98. Abu Said Xudriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: "œSizlardan birontalaringiz munkar (yomon) ishni ko‘rsa, uni bu ishdan qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan, o‘sha dili bilan qaytarishi imonining zaifligidir".
Ba’zilar aytdilar: "œQaytarishlik amrlar uchun qo‘l bilan, olimlar uchun til bilan, ummiylar uchun dil bilandir". Ba’zilar, kimiki shularga qodir bo‘lsa, o‘shalardan qaytarishligi vojib bo‘ladi, dedilar.
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Yaxshi ishlarga buyuruvchilar shu ishi bilan Alloh taolo uchun, dinni ulug‘lashni, yuksaltirishni qasd qilishi lozim bo‘ladi. O‘zini bildirish uchun, o‘zining himoyasi uchun, dimog‘dorlik uchun bo‘lsa, bo‘lmaydi. Albatta, bu bilan Allohning o‘zi uchun dinni aziz qilishni qasd etsa, Alloh taolo unga yordam beradi, uning uchun muvofiq qilib qo‘yadi. Agar o‘zining nafsini bildirish, takabburlik bo‘lsa, Alloh uni xor qilib qo‘yadi.
Ikrimadan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinidi: Bizga aytdiki: "œBir kishi Allohni qo‘yib, daraxtga sig‘inadigan joydan o‘tib qolibdi. U kishi Alloh uchun bu ishdan g‘azablanibdi. Xudoni qo‘yib bu daraxtga sig‘inishayotgan edilar. Keyin u boltasini olib, eshagiga minib, o‘sha daraxt tomonga, uni chopib tashlash uchun otlanibdi. Shaytoni la’in odam suratida uning yo‘lidan chiqib: "œQaerga ketyapsan?" deb so‘rabdi. «Bir daraxtni ko‘rdim, odamlar Allohni qo‘yib, o‘shanga ibodat qilishyapti. O‘sha daraxtni bolta bilan chopib tashlayman, deb Allohimga ahd berdim», dedi. Iblis: "œU senga nima qildi? Qo‘ygin, ibodat qilishayotgan bo‘lsa, ibodat qilaverishsin. Ularni Allohning o‘zi uzoqlashtiradi", dedi. U kishi qaytmaydi. Iblis la’natulloh alayh aytdi: "œQaytgin, har kuni senga to‘rt dirham beraman, har kuni ko‘rpachangning bir chetini ko‘tarsang, uni olasan". "œShunday qilasanmi?" deb so‘radi. Iblis: "œAlbatta, har kuni senga o‘sha pulni to‘layman". Keyin haligi kishi uyiga qaytdi. O‘sha pulni ikki-uch kun Alloh xohlagancha topdi. Shundan keyin bir kuni ertalab turib, ko‘rpaning quyi tarafini ko‘tarsa, hech narsa ko‘rmadi. Kiyin bir kun kutdi, dirhamlarni topolmagandan keyin, boltasini olib eshagiga minib, o‘sha daraxt tomon otlandi. Iblis odam suratida uning oldiga chiqdi. "œQaerga ketayapsan?" deb so‘radi. U kishi: "œAllohni qo‘yib, sig‘inilayotgan daraxt oldiga boryapman, uni kesib tashlayman", dedi. Iblis aytdi: "œBunga kuching yetmaydi. Ammo oldingi gal sen Alloh uchun g‘azablangan holda chiqqan eding. O‘sha paytda osmon va yer ahllari jam bo‘lsalar ham, seni qaytara olmas edi. Ammo hozir sening chiqishing nafsing uchun, sen dirhamlarni topa olmaganing uchun chiqyapsan. Agar o‘sha joyga o‘tsang, boshingni yoramiz". U daraxtni tinch qo‘yib uyiga qaytibdi.
Faqih aytadi: Yaxshi ishlarga buyurguvchi kishi besh narsaga muhtoj bo‘ladi:
1. Ilmga, chunki johil amri ma’ruf va nahiy munkarni chiroyli qila olmaydi.
2. Allohning roziligini va dinni kuchaytirishni qasd qilmoqlikka.
3. Bu ishlarni bajaruvchi rahmdil bo‘lmoqligi, buyurganda ham yumshoqlik bilan, do‘stona buyurishligi lozim bo‘ladi. Qalbi qattiq, qo‘pol bo‘lmasligi kerak. Chunki Alloh taolo, Muso va Horunni Fir’avn oldiga yuborayotib aytdi:
"œBas, unga yumshoq so‘z so‘zlanglar" (Toha, 44).
4. Sabrli, halim bo‘lmoqligi, chunki Alloh taolo Luqmon qissasida aytdi:
"œYaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolarga) sabr qil!" (Luqmon, 17.)
5. O‘zi buyurgan narsalarga amal qilmoqligi, amal qilish bilan boshqalarga ibrat bo‘lishi lozim. Ushbu oyatga rioya zarur.
"œOdamlarni yaxshilikka chaqirib, o‘zlaringizni unutasizlarmi?" (Baqara, 44).