Ayni paytda siz qanday kitobni o`qiyapsiz?  ( 381458 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 ... 60 B


Nurmuhammad  03 Mart 2011, 19:17:18

Гайбулла Ас-Саломнинг А­й умри азиз номли китобини укивомман!

Qayd etilgan


Sofdil  04 Mart 2011, 16:04:14

Pirimqul QOdirov: "Humoyun va Akbar" va
Teador Drayzerri "Finansist" trilogiyasini 2-kitobi.

Qayd etilgan


ibnUyayna  04 Mart 2011, 16:08:06

 Har doim bir vaqti o`zida har hil kitob o`qiyman.Birida zeriksam ikkinchisini olib o`quvraman.
 

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  05 Mart 2011, 20:58:21

Kuni-kecha Shaytanat-5ni o'qib tugatdim.
Bu jildida Tohir Malik odob-ahloq mavzusiga katta joy ajratibdi. Bir tomondan Odamiylik mulki va Iymonlashish umidini o'qiganday bo'ldim : )
Fikrlarim:
Tohir Malik asarlarida qahramonlarining so'nggi taqdiri nima bo'lganini ipidan ignasigacha bayon etmasdi, buni o'quvchining o'ziga havol qilib qo'yardi, shunisi bilan qiziq edi. Shaytanat-5da bu an'anaga chek qo'yibdi : )
Zaynabning QASOS QASOS deb gapirishi ensamni qotiraverdi, kitobni varaqlab ham o'qidim ayrim joylarida. Ayol kishiga QASOS OLAMAN deyish hecham yarashmas ekan.
Manzuraday itoatkor ayolni o'qib juda mehrim tovlanib ketdi, haqiqiy sabrli o'zbek ayoli. Osiyo onamiz Firavn zulmlariga sabr qilib bu dunyodayoq Jannat mujdasi bilan mukofotlangan edi. Manzura ham bir umr eridan qo'rqib o'tdi, bir umr kechalari joynamozda vaqti o'tdi, eriga tik qaramadi, erining roziligi bilan dunyodan o'tdi... Faqat, Haj safarida yuragi yorilib vafot etgani biroz ishonchsizroq chiqibdi. Va yana, Muhiddin otaday odam "Jalil Manzuraga hech qachon mahram bo'la olmaydi" demagani ko'ngilni biroz hira qildi.
Afro'zaning nasihatlarini o'qib (diniy tomondan, ahloq odobga oid bo'lsada) negadir zerikib ketaverdim.
Muhiddin otaning nasihatlarini maza qilib o'qidim, ayniqsa Abdurahmon tabibnikiga ta'ziyaga borgandagi suhbatlarini...

Farzilyaning ayanchli taqdiri... ayniqsa, farzandlarini bag'riga bosgan vaqtida yuragim ezilib ketdi.

Yangi qahramonlardan Tarzan nega jinoyat yo'liga kirib qolganini tushunmadim. Ho'p kiribdi, lekin bunday chuqurlashib ketishiga sabab nima ekan? Sharoiti yaxshi, ota-onasi yonida, tinch omon yashab yurgan bola, Axtamga qo'shildiyu shavqatsizlikka o'tib ketdi.
Kitob o'rtalarida Tarzan bilan Axtam (Murda) kelajakda bir-birining go'shtini yeb, Axtam "taxtga" o'tirishi jinoiy to'daning davom etishini bildirib o'tibdi.

Deyarli barcha qahramonlar nima bo'lgani haqida yozib nuqta qo'yildi, faqat...
Jamshidning taqdiri nima bilan tugashini bila olmadim, afsus, balki ayrim joylarini e'tiborsiz qoldirib ketgandirman. Asosiy qahramonlardan birining taqdiri jumboqligicha qolib ketmagandir.
O'qib chiqqanlar bormi, Jamshidning keyingi taqdiri nima bo'libdi?

Qayd etilgan


Nurdinboy  15 Mart 2011, 17:14:07


Yangi qahramonlardan Tarzan nega jinoyat yo'liga kirib qolganini tushunmadim. Ho'p kiribdi, lekin bunday chuqurlashib ketishiga sabab nima ekan? Sharoiti yaxshi, ota-onasi yonida, tinch omon yashab yurgan bola, Axtamga qo'shildiyu shavqatsizlikka o'tib ketdi.
Kitob o'rtalarida Tarzan bilan Axtam (Murda) kelajakda bir-birining go'shtini yeb, Axtam "taxtga" o'tirishi jinoiy to'daning davom etishini bildirib o'tibdi.

