Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 381135 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 60 B

Muzayyana  02 Aprel 2009, 09:47:21

Assalamu alaykum!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlarining "Ruhiy tarbiya" 2-juz "Tiklanish"ni o'qishni boshladim, Alloh davomli qilsin!

PS:Robbim bizni biladigan va bilganlarini bildiradiganlardan qilsin va muhimi bilganlariga amal qiladiganlardan qilib qo'ysin,zero Uning huzurida bilganlarimiz o'zimizga "dushman"lik qilmasin, amin...

Qayd etilgan

ibnUyayna  04 Aprel 2009, 06:01:10

   Assalamu alaykum wr wb!
  Albatta musulmon shunday yaxshi amallardan habardor bo`lsa hursand bo`ladi.Islomiy bilimini oshirib,o`zini isloh qilishga harakat qilib,har doim yaxshilikka intilib yaxshayotgan musulmonlar haqida bilish qanday yaxshi!Alloh hammamizdan rozi bo`lsin Inshaallah.Shayx MSMY Hazratlarining umrlariga,sog`liklariga,islom yo`lidagi xizmatlariga Alloh hayr-baraka bersin!
  Hozirda 1 qancha kitoblar o`qiyapman.Har doim ro`yhatini yozaman deymanu yozganimdan keyin o`chirib tashlayman. Bilmadim nimaga
  Duo qilib turila
 Assalamu alaykum wr wb!

Qayd etilgan

Muhyiddin  04 Aprel 2009, 14:29:56

Shayx hazratlaridan Alloh rozi bo'lsin!
Biz ham yaqinda 2-3 juzini oldik Chorsudan. Yaxshi kitob. Bu asarning "Ruhiy tarbiya" nomli bir necha qismdan iborat video varianti ham bor. 
 
Qayd etilgan

Muhyiddin  04 Aprel 2009, 14:34:15

Shu kunlarda avar shoiri marhum Rasul Hamzatning "Mening Dog'istonim" nasriy asarini o'qiyapman.

Bu asar o'zbekchaga tarjima qilinganmi?

Ha, Asror Mo'min tarjimasi bilan chiqibdi...

Qayd etilgan

Muzayyana  06 Aprel 2009, 11:24:19

Assalamu alaykum!

Bilmaysizlarmi, Shayx xazratlarining "Islom-ma'naviy jinoyatlarga qarshi" mana shu kitobni qayerdan topsam bo'ladi?

Qayd etilgan

Muhyiddin  22 Oktyabr 2009, 17:13:38

Yaqinda Gabriel Garsia Markesning "œBuzrukning kuzi" romanini o’qishni boshlagan edim. Lekin shu paytgacha eng sekin o’qigan badiiy kitobim shu bo’ldi. Biroz serikarli tuyuldi. Uni tugatguncha ikkta-uchta boshqa kitoblarni o’qib tashlapman: Misrlik yozuvchi Najib Mahfuzning "œRaqqosa Rodopis" romanini, Quvaytlik adiba Laylo Usmonning "œSevgi qo’shig’i" qissasini, Falastinlik yozuvchi As’ad al-As’adning "œBinafsha tunlar" romanini.  
Bulardan Najib Mahfuz va Laylo Usmoning asarlari yaxshi taassurot qoldirdi. Ayniqsa menga Najib Mahfuzning yozish uslubi, voqealarni jonli va chiroyli tasvirlashi yoqdi. To'g'ri, asar bir yosh firavn bilan engiltak go'zal raqqosa haqida, lekin san'ant asari sifatida boshingizi ko'tarmay o'qishingizga aminman...

Endi sekin o’qilgan o’sha roman haqida...
Bu roman bir zolim general (diktator, prezident) haqida, to’g’rirog’i uning o’sal qarilik chog’lari haqida... (Uni o'qiyotib Payg’ambar alayhissalomning duolarida o’sal qarilikdan Yaratganning panohini so’raganlari yodimga tushdi) Yozuvchi o’z asarida, o’sal qarilikni boshidan kechirgan inson qiyofasini real bo’yoqlarda ochib beradi. Va kim bo’lsa ham, hatto, u eng yuqori mansab egasi bo’lsa ham, butun hokimiyat qo’lida bo’lsa ham va qancha uzoq yashasa ham bir kun kelib, albatta, vafot etishini ta’kidlaydi!... (Chamasi asar yoshi kattalar uchun)

Qayd etilgan

Ulugbek-Uz  23 Oktyabr 2009, 12:00:24

Турсуной Содиқова "Ссз сеҳри".
Тоҳир Малик "Иймонлашиш умиди", сна бир варақлаб чиқдим.
Марҳабо Каримова "Шукур, шукур, минг шукур" шеърий тсплами. - Ҳожибой Тожибоевни гапларини шеърда сқигандек бслдим.
Барчага сқишга тавсис қиламан.
Анвар Аамозов. Ксринмас одамни сзбекча вариантиин ёзибдилар. Бекорчиликда сқиса бслади. 

