148. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: "œRasulluloh (s.a.v.) davrlarida Alqama ismli yigit bor edi. U o‘ta tirishqoq, ko‘p sadaqa qilguvchi edi. Bir kuni kasal bo‘lib, kasali kuchaydi. Xotini Payg‘ambarga (s.a.v.) erining jon chiqar holatida ekanligini xabar qilmoqchi bo‘lib elchi yubordi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) Hazrati Bilol va Alini, Salmon va Ammorni "œUning holini ko‘ringlar", deb yubordilar. Ular uning uyiga kelib kirdilar. Unga: "œLa ilaha illalloh, degin", dedilar. Bu gap uning tiliga kelmadi. Ular ishondilarki, imonsiz ketguvchidir, deb. Keyin Bilolni Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga bu holdan xabar berishga yubordilar. Payg‘ambar (s.a.v.): "œUning ota-onasi bormi?" deb so‘radilar. Aytishdi: "œOtasi o‘lgan, lekin bir qari onasi bor", deb. Payg‘ambar (s.a.v) Bilolga: "œYo Bilol! Onasining oldiga borgin, mendan salom ayt, aytginki, agar qodir bo‘lsangiz, Rasulullohning oldilariga boring. Agar qodir bo‘lmasangiz o‘tirib turing, oldingizga Rasulullohning o‘zlari kelgaylar, deb ayt", deb tayinladilar. Bilol borib, bu xabarni yetkazdi. Onasi: "œJonim Rasulullohga fido, men borishga haqliroqman", dedi va qo‘liga hassasini olib, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) huzurlariga jo‘nadi. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) oldilariga kirdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: "œMenga to‘g‘risini ayting, yolg‘on gapirsangiz, menga Alloh taolodan vahiy keladi. Alqamaning holi qanday edi?" Onasi: "œYo Rasululloh, namoz o‘qirdi, ro‘za tutardi, ko‘p sadaqa berardi, uning bergan sadaqasining o‘lchovini bilmayman, sanog‘ini ham". Rasululloh aytdilar: "œSizning u bilan munosabatingiz qanday edi?" Onasi aytdi: "œYo Rasululloh, men xafaman". Aytdilar: "œNima sababdan?" Onasi aytdi: "œU xotinini mendan ustun qo‘yardi, unga quloq solib, menga quloq solmas edi". Shunda Rasululloh: "œOnasining g‘azabi o‘g‘lini Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik berishdan to‘sibdi", dedilar. So‘ngra Bilolga: "œKo‘p o‘tin yig‘gin, uni yondiramiz", dedilar. Onasi: "œYo Rasululloh, o‘g‘limni, qalbimning mevasini ko‘z oldimda yondirasizmi? Qanday qilib qalbim bardosh beradi?" dedi. Rasululloh: "œEy Alqamaning onasi! Allohning azobi qattiq va doimiydir. Agar Alloh uni kechirishini istasangiz, undan rozi bo‘ling. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, modomiki siz undan g‘azabda bo‘lar ekansiz, namozu sadaqasi foyda bermaydi!" Shunda Alqamaning onasi qo‘lini ko‘tarib: "œYo Rasululloh! Yagona Allohning elchisi bo‘lgan sizni va atrofimdagilarni Alqamadan haqiqatda rozi ekanligimga guvoh qilaman!" dedi. Rasululloh Bilolga: "œEy Bilol! Alqamaning oldiga borib qara-chi, "œLa ilaha illalloh", deb ayta olayotganmikan? Alqamaning onasi Payg‘ambardan uyalib, dilida bo‘lmagan narsani gapirgandir", dedilar. Bilol borib, eshikka yetgach: "œLa ilaha illalloh", deganini eshitdi. Bilol uning uyiga borib: "œEy odamlar! Alqamaning onasining g‘azabi shahodat kalimasini aytishidan uning tilini to‘sgan ekan, endi rozi bo‘lganligi uchun tilini bo‘shatib yubordi", dedi va u o‘sha kunda vafot etdi. So‘ngra Rasululloh unikiga kelib, yuvishga va kafanlashga buyurdilar, janoza o‘qidilar. Keyin qabrning chetida turib: "œEy muhojir va ansorlar jamoasi! Kimiki xotinini onasidan ustun qo‘ysa, Allohning la’nati bo‘ladi va farz-nafl ibodatlari qabul bo‘lmaydi?" dedilar.
