Keyingi navbat eng yosh polvonlarning o’yinlariga beriladi. Bunda 8-10 yoshli polvonlar polvontoshlar, turli akrobatik o’yinlar bilan tomoshabinlarni bahramand etishadi. Bunda 32 kilolik toshlarni yuqoriga ko’tarish, otib o’ynash, yarim doira shaklida o’zidan 6-7 baravar og’ir yukni ko’tara olish, avtomobil tortish, pichoqli narvonlardan ko’tarilish, yuqoridan shishali yerga sakrash, olov halqalardan akrobatik usulda sakrab o’tish, olov ustida yurish kabi tryuklar bajariladi.
Yosh polvon o’z vazni og’irligidagi toshlarni ko’tarmoqda
Shisha ustiga sakrash
Polvon bolakay o’z vaznidan 10 marta og’ir yukni ko’tarmoqda
Olovli halqalardan sakrashYosh polvonlarning eng qiyin mashqi oldidan didaktik tanaffus e’lon qilinadi. Unda boshlovchi qo’lini duoga ochib, avvalo elu yurtga omonlik, mehmonlarga xotirjamlik, farzandi yo’qlarga o’g’il-qiz tilab, uzundan uzoq duo va ma’ruza qilib, maqsadga o’tadi: "œMana shu bolani san’atini ko’rib, og’lim bo’lsa, polvon bo’lsin deb xavas qilib, ko’ngildan chiqargan bitta marddan 2000 ta so’m so’radim, u ham bo’lmasa 1000 ta so’m, u ham bo’lmasa 500 ta so’m. Uniyam hammadanmas. Marddan so’radim, saxiydan so’radim. Bersang beraman degan, mardga beraman degan. Ro’zg’oridan orttirgan bo’lsa, Shohimardonga atagan bo’lsa, shulardan so’radim. Mana shu bolaga nima maqsadda bergan bo’lsa, shu yerga kelib nimani so’ragan bo’lsa, Alloh niyatiga yetkazsin!".
Didaktik tanaffusShundan so’ng, qahramon bolakay o’rtada turib, tomoshabinlardan kelayotgan hadyalarni qabul qila boshlaydi. Boshlovchi esa, pul berayotganlarning haqiga duo qilib turadi. O’rtaga chiqib pul berayotganlar soni kamaygandan so’ng, boshlovchi: "œEndi bizning ota-bobolarimizdan qolgan an’anamiz bor, o’ng tomondan aylanib, yig’inimizga ataganlarning hadyalarini yig’ishtirib chiqasiz. Berishga puli bo’lmasa-da, hijolat bo’lib, shu bolani peshonasidan silab qo’yganning ham maqsadini Alloh beraversin!" — deydi. Bu holat deyarli har bir namoyishdan so’ng takrorlanadi. Yoshi katta polvonlar duo orqali gipnoz qilish san’atini yaxshi egallaganlar. Bolakay davra aylanib bo’lganidan so’ng ham boshlovchi duo qiladi, shundan so’ng mashq bajarilib, keyingi ishtirokchiga navbat beriladi.
Polvon davra aylanarDavraga illyuzionist-ko’zboylog’ich chiqib, bilgan tryuklarini namoyish etadi. U ham eng qiziq tryuki oldidan qo’lini duoga ochib, avvalgi harakatni takrorlaydi. Oradagi vaqtdan boshlovchi foydalanib oladi. O’zi olib kelgan kitobni obdon reklama qilib, savdoni boshlaydi. Birinchi taqdim etilgan kitob giyohlar haqida bo’lib, boshlovchining aytishicha, bu jajji kitobning ichida davosi yo’q dardlarga ham shifo bor emish. Har bir xonadonda bo’lishi shart bo’lgan kitoblardanmish. Bu kitobning bahosi 700 so’m (Toshkentda esa bu kitobni atigi 300 so’mga xarid qilish mumkin).
Kitob savdosiShundan so’ng davraga katta polvonlar chiqib, o’z mahoratlarini namoyish etadilar. Ularning bajarayotgan mashqlari juda murakkab bo’lib, ayni paytda juda xavfli hamdir. Polvontoshlar bilan o’ynovchi polvon mashqni boshlashdan avval yig’indagi shug’ullangan yigitlardan birontasini davraga taklif etib, 70 kilolik toshlardan birini ko’tarib ko’rishini so’raydi. Tomoshabin polvon uni yelkasigacha oladiyu, yuqoriga ko’tarolmaydi. Shundan so’ng haqiqiy polvon shu kabi toshlardan 4-5 tasini ko’tarib, o’yin ko’rsatadi. Polvonlar ham notiq bo’lib ketishgan. O’zlariga e’tibor qaratish uchun "œMening bitta kamchiligim bor, qarsak bo’lmasa o’ynolmayman" deb talab qilishadi. Qarsak chalmaganlarni ba’zida malomat ham qilishadi, yarim chin, yarim hazil ohangda "œqarsak chalmaganlarni Shohimardonda kechasi bilan burga talab chiqsin", - deydilar.
18 yoshlik Sardor polvondavomi bor...