
Kitob o'quvchilarga yordam bo'lsa deb sizlarga ilindim(Yangi mavzu ochgim kelmadi)
Kitobdan qanday qilib samarali tarzda o’rganish mumkin?
1. Hammasini o’qishga shoshilmang. Qancha ko’p tushuna boshlasangiz, shuncha kam yodda saqlashga urinasiz.
Yuzaki o’qimang. Tanaffus qiling va o’ylab oling. Agar kitobda sizga savol berilgan bo’lsa, uni e’tibordan chetda qoldirmang. Tasavvur qiling, kimdir sizga haqiqatda savol bilan murojaat qilyapti. Muammoning yechimini topishga o’zingizni qanchalik chuqur majbur qilsangiz, shunchalik ko’p ehtimollik ila, mavzuni eslab qolasiz va o’zlashtirasiz.
2. Mashq va topshiriqlarni bajaring.
Kitobda berilgan mavzuga oid mashq va topshiriqlarni albatta bajarishga harakat qiling. Yuzaki qaramang. Mashqlarni harakat qilib bajaring, masalan qalam bilan qog’ozda yoki kompyuteringizda kerakli dasturlardan foydalangan holda yozib bajaring. Ko’pgina dalillarga asoslanadigan bo’lsak, o’rganayotgan vaqtingizda jismoniy faollik o’zlashtirish samaradorligini oshiradi.
3. Uyqudan oldin kitob o’qimang. Hech bo’lmaganda, bilim olish maqsadida kitob o’qimang.
O’qigan ma’lumotlaringizni o’zlashtirish, «hazm qilish» jarayoni (ayniqsa uzoq muddatli xotirangizda o’rganganlaringizni saqlash) aynan kitobni yopganingizdan keyin boshlanadi. Demak, siz kitobni o’qiganingizdan keyin miyangizga barcha o’qiganlaringizni qayta ishlash va esda olib qolish uchun vaqt kerak bo’ladi. Bu vaqtda yana yangi informatsiya qo’shsangiz, oldingilarining bir qismi yo’qolishi mumkin.
4. Suv iching, Ko’p suv ichib turing.
Miyangiz suyuqlik muhitida yaxshi ishlaydi. Quruqlashishi (bunday holat hattoki chanqoqni his qilishingizdan oldin ham ro’y berishi mumkin) esda olib qolish funksiyasini pasaytiradi.
5. Ovoz chiqarib o’qing. Balandroq ovozda o’qing.
Nutq faoliyatiga miyangizning alohida boshqa qismi javob beradi. Agar nimanidir tushunishni yoki eslab qolishni xohlasangiz, baland ovozda o’qing. Yanada yaxshisi, uni kimgadur tushuntirishga harakat qiling. Natijada o’zlashtirishingiz tezlashadi, balki o’qishingiz davomida e’tibor bermagan yangi jihatlar sizga namoyon bo’lishi mumkin.
6. Miyangizga quloq soling.
Miya ma’lumotlarga to’lib qolmasin. Agar o’qiyotganingizda xayolingiz boshqa joyga keta boshlasa yoki hozirgina o’qiganingizni eslay olmasangiz, unda dam olish vaqti keldi. Qayta-qayta va ko’proq o’qishingiz bilan ko’p ma’lumotga ega bo’lish orqali siz tez o’zlashtira olmaysiz. Balki, o’zlashtirish jarayoniga zarar yetkazishingiz mumkin.
7. O’qiganlaringizni his qilishga harakat qiling.
Biror bir mavzuni o’qidindizmi? Uni his qiling. Qanday qilib? O’qigan ma’lumotlaringizni jonlantiring. Ularni qandaydir syujet orqali sahnalashtiring. Olgan ma’lumotlaringiz qayerda, qanday asqotishini o’ylang.
8. Me’yorga doim amal qiling.
Doim va barcha narsada me’yorga amal qiling. Hayotingizni yengillashtiring. Hech bir narsaga mukkasidan ketmang. O’rtahollik bu samaradorlik garovi. Chunki siz hech qachon o’sha narsadan zerikib qolmaysiz, ko’nglingiz qolib ketmaydi. Kitob o’qib bo’lib, hordiq chiqaring (yoki dam oling). Bir narsa yodingizdan chiqmasin, ilm olish ham ibodat. Ibodatdan hech qachon ko’nglingiz qolmasin.
Manba