Sabzavot qizartmasi.
Bazan ovqat qilishdan zerikkanimda, dam olish kunlari tushlikka bundan tayyorlayman. Sabzavotlar: bulg'or qalampiri, qizili bo'lsa yanayam zo'r, sabzi, qovoq (kabachok), baqlajon, kartoshkalarni maydalab to'g'rab, yog'da qovuring. Men vitaminlari o'lmasin, deb past olovda qovurdim. Sabzavotlarni yuvgandan keyin sochiqda kuttirsangiz, yog' sachramaydi.
Sarimsoqni maydalab qatiqqa qo'shing, qovurma biroz sovugandan keyin ustiga soling. Yoqimli ishtaha:)