X BOB. YANA TAVBA HAQIDA
122. Ibn Abbosdan rivoyat: "œPayg‘ambar (s.a.v.) tavba eshigini zikr qildilar. Umar ibn Xattob: "œYo Rasululloh, tavba eshigi nima?" deb so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "œTavba eshigi mag‘ribning orqasidadir, uning ikki tabaqasi tillodan, dur va yoqutdan qoplangan. Eshikning birinchi tabaqasi bilan ikkinchisining orasi tez yurar ulovga mingan kishiga qirq yillik yo‘ldir. Bu eshik Alloh taolo maxluqotlarni yaratgandan beri ochiqdir. Toki quyosh g‘arbdan chiqquncha, Allohning bandalaridan qaysilari tavbai nasux qilsa, uning tavbasi o‘sha eshikdan kiradi". Maoz ibn Jabal aytdi: "œOtam-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasululloh, tavbai nasux qanday bo‘ladi?" Aytdilarki: "œGunohkor o‘zidan o‘tgan gunohga pushaymon bo‘lmog‘idir. So‘ngra Alloh taologa uzr aytib, bu gunohlarni qaytib qilmaydi. So‘ng quyosh bilan oy bu eshikka botadi, keyin ikki tabaqa qaytib yopiladi. Ikkovining orasida nima bor bo‘lgan bo‘lsa, hammasi yig‘iladi. Go‘yoki ikkovining orasida na bir teshik, na bir yorug‘ bo‘lmagan holatga aylanadi. Shu vaqtdan keyin tavba qabul qilinmaydi. Islomda qilingan yaxshiliklari foyda bermaydi, magar oldin muhsin bo‘lgan bo‘lsa, foyda beradi va bu Alloh kalomida bordir:
"œParvardigoringizning ayrim oyatlari keladigan kunda esa ilgari imon keltirmagan yoki imonida yaxshilik kasb qilmagan biron joyiga (endi keltirgan) imoni foyda bermas" (An’om, 158).
Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œTavbai nasux  tavba qilib, keyin bu gunohlarga qaytmaslikdir". Yana aytadi: "œTavba eshigi ochiqdir. U har kishini qabul qilguvchidir, uch kishidan boshqa:
 kufrning boshi shaytonni;
 xatolarning boshi Odamning o‘g‘li Qobilni;
 payg‘ambarlarni o‘ldirganlarni".
Aytdilar: "œTavba qilguvchilarning eshigi mag‘rib tomonidan ochiqdir. Orasi qirq yillik yo‘ldir. Ular yopilmaydi, toki quyosh g‘arb tomonidan chiqqunicha".