Yaqinda Gabriel Garsia Markesning "œBuzrukning kuzi" romanini o’qishni boshlagan edim. Lekin shu paytgacha eng sekin o’qigan badiiy kitobim shu bo’ldi. Biroz serikarli tuyuldi. Uni tugatguncha ikkta-uchta boshqa kitoblarni o’qib tashlapman: Misrlik yozuvchi Najib Mahfuzning "œRaqqosa Rodopis" romanini, Quvaytlik adiba Laylo Usmonning "œSevgi qo’shig’i" qissasini, Falastinlik yozuvchi As’ad al-As’adning "œBinafsha tunlar" romanini.
Bulardan Najib Mahfuz va Laylo Usmoning asarlari yaxshi taassurot qoldirdi. Ayniqsa menga Najib Mahfuzning yozish uslubi, voqealarni jonli va chiroyli tasvirlashi yoqdi. To'g'ri, asar bir yosh firavn bilan engiltak go'zal raqqosa haqida, lekin san'ant asari sifatida boshingizi ko'tarmay o'qishingizga aminman...
Endi sekin o’qilgan o’sha roman haqida...
Bu roman bir zolim general (diktator, prezident) haqida, to’g’rirog’i uning o’sal qarilik chog’lari haqida... (Uni o'qiyotib Payg’ambar alayhissalomning duolarida o’sal qarilikdan Yaratganning panohini so’raganlari yodimga tushdi) Yozuvchi o’z asarida, o’sal qarilikni boshidan kechirgan inson qiyofasini real bo’yoqlarda ochib beradi. Va kim bo’lsa ham, hatto, u eng yuqori mansab egasi bo’lsa ham, butun hokimiyat qo’lida bo’lsa ham va qancha uzoq yashasa ham bir kun kelib, albatta, vafot etishini ta’kidlaydi!... (Chamasi asar yoshi kattalar uchun)