
Risolatxon, taomlarim yoqqanindan xursandman, siz savolni yozavering, vaqt topib javob yozishga harakat qilaman inshalloh.
Men odatda tayyor paketdagi pudinglardan islataman. Ulker yoki Dr. Oetker markalaridan olaman. Tayyor paketdagi un shaklidagi mahsulotni 500 gr sutda sut qaynab, paket ichidagi mahsulot qo'yilguncha pishirasiz, balki bilarsiz.
Lekin uy sharoitida ham tayyorlashingiz mumkin.
Buning uchun masalliqlar:
1. 2.5 stakan sut (400 ml)
2. 4 qoshiq shakar
3. 2 qoshiq kakao
4. 3 qoshiq un
5. 1 paket vanilin 8gr
6. 1 qoshiq saryog'
Tayyorlanishi:
Saryog'dan tashqari butun masalliqlarni qozonga solib aralashtiring. Sut qaynay boshlagach olovni pasaytirib, 1 qoshiq saryog'ni soling. Mikser bilan 5 daqiqa aralashtirib piyola yoki menga o'hshab bakallarga soling. Men 2 xil biri oddiy vanilinli, biri kakaoli puding tayyorladim, Birini solib 10 daqiqa kutdim, biroz qotgandan keyin keyingi pudingni tayyorlab ustiga to'kdim. Issıg'ida ustiga maydalangan yong'oq yoki fındık sepishingiz mumkin. Agar xohlasangiz puding pishayotgana ichigayam yong'oq, fındık solishingiz mumkin. Oq va jigarrang bo'lishi birida kakao yoki shokolad bo'laklari yog'ligidan.
Men ishlatadigan puding: