Hamza Hakimzodanining she'rlarini tugatolmay yurgandim. Bugun ularni ham tugatdim.
Hamzaning she'rlarini uch qismga bo'lish mumkin ekan:
1. Ma'rifiy she'rlar. Uning 1915 yilgacha she'rlarida ma'rifatga, ilmga chaqiriq, jaholatdan qutulishga intilish kuchli bo'lgan ekan.
2. Qizil she'rlar. Hamzaning 1917 yil va undan keyingi she'rlari Oktabr inqilobidan so'ng ishchi-dehqonlarni ulug'lash va eski tuzumni, boylar va eshonlarni tanqid qilishdan iborat ekan.
3. Dahriy she'rlar. Bu yo'nalishdan ba'zan shariatning ustidan kulish, o'sha davr mafkurasiga mukkasidan ketish haqidagi she'rlar o'rin olgan.