O'zimiz tayyorlagan taomlar!  ( 1211008 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 ... 220 B


Ansora  17 Yanvar 2010, 13:06:39

Assalamu alaykum!
Aziz opajonlar akam yaqinda qo'ziqorin olib keldilar shundan taom tayyorlash k-k. L-n qanday taom pishirishni bilmayapman agar sizlar pishirishni bilsangiz ritseptini yozib beringlar oldindan rahmat  :).

V.assalom Munavvaraxon. Qo'ziqorindan juda ko'p xil taom tayyorlashingiz mumkin. 1 haftagacha hech narsa bo'lmaydi muzlatgichda. Men sizga bir-ikki taom turi beraman hoxlaganingizni tayyorlashingiz mumkin.

Avvalo qo'ziqorinni ishlatadigan miqdorini (hammasini yuvmang, agar ko'p bo'lsa yuvgandan keyin darrov qorayadi) yaxshilab yuvishingiz kerak. Tuproqda yetishgani uchun yaxshilab yuvmasangiz tuproq hidi kelishi mumkin. Yuvgandan keyin chuqorroq idishni ichiga solib, ustiga suv soling va qo'ziqorinni rangi qoraymasligi uchun yarimta limon siqing.


Qayd etilgan


Ansora  17 Yanvar 2010, 13:07:37




Qo’ziqorinli, tovuqli qovurma

Men qo’ziqorin olganimda asosan bu ovqatni tayyorlayman. Qo’ziqorin bilan tovuq bir-biriga juda yarashadi. Ahar tovuq go’shti yo’q bo’lsa qiyma solishingiz ham mumkin. Lekin tovuqli yanayam mazali bo’ladi : )

Masalliqlar:

1.   300-400 gr tovuq go’shti- go’shtni qovurmalardagiday kubik shaklida to’g’rang.
2.   1 dona piyoz -maydalab to’graladi
3.   4 dona yashil yoki qizil bolgarskiy-maydalab to’g’raladi
4.   1 dona sabzi- maydalab to’g’raladi
5.   3 qoshiq salat yog’i yoki saryog’
6.   300 gr qo’ziqorin- qo’ziqorinni tepadan-pastga qarab to’g’rasangiz shakli chşroyli bo’ladi.
7.   Agar bor bo’lsa pomidor soling, bo’lmasa ham bo’laveradi. Maydalab to’g’raladi.
8.   Tuz, murch, jambil

Tayyorlanishi:

Qozonga yog’ni solib, piyozni 3-4 daqiqa qovuring. Keyin tovuq go’shtini pushti rangga kirguncha qovuring. Sabzini solib 5-6 daqiqa qovuring. Keyin bolgarskiyni, pomidor va qo’ziqorinni solib qovuring. 3-4 daqiqadan keyin ko’rasiz, qo’ziqorinni suvi chiqadi, shuning uchun suv solishga hojat qolmaydi. Tuz, jambil va murchni solib, qozonni qopqog’ini qiya ochiq qoldiring. 2-3 daqiqada bir aralashtirib turing.
15 daqiqalardan keyin ovqat tayyor bo’ladi. Bu 4 kishiga mo’ljallangan. Kishi soniga qarab masalliqni kamaytirib yoki ko’paytirishingiz mumkin. Osh bo’lsin.



Qayd etilgan


Ansora  17 Yanvar 2010, 13:24:59

Qo'ziqorindan blinchikni ichiga masalliq tayyorlab juda mazali taom tayyorlashingiz mumkin. Bu safar yuqoridagi ta'rifdan farqi siz rasmda ko'rganingizday qo'ziqorinlarning suvsiz bo'lishi. Buning uchun tovuq go'shtini oldindan suvda pishirib olamiz va titamiz. Qolgan masalliqlarni piyoz, qo'ziqorin va bolgarskiyni birma-bir qovurasiz. Bu safar ichida pomidor va sabzi yo'q. Ziravorlar tuz, murchdan iborat. Tovuq go'shtini o'rniga qiyma solishingiz ham mumkin. Qiymani alohida qovurib, qo'ziqorinli masalliqni ichiga aralashtirasiz.

Blinchikni ichi uchun 400 gr qo'ziqorin, 150 gr qadar tovuq go'shti yoki qiyma ketadi. Masalliq o'rtalama 10-12 dona blinchikka yetadi.



Bizda hamma qizlar blinchik tayyorlashni bilishgani uchun ta'rifini yozib o'tirmadim : )

Tayyorlangan ich masalliqni blinchikni o'rtasiga toshmaydigan shaklda solamiz.



Qayd etilgan


Ansora  17 Yanvar 2010, 13:29:11

Pomidorni qirg'ichdan o'tkazb buklangan blinchiklarni ustiga surtamiz. Eng ust qismiga esa yana qirilgan pishloq sepamiz. Oldindan isitilgan 170 darajali duxovkada 10 daqiqa (pishloq eriguncha) ushlab turamiz.



Blinchiklarimiz tayyor, osh bo'lsin.  : )




Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Yanvar 2010, 06:03:25

Yarmi tvorogli yarmi jemli pirog (tvorog yetmi qoldida  :D)


Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Yanvar 2010, 06:04:43

jemli pirog (yetmi qolgan tarafi  ;D )




Qayd etilgan


registan  21 Yanvar 2010, 11:11:40

Iltimos manga faqat mana shu mavzu kirolmaydigan qilib ban beringlar, kirishni xohlamayman bu mavzuga.

Qayd etilgan


Muslimа  21 Yanvar 2010, 23:17:24

 :as:










Kartoshka pyure va kotlet...

Qayd etilgan


Muslimа  21 Yanvar 2010, 23:36:37

Qovoqli "Dangasa somsa" .










Qayd etilgan


Abu Muso  22 Yanvar 2010, 11:44:28

 :as:
Bu taomni duxovkada pishirilgan xonim, desa ham bo'larkan  ;D

Qayd etilgan