Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 334258 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 ... 60 B


Mo'min Mirzo  29 Mart 2011, 20:16:38

"Otamdan qolgan dalalar" - haqiqiy 3D kitob. O'zingizni o'sha davrga tushib qolgandek his qolasiz.
Kattalarning, Og'alarning, Qizillarning qilmishlaridan tishlaringiz g'ichirlaydi, mushtlaringiz tugiladi...
Qayeriga keldingiz Mirzo?
Endi 6chi bobga kelibman.
Qiziq, 13-22 yoshlarimda bir kitobni bir kundayoq o'qib chiqardim, eng ko'pi bilan Homerning illiadasini 5kunda o'qib tugatgandim...
hozir bo'lsa, o'rtacha kattalikdagi kitobni ham kam deganda bir haftada o'qib tugatyapman.

Qayd etilgan


Nurdinboy  31 Mart 2011, 11:15:17

Men so'nggi marta Said Ahmadning "Qorako'z Majnun" hikoyalar to'plamini audiodan eshitdim. Said Ahmadning eng zo'r hikoyalari jamlangan ekan.
Ayniqsa, Said Ahmad o'zi guvohi bo'lgan lagher voqealariga asoslangan hikoyalari juda ta'sirli.

Haqiqatdan ham zo'r kitob. O'qisangiz undan ham zo'r taassurot olasiz. Ayniqsa "Azroil o'tgan yo'llarda" hikoyasini ko'p bora qayta o'qib chiqqanman.

Qayd etilgan


ан-Насафий  01 Aprel 2011, 22:41:38

Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳ!

     Айни дамда:
     «Тасаввуф ҳақида тасаввур» китобини сқиспман.
     Бугун:
     «Ихтилофлар: сабаблар, ечимлар» китобини сқиб тугатдим. Жуда зср китоб скан. Ўқишни тавсис стаман.
     Ўқишни бошламоқчиман:
     «Ўткир Ҳошимов III» асарлар сайланмасини. Шу жумладан «Ўткир Ҳошимов II»ни ҳам (Шу китобим дсстимда сди). «Ўткир Ҳошимов I»ни сқиб бслганман.

Qayd etilgan


XurshidbekUZ  05 Aprel 2011, 09:41:39

Deyl Karnegi "Muomala madaniyati" Jim Ron "Muvaffaqiyatga erishish sirlari" , "Boy ota kambag'al ota" , Napaleon Xill "O'ylang va boy bo'ling" "Vavilondagi eng boy odam"

Qayd etilgan


Nurdinboy  05 Aprel 2011, 13:19:20

"Shaytanat"ning 2-kitobini qayta o'qiyapman

Qayd etilgan


ree7  07 Aprel 2011, 00:09:23

"Otamdan qolgan dalalar"ni o'qib chiqdim. Asarni oxirlari odamni ezib yuboradi.. Rostdan ham qayta-qayta o'qiydigan asar ekan. "Yashasin Tog'ay Murodning dushmanlari"

Qayd etilgan


Al-Aziz  07 Aprel 2011, 08:01:56

Gabria Garcia Markes -''Tanholikning yuz yili'' bo'sh voqtilar bulsa o'qib chiqishni maslahat berardim.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  07 Aprel 2011, 09:01:34

Bu Buendiyalar oilasi haqida falsafiy roman emasmi?

Qayd etilgan


Nurdinboy  07 Aprel 2011, 09:54:01

Gabria Garcia Markes -''Tanholikning yuz yili'' bo'sh voqtilar bulsa o'qib chiqishni maslahat berardim.
Bu Buendiyalar oilasi haqida falsafiy roman emasmi?
Qo'lyozma haqida edi shekilli. Bir kirishgandim o'qishga. Lekin to'xtab qolgan
Avlodning birinchi vakilini daraxtga qoqib tashladilar.
Avlodning so'nggi vakilini quzg'unlar yedilar

Menimcha kitobning boshlanishi shunaqa edi. Bir o'qib chiqish kerak. Faqat eski nashrini. Yangisida qisqartishlar ko'p ekan

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  07 Aprel 2011, 10:14:02

Ha bo'ldi, shu. Quzg'unlar emas, chumolilar yeb bitiradi derdi Markiades degan folbin.
Ochig'i, bu kitobdan hech narsa olmaganman, maqtayverishganda 17 yoshlarda o'qib chiqqandim, falsafasini tushunmaganmanmi yo asar o'zi mantiqsizmidi bilolmadim.
Oqchorloq Jo'natan bilan Alkimyogar yoqqan.

Qayd etilgan