Qizil tayoq ostidagi haqiqat
Bu yog’i 20 kilometrlik Qirg’iziston hududi. Istaysizmi-yo’qmi ularning antiqa qonun-qoidalariga bo’ysunishga majbursiz. Qirg’iziston chegara nozirlari uzoq kutdirishmaydi. Haydovchi berib chiqqan haq sizning yo’lingizni yaqinlashtiradi. Chegaradan o’tib, Qadamjoy shahri bo’ylab, sayohatni davom ettiramiz. Chegaradan 1 kilometr ham o’tmay, qirg’iz davlat avtomobil nazorati xodimi sizni albatta to’xtatadi. Chunki O’zbekistonga tegishli mashinaning qayerga ketayotgani ularga ma’lum. Haydovchi tushib, "œko’nglidan atagani" 2000 so’mni militsionerga taqdim etadi. U ham kayfiyatiga qarab, haydovchining tortig’ini qabul qiladi, aks holda bechora haydovchi yuziga otib yuborilgan aqchalarini yerdan terib olish bilan birga, unga yana 1000 so’m qo’sishga majbur bo’ladi.
Militsionerning "œak jo’l"idan keyin yana yo’lga tushamiz. Orqa o’rindiqda siz "œha, bo’ldi, endi to’xtatmasa kerak" degan o’yda ketaverasiz. Shu o’y bilan yana ozgina yurishingiz bilan militsionerning qizil tayog’iga ko’zingiz tushib, asabingiz o’ynab, haroratingiz osha boshlaydi. Bu safar ham haydovchi o’z vazifasini bajaradi.
Haydovchilarning "hadya"larini qabul qilayotgan qirg'iz militsioneriQirg’iz "œGAIshnik"larining ma’lum stavkasi yo’q. Bu sizning abjirligingiz, professionalligingiz, mashinangiz rusumi va qisman lavozimingizga bog’liq. Agar mashina o’zingizniki bo’lib, uning ustiga avtorusum ham aristokratlarniki bo’lsa, to’lanadigan badal ham aristokratlarcha bo’ladi. Agar mashinangizda biron muammo bo’lmasa, yo’l qoidalarini buzmagan bo’lsangiz qanday qilib ular sizdan badal so’raydi, degan savol tug’ilishi mumkin. Ular albatta kamchilik topadilar. Avval hujjatlar tekshiriladi, so’ng avtomashinaning hujjatlari, undan ham kamchilik chiqmasa, passajirlarning hujjatlari, kamchilik yo’q bo’lsa, unda orqa o’rindiqdagi xavfsizlik kamarlari taqilganini tekshirishadi, u ham taqilgan bo’lsa, aptechka va unda bo’lishi shart bo’lgan dori vositalari va qurilmalar tekshiriladi. U ham mukammal bo’lsa, mashinangizda o’t o’chirish moslamasi bor-yo’qligini talab qilishadi. Bu amaliyot ataydan cho’zilib, yarim-bir soat davom etadi. Natijada siz albatta yengilasiz"¦
Uchinchi GAI "œpost"idan so’ng haydovchi peshonasini tirishtirgancha sigareta tutata boshlaydi. Indolmaysiz, uning holatini ko’rib turibsiz, o’zi ham indamay qoladi, bechora. Mashinadan atrofga nazar solib ketarkansiz, baxtli hayot ufurib turgan plakatlarga, goh Putin, goh Medvedev, Nazarboyev bilan shodon so’rashib turgan o’rtoq Bakiyev tasviri tushirilgan bannerlarga ko’zingiz tushadi.
Oqsuv daryosining Qirg'iziston hududidan oqib o'tadigan qismiBeshinchi "œpost"dan so’ng chegara hududiga yaqinlashasiz. Eson-omon ikki davlat chegarachilaridan o’tib olib, O’zbekiston hududiga kirar ekansiz, beixtiyor, "œxudoga shukur-ey" deb yuborasiz. Oqqiya postidan 3-4 kilometr so’ng, Shohimardon qishlog’i markaziga yetib borasiz"¦
davomi bor...