O'zimiz tayyorlagan taomlar!  ( 1213200 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 ... 220 B


Billur  28 Sentyabr 2010, 11:58:01

Sushi!! Mana shu taom menga rosa yoqib qoldi :)



Bu taom aslida KIMPAP (koreyscha)deyiladi. Ya'ni KIM-ustida o'ralgan qora dengiz o'ti, PAP-gurunch degani. Kimpapni har hil usulda tayyorlasa bo'ladi.
 Mana yana boshqa mahsulotlar bilan tayyorlangani. Aslida kim,qaynagan gurunch,qovurilgan tuhum sarig'i,sariq rediska,kolbasa solib tayyorlanadi.
Yoquthon,ularni ichiga pomidor,bodring solish sizning fantaziyangizmi? Juda chiroyli chiqibdi


[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


yoqutxon  29 Sentyabr 2010, 08:37:55

Assalom aleykum. Kapalak opa qayerga reseptni joylashtirib linkni berishni bilmadim.Shuning uchun shu yerga yoza qoldim.
 Bu taomni sharqiy osiyo xalqlarida sevib iste'mol qilinadi. Yaponiyada sushi deb atashsa Koreada kimpapa deb atashadi. Bu taomni tayyorlashda ichiga o'z ta'bingiz  va albatta bor masaliqlarga qarab hohlagan narsangizni solishingiz mumkin.  Aynan mana shu sushiga ketgan  masaliqlar:
1- Kim ( sushi uchun mahsus dengiz o'ti)
2- Guruch
3- Konservalangan baliq.
4- Pomidor
5- Bodring.
6- Ko'katlar, tuz.
Tayyorlanishi:
Avval gurunchni pishirib olasiz.Pomidor va bodringni uzunchoq shaklda to'g'raysiz. So'ngra bitta kim pap ustiga 2 qoshiq pishirilgan guruch solib, yoyib chiqamiz, gurunch ustidan esa  konsevalangan baliq,baliqni ustidan ko'kat sepamiz. Keyin pomidorni va ohirida bodringni tahlab chiqamiz(mahsulotlarni tahlayotganingizda ularni miqdori ko'pyib ketmasligiga e'tibor bering, chunki o'rashda kim yorilib ketishi mumkin).So'ngra sushi o'rash uchun mo'ljallangan mahsus taxtachalardan yasalgan anjom bilan sekin astalik bilan kim papni o'raysiz. Agar sizda bunday anjom bo'lmasa oddiy toza kartondan ham foydalansangiz bo'ladi. Sushi tayyor! bu taomni tayyorlashga juda oz vaqt ketadi, lekin ta'miga gap yo'q!

Qayd etilgan


yoqutxon  29 Sentyabr 2010, 08:45:57

Nonushtaga tayyorlagan vaflilarimdan

Buni tayyorlash uchun birinchi navbatta vafli pishirish uchun mahsus moslama bo'lishi kerak



Qayd etilgan


yoqutxon  30 Sentyabr 2010, 20:00:48

 Assalam aleykum.Eng yahshi ko'rgan taomlarimdan, Yupqa.




Qayd etilgan


Robiya  02 Oktyabr 2010, 11:17:19

 :as:

Kecha kechqurunga gulkaramli kabob..




Dessertga tovorogli pirogdan olinglar...


Qayd etilgan


AL_laziz87  03 Oktyabr 2010, 13:02:36

Ko'rmoq boru yemoq yo'q. Yomon alam qilar ekan ayniqsa qorin och payitda.

Qayd etilgan


Robiya  06 Oktyabr 2010, 10:21:14

 :as:

Nonushta qilmaganlarga "Tezpishar quymoq"


Qayd etilgan


Chustiy  06 Oktyabr 2010, 17:12:05

Quymoqmi yoki omletmi?  ::)


Qayd etilgan


Robiya  06 Oktyabr 2010, 17:29:00

:as:

Ha, omlet, adashib quymoq yozvoripman, forumdosh..

Qayd etilgan


Ansora  06 Oktyabr 2010, 17:30:34

Haqiqiy oshpazni ko'zi kichkina ovqatni ham aniq ko'rar ekan-da  :ms:

Qayd etilgan