Qayd etilgan

imlaah  23 Oktyabr 2009, 14:21:46

Yaqinda Gabriel Garsia Markesning "œBuzrukning kuzi" romanini o’qishni boshlagan edim. Lekin shu paytgacha eng sekin o’qigan badiiy kitobim shu bo’ldi. Biroz serikarli tuyuldi. Uni tugatguncha ikkta-uchta boshqa kitoblarni o’qib tashlapman: Misrlik yozuvchi Najib Mahfuzning "œRaqqosa Rodopis" romanini, Quvaytlik adiba Laylo Usmonning "œSevgi qo’shig’i" qissasini, Falastinlik yozuvchi As’ad al-As’adning "œBinafsha tunlar" romanini. 
Bulardan Najib Mahfuz va Laylo Usmoning asarlari yaxshi taassurot qoldirdi. Ayniqsa menga Najib Mahfuzning yozish uslubi, voqealarni jonli va chiroyli tasvirlashi yoqdi. To'g'ri, asar bir yosh firavn bilan engiltak go'zal raqqosa haqida, lekin san'ant asari sifatida boshingizi ko'tarmay o'qishingizga aminman...

Endi sekin o’qilgan o’sha roman haqida...
Bu roman bir zolim general (diktator, prezident) haqida, to’g’rirog’i uning o’sal qarilik chog’lari haqida... (Uni o'qiyotib Payg’ambar alayhissalomning duolarida o’sal qarilikdan Yaratganning panohini so’raganlari yodimga tushdi) Yozuvchi o’z asarida, o’sal qarilikni boshidan kechirgan inson qiyofasini real bo’yoqlarda ochib beradi. Va kim bo’lsa ham, hatto, u eng yuqori mansab egasi bo’lsa ham, butun hokimiyat qo’lida bo’lsa ham va qancha uzoq yashasa ham bir kun kelib, albatta, vafot etishini ta’kidlaydi!... (Chamasi asar yoshi kattalar uchun)

Uzmus ushbu kitoblarni elektron versiyasi bo'lsa iltimos topishda yordam bersangiz.

Qayd etilgan

Muhyiddin  24 Oktyabr 2009, 12:13:56

Uzr, "iqtibos"ni bosaman deb "rahmat"ni bosib yuboribman. :)
Uni forumdagi ishtirokingiz va mazmunli postlaringiz uchun deb qabul qiling.

Inshaalloh, elektron versiyalarini topishga harakat qilaman.

Qayd etilgan

Muhyiddin  26 Oktyabr 2009, 17:00:26

Imlaah va boshqa qiziqqanlar "œBuzrukning kuzi" haqida hozircha shularni o’qib bilib tursangiz"¦ (Bu asar meni sevimli asarim bo’lmagani uchun mulohazalarni shu erga yozyapman)

Bu asarni Ibrohim G’afurovni tarjima qilganlar. U kishini yaxshi yozuvchi va olim sifatida hurmat qilaman. Bundan avval u kishining "œHayo xaloskor" va "œMangu latofat" asarlarini oqigan edim. Bu asarni ham mahorat bilan o’zbekchaga og’irishga harakat qilganlar.

Asarni o’qish mobaynida eng birinchi duch kelganim,  u juda mayda shriftda yozilgani va hech qanday boblarga ajratilmagani bo’ldi, dialoglar ham ajratilmay bir-tekisda ketavergan. Asar og’ir bir tush yoki alahsirash kayfiyatini qog’ozdagi (nasrdagi) aksiga o’xshaydi, yoki menga shunday tuyuldi"¦ Va nihoyat uning mazmunini eng ohirgi sahifalaridan bilishga muvaffaq bo’ldim"¦

Qayd etilgan