Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 382421 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 ... 60 B


Habibilloh  18 Noyabr 2010, 11:50:31

Bundan tashqari "Fazoil-ul aamol" kitobini ham mutolaa qilyapman buning uchun men Ziyouz kutubxonasiga minnatdorchilik bildiraman

Qayd etilgan


Zulfina  18 Noyabr 2010, 17:34:47

 :as:

"Turkiston qayg'usi"ni hali tugatmadimu, lekin kitobbi boshida birinchi kitob dib yozilganakan. Deme kitobbi davomiyam bor shunaqami? Biladigonla bo'sa etvorila.

Qayd etilgan


Zamiraxon  21 Noyabr 2010, 21:41:39

Bugun Odoblar haziynasi kitobini o'qishni boshladim. Muallifi ShMSMY hazratlari.

Qayd etilgan


Sakiina  21 Noyabr 2010, 21:48:51

aeni paetda net bilan mashgulman  qolim boshasa ming bir kechani( kompyutorimga saef qilgandim)  oqieman

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  21 Noyabr 2010, 22:45:45

:as:

"Turkiston qayg'usi"ni hali tugatmadimu, lekin kitobbi boshida birinchi kitob dib yozilganakan. Deme kitobbi davomiyam bor shunaqami? Biladigonla bo'sa etvorila.
"Alihonto'ra Sog'uniy" bor, bu "Turkiston Qayg'usi"ning uzviy davomi desak ham bo'ladi. Sababi, "Alihonto'ra Sog'uniy" qissasi Alihonto'ra Sog'uniy qalamiga mansub emas, u zotning farzandlari davom ettirganlar.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  21 Noyabr 2010, 23:16:02

"Oq yo'rgakdan Oq yo'l sari" kitobini o'qiyapman. Yosh oila uchun ekan.
Bola ona qornidagi hayotdan boshlab, 12 oylikkacha bo'lgan davrda nimalar qilish kerakligi, nimalardan chetlanishni, nimalar tanovul qilishlikni yoritibdi.

Ps. Akbarjon siz ham shuni tezda sotib oling, "Xotin tili"dan ko'ra Homilador tili, Go'dak tili ko'proq kerak bo'ladi : )

Qayd etilgan


braupov  24 Noyabr 2010, 09:31:15

 :as:
Said Ahmadning QORA KO"Z MAJNUN nomli kitobini o'qiyapman. Juda tasirli hayotiy voqealarga asoslangan kitob ekan. 

Qayd etilgan


siddiqa  06 Dekabr 2010, 02:31:07

 :as:

Bugun hadis va hayotning hajj juzini o'qigim kepqoldi ,2 ,3 varoq o'qib endi boshladim.Shayh hazratlari bu kitobni hijratda yozib ,olib kelayotganlarida ayrim sabablarga ko'ra kitob solingan sumka yo'qolgan ekan .keyin Allohi hikmati bilan yana qayta yozibdilar .Alloh rozi bo'lsin .

Qayd etilgan


Habib  07 Dekabr 2010, 11:18:09

Ayni paytda "Hadis va hayot"ning 27 juzini o'qiyapmiz, Anisa, AbdulAzizni duo qilgan holatda InshaAlloh.

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  07 Dekabr 2010, 11:33:54

Yaxshi kitobning tez tugab qolishi yomon-da:) Br necha kun oldin Najib Mahfuzning "Raqqosa Rodopis" romanini o`qib chiqdim. Misr fir'avnlaridan biri Merenraning fojeaviy muhabbati, bir ayol latofati tufayli parokandalika yuz tutgan xonlik haqida hikoya qilivchi juda zo`r asar. Mazza qilib o`qidim. Kecha Navoiy ko`chasidan Deyl Karnegining "Notiqlik san'ati"ni sotib olgandim, lekin to`g`isi tarjimasi uncha ma'qul kelmadi. Umuman hozirda chop etilayotgan  ko`p tarjima kitoblarni yaxshi deb baholab bo`lmaydi.
Shu vaqtgacha eng ko`p marta, qayta-qayta o`qigan kitobim- "Ot kishnagan oqshom", "Choliqushi" va "Otamdan qolgan dalalar" edi. Ta'sirli kitobgina o`quvchini ta'sirlantira oladi. Tog`ay Murodning asarlarida haqiqiy o`zbek harakterini ko`rishingiz mumkin. Asarning shunday joylari borki (Ayniqsa "Oydinda yurgan odamlar" qissasi) yig`lamasdan ilojingiz yo`q. Sizga ham ushbu kitoblarni o`qishni tavsiya etardim. Jahon adabiyotidan esa "Alkimyogar"ga yetadigani bo`lmasa kerak. Ayni kunlarda "Bozor dunyo" degan kitobni izlayapman, ko`rganlar yo`qmi?:)

Qayd etilgan