Mo'min Mirzo aka men ham ustoz Tohir Malikning shu kitoblarini o'qiyapman, biroq amaliyot bilan bo'lib hali tugallay olmadim. Abdurahmon tabibning janozasi voqealaridaman.
Tarzanga to'xtaladigan bo'lsak, (Sharoiti yaxshi, ota-onasi yonida, tinch omon yashab yurgan bola, Axtamga qo'shildiyu shavqatsizlikka o'tib ketdi.) debsiz. Sharoiti bo'lgani bilan imonsiz otaning farzandi imon tarbiyasini qanday oladi. To'g'ri Tarzanning o'zida farosat bor, ammo yoshligida tarbiya to'liq berilmagan. Hatto unga daxriy va kofirlarning ismlarini bosh harflarini birlashtirib MARLEN deb ism qo'ydilar. Bunaqa boladan yaxshi odam chiqishi kamdan-kam hollardagina uchraydi.
Jinoyat olamiga kirishi esa uzoq yo'l bosib kelgan bobosini mensimagan ota-onasiga "ko'rsatib" qo'ymoqchi edi. Ikkinchi tomondan Axtam(Murda)ning ta'siri. Bu xulosalar hozircha o'qiganlarim bo'yicha. Qolganlarini kitobni tugatib yozarman.
Umuman olganda kitob zo'r yozilgan. Ustozning ijodlarida omad yor bo'lsin.

Qayd etilgan


Habib  16 Mart 2011, 09:36:03

Kuni-kecha Shaytanat-5ni o'qib tugatdim.

Fikrlarim:
Tohir Malik asarlarida qahramonlarining so'nggi taqdiri nima bo'lganini ipidan ignasigacha bayon etmasdi, buni o'quvchining o'ziga havol qilib qo'yardi, shunisi bilan qiziq edi. Shaytanat-5da bu an'anaga chek qo'yibdi : )
Мени фикримча устоз "қачон 5-китоб чиқади?","Асадбекнинг тақдири нима бслди?","Шайтанатнинг давоми бормикин?" деган фикрлардан схши маънода чарчаганидан 5-китобга қсл уриб, узил-кесил скунлаганини билдирмоқчи бслган. Тушунишимча шунақа. Валлоҳу аълам.
Шу сринда устозга барча схшиликларни тилаб қоламан. Ўз ишини моҳир устаси, схши суҳбатдош, схши инсонлар, Аллоҳ умрларини узоқ қилсин.

Qayd etilgan


Ansora  16 Mart 2011, 19:20:00

Muso Toshmuhammad o'g'li Oybekni "Qutlug' qon" romanini Turk tiliga tarjima qilish bahonasi bilan yana bir bora o'qiyabman. Roman meni juda eski kunlarga olib ketdi...

Teatridan juda qattiq ta'sirlangandim. Yo'lchining "Haqqimni bering boy ota" degan gaplari haliyam qulog'imda jaranglayabdi.

Bir necha sahifa tarjima qilgandan keyin ho'jayinim Turk tilidagi nushasini o'qidilar. Oybekni mahoratiga hayron qolib, "Judayam usta romannavis ekan Oybek" dedilar.

Inshalloh Turk o'quvchilariga ham manzur bo'lar...


Qayd etilgan


Shoxjahon12  17 Mart 2011, 06:20:01

Kuni-kecha Shaytanat-5ni o'qib tugatdim.

Fikrlarim:
Tohir Malik asarlarida qahramonlarining so'nggi taqdiri nima bo'lganini ipidan ignasigacha bayon etmasdi, buni o'quvchining o'ziga havol qilib qo'yardi, shunisi bilan qiziq edi. Shaytanat-5da bu an'anaga chek qo'yibdi : )
Мени фикримча устоз "қачон 5-китоб чиқади?","Асадбекнинг тақдири нима бслди?","Шайтанатнинг давоми бормикин?" деган фикрлардан схши маънода чарчаганидан 5-китобга қсл уриб, узил-кесил скунлаганини билдирмоқчи бслган. Тушунишимча шунақа. Валлоҳу аълам.
Шу сринда устозга барча схшиликларни тилаб қоламан. Ўз ишини моҳир устаси, схши суҳбатдош, схши инсонлар, Аллоҳ умрларини узоқ қилсин.

Internet orqali qaysi saytdan onlayn o'qisa bo'ladi? Link bervora olasizmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Mart 2011, 08:41:34

Hali internetga chiqarilmadi. Qog'oz nusxasi sotilib bo'lmaguncha, elektron nusxaga ruxsat tegmasa kerak.

Qayd etilgan


Zamiraxon  26 Mart 2011, 05:45:38

 :as:
Avvalo forumdagi jonkuyar admin va uning yordamchilariga rahmat aytmoqchi edim. Alloh taolo jonlaringizni omon qilsin, rozi bo'lsin O'zi. Mobil uchun java kitoblar bo'limidagi kitoblarni boshidan o'qib chiqyapman. Hozirgi o'qiyotgan kitobimning nomi: "Qur'on ahloqiga ko'ra mo'minning 24 soati".

Qayd etilgan