarmi?! Qilayotgan hunarlari naqadar yomon hunar!" (Moida, 63). Ya’ni o‘shalarning olimlari, faqihlari, qorilari fahsh so‘zlardan, harom yeyishlikdan qaytarmaydilarmi, deyilmoqda.
Amri ma’ruf qilish uchun lozim bo‘ladigan narsa, agar qodir bo‘lsa, yolg‘izlik vaqtida buyurishlikdir. Bu nasihat va mav’izada yetukroq bo‘lgani uchun.
Abu Dardo, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: o‘zining birodariga oshkora mav’iza qilgan odam birodarini yomonlabdi, uni yashirib (odamlardan xoli joyda) qilgan bo‘lsa, uni yaxshilabdi. Agar mav’iza tanholikda foyda bermasa, uni oshkoralik bilan buyuradi, gunohdan uni uzoqlashtirish uchun solih va yaxshilik egalaridan yordam so‘raydi. Agar solihlar, yaxshilar bu ishni qilmasalar, gunohkor ulardan ustun kelsa, keyin ularga azob kelib, hammalari halok bo‘lishadi".