O'zimiz tayyorlagan taomlar!  ( 1211470 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 ... 220 B


_Risolat_  23 Fevral 2010, 20:45:37

Assalomu aleykum wr wb! Judayam chiroylik chiqibdi Taomlarilar MashaAlloh, Fotolar uchun Alloh Rozi bo`lsin!

Qayd etilgan


Mahdiyah  24 Fevral 2010, 23:54:11


Qayd etilgan


Mahdiyah  27 Fevral 2010, 23:27:19

Muroveynik (yong'oqli)  :)


Qayd etilgan


Zamiraxon  02 Mart 2010, 09:35:19

Muslima.bgm : aha, shunaqa yeryong'oq qushilgan. Bu sal boshqacha yeryongo'q ekan, ular qo'shisharkan mag'lubaga. Mazasi juda zo'r
Kapalak: qoyil paxta gullik idishlarda osh juda ham zo'r kurinarkan, ularni uzb.dan oborganmisiz yoki usha yerda ham bormi?

O'zbekistondan olib kelganman. Ayamlar ham kelishganda olib kelishgandi. Lekin men anchasini sovg'a qilib yuborgandim, bazan afsuslanib qolaman, bermasam bo'larmidi deb : )
Bu yerda yo'q-da shundan....

Mag'lubaga Turkiyada Maklube, deyishadi. Asosan talabalar tayyorlashadi. Men ham 2-3 marta yeganman. Qaynim juda shirin tayyorlaydi.
Nasib bo'lsa, vaqt bo'lishi bilan Maklubeni tayyorlanishini yozaman.



Maklubeni ikromi menga juda yoqadi : )
Kapalak opa, judayam antiqa taom ekan. Birinchi marta ko'rishim. Shunday chiroyli narsani qanday yeyishim mumkin? Qarab o'tirish kerak :)) Xuddi gulga o'xshaydiya. Retseptini yozvoring. Owpazlar qilishganmi? Judayam aniqlik bilan qo'yishgan ekan. Qo'llari dard ko'rmasin. Bizga ham nasib etsin shunaqa taomlardan yeyish va tayyorlash, ameen.

Qayd etilgan


Ansora  02 Mart 2010, 10:40:20

A.alaykum Zamiraxon, adash : )
Bu taomni talabalar tayyorlashgan. O'rtadagi idish juda katta bemalol 20 kishi to'yadi.

Oqlar: Qatiq
Rang-baranglar- oddiy shakarob
O'rtadagi esa- o'zimizni oshga o'hshab ketadi, faqat kartoshka damlangan : )

İnsh siz ham o'rganib uyda tayyorlashingiz mumkin.

Maklubeni tayyorlanishini: "Turkcha taomlar" mavzusida yozdim.

Qayd etilgan


G_u_l_i  05 Mart 2010, 08:19:46

Bananli tort



Inshaalloh, vaqt bo`lishi b-n retseptlarini kiritaman.

Qayd etilgan


Ansora  07 Mart 2010, 23:27:00







Baklavani "qarindoshi" Shobiyet : )

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Mart 2010, 23:36:22

Lekin turklar shirinlikni oshirvoradida.
Judayam shirin, tomoqni qirib yuboradigan darajada  :D
Shirinlikxo'rlarga ZO'R, boshqalarni me'dasiga tez tegib qoladi.

Qayd etilgan


Ansora  07 Mart 2010, 23:54:36

Lekin turklar shirinlikni oshirvoradida.
Judayam shirin, tomoqni qirib yuboradigan darajada  :D
Shirinlikxo'rlarga ZO'R, boshqalarni me'dasiga tez tegib qoladi.


Shirinliklarni turiga qarab olishingiz mumkin. Masalan Baklava va Shobiyetlar- Sharbatli totlilar turkumiga kiradi.

Undan tashqari: Sutli, unli, shokoladli vhk turlari bor : )

Qayd etilgan


Ansora  07 Mart 2010, 23:57:59

shu baklavani hech chunmadimde nimasi qiziq tem bole qimmat!

Baklava nima uchun qimmat:

1. Hamir kamida 15 dona ustma-ust ochilishi kerak, ham qog'ozdan ham ingichka shaklda. Narigi tarafni ko'rishingiz kerak, ingichkaligini o'lchash uchun:)
2. Saryog' ko'p ketadi....

3. İchiga bazan yong'oq bazan esa pista solinadi. Pistani kilosi Turkiyada 15 dollardan kam emas...

4. Oldin hom holida tayyorlanadi, undan keyin duxovkada pishirilib, sovugandan keyin sharbat to'kiladi. Birgina shirinlik 3-4 soatda tayyor bo'ladi...

Shu sabablardan qimmat ukam. Ayting Metro Marketda orada berib turishsin : )

Qayd etilgan