"Usta va Margarita"(Mixail Bulgakov)ni oqib chiqdim...
Boshda nomiga qarab romantik ruhdagi kitob bo`lsa kerak deb o`ylagandim, yo`q, ko`proq mistika-fantastika yo`nalishida ekan. Asar yaxshi-yu, jaa unaqa ta'sirli emas. Balki tarjimon asardagi ta'sir kuchini to`lig`icha yetkazib bera olmagandir. Ko`nglim istagan mutolaa mazasini his etmadim.
"Choliqushi" kayfiyatidagi asarni o`qigim kelyapti... Maza qilib, ichiga kirib, qahramonlar bilan birga yashab, kulib, yig`lab...