Registan, adashdingiz. Rasm mutlaqo tasodifiy olingan. Oshdan qolib ketmaslik bahonasida shoshilgancha, shartta telponni chiqarib, olib tashlagandim. Faqat bir marta olindi.
Oshni dadam tayyorladilar. Men o'tiga qarab turdim 
Tabiiylikka tabiiy, agar o'shanda siz ham birga bo'lganingizda qozonni boshida osh yeyish hissini yana bir marta tuygan bo'lardingiz.
Holmslik qilmoqchi edim o'xshamadi.

Dasturxon yerga yozilgan, bundan "agar osh uyda yeyiladigan bo'lsa, hovliga, yorug'roq joyga, agar to'yda bo'lsa chetroq, tinchroq joyga chiqqansiz" degan xulosaga kelgandim. "Qozon boshi" esa hayolimga kelmabdi, afsus.

Qo'l harakatini sezmadim, ustiga-ustak ustdagi qo'l qarama-qarshi tomondan uzatilayotgan bo'lsa-da, odatga xilof ravishda oshning yarmidan o'tib turibdi, undan keyin birinchi og'izni salat (shakarob) dan boshlashlarini hali ko'rmadim. Shuning uchun aynan rasmga tushirish uchun qilingan deb o'yladim.
Rasm "oshsh2" deb nomlangan ekan. "Oshsh" deyilgani uchun "shirin" dedim, "2"ga esa 2ta taxmin bor, 1-si kompizda oshning rasmlari ko'p, 2-si bir tushirishda kamida 2ta tushirgansiz.