
Rosulilloh s.a.v. huzurlariga Xabash elchilari keldi deyiladi Oyisha roziallohu anhodan rivoyat qilinayotgan xadisda:
-Ular masjidda o`yin tusha boshladilar, Rosulilloh s.a.v. meni ridolari bilan, begonalar ko`zidan to`sib turib tamosha qildirdilar.
-Men to zerikkunga qadar ularning o`yiniga qarab o`tirdim.
Axmad, Buxoriy va Nas`aiylar rivoyati.Abu Hurayra roziallohu anhudan:
-Ularning, ya`niy Xabash elchilarining o`yinga tushayotganini ko`rgan Umar. Raqqoslarni urdi, lekin Payg`ambar alayhissalom Umarni qaytardilar.
-Qo`y teginma ularga, ular Bani Arfiyda. Ya`niy Baniy Arfiyda Xabashlarning o`yinga tushadigan qavmi.
Ibn Asir Bariy Arfiyda ularning laqablari degan.
Nas`aiy va Muslim rivoyati.Xaqiqatdan ham hozirgi kundagi "yarim yalong`och" o`yinlar Islomga zid. Ayni damda Dubay shaxrini oladigan bo`lsak, u yerda zamonaviy besh yulduzli mexmonhonalarda bu narsa avj olgan.