Men negadir Choliqushini hech o'qiy olmadim... : (
ilk bor 12 yoshlarimda amakim maqtayverganidan topib biroz o'qigandim, 30 sahifadan oshira olmay kitobni yopib qo'yganman, juda zerikarli tuyulgan.
oradan bir-ikki yil o'tib yana maqtayverishdi, bunaqasi yo'q deya. Uydagi yo'qolib ketgandi, yana sotib oldim. Bunisida 50 sahifacha o'qidim, yana yopdim...
17yoshlarda yana sotib oldim, yana yopdim.
3 yilcha oldin yana oldim, avval tushunmagandirman deya. Yo'q, bu safar ham o'qiy olmadim, sabr bilan arang kitobning uchdan bir qismini o'qib chiqdim, shu bilan kitobni yopib qo'ydim. Hozir bunisi ham yo'qolib ketdi.