
"Alkimyogar"ni 2-3 martta o'qiganimdan keyingina tushuna boshlaganman. Asar menga maqqul kelgan.
P.S. Kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi ... deb bekorga aytishmas ekan.
Men ham oldin o'qiganman. Yana o'qidim. Balki tarjimadandir deya ruschasini ham o'qidim. Lekin biron yangilik topmadim.
Bu kabi asarlar o'zimizning mumtoz adabiyotimizda juda ko'p. Masalan, "Lisonut-tayr".
Paolo Koel'oning yutug'i esa ham sharq, ham g'arb an'analarini chatishtirib, asar yaratgan.
Asar g'oyaviy jihatdan yaxshi bo'lishi mumkin (lekin menimcha, yangilik yo'q), lekin baddiy jihatdan men undan qoniqmadim.