Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 197640 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 33 B


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:22:17

10. Abu Ishoq dedilar: Bir kishi Baro’ roziyallohu anhudan savol qildi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak chehralari qilich kabi yaltiragan edimi? Baro’ dedilar: Yo‘q. Oy kabi nuroniy, ya’ni nihoyatda nurli, nihoyatda ko‘rkam edi. Uzun emas va yumaloq ham emas edi.

I z o h. Bu o‘xshatishlar hammasi taxminiydur, haqiqat emasdur. Bir oy nima (bo‘libdi), ming oy bir bo‘lsa ham nuroniyatda chexrai nabaviyyaga o‘xshay olmas.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:22:27

11. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning jismi muboraklari shul qadar marg‘ub, chiroyli va zebo ediki, inson ko‘rib, vujudlarini Alloh Taolo kumushdan quyganmikan deb qolar edi. Muborak sochlarida biroz buralganlik bor edi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:22:41

12. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilarki, menga barcha payg‘ambarlar ko‘rsatildi. Qarasam, Muso alayhis-salom biroz ingichka va oriq odam ekanlar. Yamandagi Shanua kabilasining odamlariga o‘xshar ekanlar. Iso alayhis-salomni ko‘rdim, u zotga men ko‘rgan odamlardan Urva ibn Mas’ud nihoyatda o‘xshaydir. Ibrohim alayhis-salomni ham ko‘rdim, men ko‘rgan odamlar ichlarinda u zotga nihoyatda o‘xshagan odam sizlarning payg‘ambarlaringizdur (ya’ni o‘zlarini aytdilar). Jibriyl alayhis-salomni ham ko‘rdim, u zot men ko‘rgan zotlardan Dihyat-al-Kalbiyga nihoyatda o‘xshar ekanlar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:22:49

13. Sa’id Jurayriy debdilar: Men Abu Tufayl roziyallohu anhudan bu so‘zni aytib turganini eshitdim: Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni ko‘rganman. Yer yuzida ul ni ko‘rganlardan mendan boshqa bir kishi ham qolmadi. Sa’id Jurayriy dedilar: Men u kishi menga vasf qilib berishlarini so‘radim. Abu Tufayl dedilar: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam oq yuzli, malohatlik, jismlari mo‘‘tadil bir zot edilar, ya’ni tamomi a’zolari o‘zlariga yarashgan bir mahbub edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:22:57

14. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning oldi taraflaridagi tishlaridan ikkisi nihoyatda yaltirab turardi. Qachon so‘z qilsalar, tishlarining oralaridan nur kabi bir narsa chiqardi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:23:08

BU BOBDA MUHRI NUBUVVAT HAQIDA BAYON QILINADI

15. Soib ibn Yazid roziyallohu anhu dedilar: Xolam meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xizmatlariga olib bordilar va dedilar: Yo Rasulalloh, hamshiramning o‘g‘li bemor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening boshimga qo‘llarini surkab qo‘ydilar va mening uchun barakat duosini o‘qidilar, keyin tahorat qildilar. Men tahoratdan qolgan suvlaridan ichdim va orqa taraflariga o‘tib turdim. Shu holatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikki yelkalarining o‘rtasida nubuvvat muhrini ko‘rdim. Qarasam, u narsa pashshaxonaning tugmasi kabi ekan (Ba’zilar bu ma’noni kaklik tuxumiga o‘xshagan bir narsa ekan, deganlar).

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:23:16

16. Jobir ibn Samra roziyallohu anhu dedilar: Men muhri nubuvvatni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikki yelkalarining o‘rtasida ko‘rdim, u kabutarning tuxumi kabi bir ziyoda go‘sht ekan. Rangi qizilga moyil ekan.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:23:22

17. Rumaysa roziyallohu anho dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga shundoq yaqin turdimki, hatto agar xohlasam, ikki yelkalarining o‘rtasidagi muhri nubuvvatni o‘pa olar edim, Sa’d ibn Maoz roziyallohu anhu o‘lgan kunlari dedilarki, bu zotning vafoti uchun Alloh Taoloning arshi xarakatga keldi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:23:30

18. Ilbo’ ibn Ahmar dedilarki, Amr ibn Ahtab Ansoriy roziyallohu anhu menga xikoya kildilar: "œMenga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni dedilar: ey Abu Zayd, menga yaqin kel va orqamni silab qo‘y. Men orqalarini silab turib, barmoqlarim muhri nubuvvatga tegdi". Shunda men savol qildim, ey Abu Zayd, muhri nubuvvat nima? Abu Zayd dedilar: "œTo‘plangan birmuncha mo‘ylar, ya’ni o‘sha o‘sib ko‘tarilgan go‘sht atrofida va ustida mo‘ylar bor edi". Sahobaning qo‘llari o‘sha tuklarga tushgani sababdan shunday dedilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:23:38

19. Burayda roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinai munavvaraga tashrif qilganlarida, Salmon Forsiy roziyallohu anhu u kishiga bir dasturxon keltirdilar. Unda yangi pishgan xurmolar bor edi. Uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga qo‘ydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ey Salmon, bu nima? Salmon dedilar: Bu o‘zlariga va sahobalariga sadaqadur. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Buni bu yerdan ol, biz sadaqa yemasmiz Salmon uni oldilar. Ertasiga yana shuncha xurmo keltirdilar. Uni ham huzurlariga qo‘ydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Bu nima, ey Salmon? Salmon dedilar: Yo Rasulalloh, bu o‘zlari uchun hadyadur. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ashoblariga dedilar: Qo‘l uzatinglar. Keyin Salmon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning orqalaridagi muhri nubuvvatga nazar soldilar va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirdilar. Salmon roziyallohu anhu o‘zlari Bani Qurayza yahudlarining g‘ulomi edilar. U kishini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sotib oldilar, ya’ni xo‘jalaridan ozod etilishlariga sabab bo‘ldilar va ozodliklariga ko‘p dirhamlar sarflandi, va Salmon hojalari uchun uch yuz xurmo daraxtini ko‘chat o‘tkazib berishlari ham shart qilingan edi. Ular meva qilguncha xabar olib tursinlar. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z qo‘llari bilan o‘sha xurmo daraxtlari ko‘chatlarini o‘tqazdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mo‘‘jizalaridan tamomi daraxtlar o‘sha yil meva berdi. Lekin bir daraxt gul ham ochmadi. Tekshirilgach, ma’lum bo‘ldiki, uni Umar roziyallohu anhu o‘tqizgan ekanlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u ko‘chatni olib tashlab, o‘zlari boshqa o‘tqizgan edilar, keyin meva berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mo‘‘jizalaridan tamomi daraxtlar bemavsum o‘tqizilsa ham hammasi xosilga kirdi. Salmon Forsiy roziyallohu anhu qadim ulamolardan edilar. Yoshlari ikki yuz ellikka borgan edi. Bir rivoyatda uch yuz ellik deyiladi. Bu zot qadim kitoblarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning payg‘ambarlik alomatlarini o‘qigan edilar. O’sha alomatlardan biri sadaqa qabul qilmasliklari va yana biri muhri-nubuvvatlari edi. Bu ikki alomatni ko‘rib bilganlaridan keyin iymon keltirdilar. Bu zotning ozodliklari uchun berilgan naqd mablag‘ qirq uqya (1 uqya - 33.44 gr) tillo edi. O’zlarini Islomga musharraf bo‘lganliklarining voqeasini o‘zlari mufassal bayon qilganlar. Hadis kitoblarida zikr etilgan.

Qayd etilgan