Ibn Abbos (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: "œAlloh aytadi: "œParvardigoringiz yolg‘iz o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishingizni amr etdi". Ya’ni, Alloh o‘zidan boshqani yakka demaslikka buyurdi. Shuningdek, ma’siyatda hech kimga bo‘ysunmanglar, sizlar buyurgan narsada Alloh taologa itoat qilinglar, deyildi. "œOta-onaga yaxshilikni", ya’ni ikkovlari yumshoqlikni va shafqatli bo‘lishlikni, "œAgar ularning biri yo ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab uf tortma", yomon so‘zlarni aytma. "œOta-ona keksalik yoshiga yetsalar"ning ma’nosi: siydik va axlatlarini ko‘tarishga muhtoj bo‘lib qolgan vaqtda, burningga qo‘lingni tiqib, aftingni bujmaytirmagin. Ikkovlari seni yoshligingda sendan o‘shalarni ko‘targan edi va bu narsalarni sendan ko‘p ko‘rgan edilar. "œVa ularning so‘zlarini qaytarma", gapda ikkovlariga qo‘pollik qilma! "œUlarga doimo yaxshi so‘z ayt". "œUlar uchun mehribonlik bilan xorlik qanotini past tut, hokisor bo‘l!" ya’ni ikkovlariga rahmli, tavozu’ holatda bo‘l. "œVa ayt: "œParvardigorim, ularga rahm-shafqat qilgin" deb, vaqtiki o‘lsalar ularga mag‘firat so‘rab duo qil, ya’ni farzandga ota-onaning haqqini dunyoda bilganidek, oxiratdagi haqqini bilishlik vojib bo‘ladi. Va har namozdan so‘ng ularga mag‘firat tilab duo qiladi. "œMeni go‘daklik chog‘imda tarbiyalab o‘stirganlaridek" (Al-Isro, 23-24), meni kichkina holatimdan katta bo‘lgunimcha ikkovlari harakat qilganlari uchun, ikkovlarini mag‘firat bilan mukofotlagin".
Ba’zi tobe’inlar, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, aytadilar: "œKim har kuni ota-onasi haqqiga besh marta duo qilsa, ikkovlarining haqqini ado qilibdi, chunki Alloh taolo:
"œSen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Yolg‘iz o‘zimga qaytajaksan", dedi. (Luqmon, 14). Allohga shukr qilishlik bir kunda besh vaqt namoz o‘qish bilan bo‘ladi, shuningdek ota-onaga shukr qilishlik har kuni besh marta duo qilish bilan bo‘ladi. Keyin Alloh aytdi: "œParvardigoringiz dillaringizdagi sirlaringizni juda yaxshi bilguvchidir", ya’ni qalblaringizdagi ota-onangiz uchun bo‘lgan yumshoqlik-yaxshiliklarni bilguvchi zotdir, keyin aytdi: "œAgar sizlar yaxshi bo‘lsangizlar..." ya’ni, ota-onalaringizga yaxshilik qilguvchi bo‘lsalaringiz. Alloh taolodan mag‘firat-mukofotini talab qilgan bo‘lasizlar. "œZero, u tavba qilguvchilarni mag‘firat etuvchi zotdir" (Al-Isro, 25). Ya’ni, agar ota-onangiz haqqini tark qilsangiz, Alloh taologa tavba qilinglar, albatta U zot gunohlardan qaytguvchilarni kechirguvchidir".
Aytildi: "œOta-onaning farzand ustida o‘nta haqqi bor:
1) agar ulardan biri taomga muhtoj bo‘lsa, taomlantirmog‘i;
2) agar kiyim-kechakka muhtoj bo‘lishsa, kiydirmoqligi. Payg‘ambardan (s.a.v.): "œUlarga dunyoda yaxshi muomalada bo‘lgin" (Luqmon, 15), oyatining tafsirida rivoyat qilinadi: "œYaxshi muomala, agar och qolsalar, ovqatlantirmog‘ing va agar yalang‘och bo‘lsalar, kiydirmog‘ingdir";
3) agar ikkovidan biri farzandning xizmatiga muhtoj bo‘lsa, xizmat qilish;
4) agar farzandni chaqirsa, javob bermoqligi va hozir bo‘lishligi;
5) agar bir ishga buyursalar, itoat qilishi, modomiki gunoh bo‘lsa, bo‘ysunilmaydi;
6) yumshoqlik bilan gipirmoqligi, qo‘pol gaplar bilan gaplashmasligi;
7) otini aytib chaqirmasligi;

orqasidan yurishligi;
9) o‘ziga nimani ravo ko‘rsa, ularga ham o‘shani ravo ko‘rishi ham rozi qilmog‘i;
10) mag‘firat so‘rab, duo qilmog‘i, xuddi o‘ziga qilganidek.
Alloh taolo Nuh alayhissalomdan hikoyat qilib aytdi:
"œParvardigoro, o‘zing meni, ota-onamni, mening uyimga mo‘min holda kirgan kishilarni va barcha mo‘minu mo‘minalarni mag‘firat qilgin!" (Nuh, 28). Shuningdek, Ibrohim alayhissalomdan: "œParvardigoro, duoyimni qabul ayla! Parvardigoro, hisob-kitob qilinadigan kuni meni, ota-onamni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qilgin" (Ibrohim, 41).
Ba’zi sahobalardan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdilarki: "œOta-ona uchun duoni tark qilishlik farzandga tang hayotni olib keladi".
Faqih aytadi: So‘rovchi so‘rasa: "œAgar ota-onasi o‘g‘liga g‘azab qilib o‘tib ketgan bo‘lsa, ikkovini o‘limlaridan keyin rozi qilishligi mumkin bo‘ladimi?" deb. Aytiladi: "œHa! Ikkalasini uch narsa bilan rozi qilishi mumkin:
1. Farzand solih bo‘lishligi. Chunki ota-onaga farzandi solih bo‘lishidan yaxshiroq narsa yo‘q.
2. Ota-onaning yaqinlari va do‘stlari bilan bog‘lanib turishi.
3. Ikkalalari uchun istig‘for so‘rashi, duo qilishi va sadaqa qilishligi".