Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 234843 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 33 B


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:45:48

120. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shirinlik va asalni yaxshi ko‘rardilar.

I z o h. Hadisning zohiridan har bir shirinlikni yaxshi ko‘rishlari ma’lum bo‘ladi, lekin ba’zi ulamolar arpa holvasi murod qilingan deydilar, u zamonda shirinlik yog‘ va boshqa narsalardan qilinar edi, deganlarki: Hammadan avval Usmon roziyallohu anhu xolva qildirib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldilar va sollallohu alayhi vasallam uni ko‘p pisand qildilar. U holva un, asal va yog‘dan tayyor qilingan bo‘lib, u zamonda shakar iste’moli u qadar rivoj topmagan edi, shuning uchun shirin narsalar aksari asal, yog‘, xurmodan qilinardi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:45:59

121. Ummu Salama roziyallohu anho dedilar: Men qovurg‘a go‘shtidan bo‘lgan kabobni Rasululloh, sollallohu alayhi vasallam huzurlariga taqdim etdim. U zot u go‘shtdan tanovul qildilar. Keyin yangi taxorat qilmay nomozga turib ketdilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:46:11

122. Abdulloh ibn Xoris roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayxi vasallam bilan barobar masjidda kabob go‘sht tanovul qildik.

I z o h. Bu xadisdan masjidda yemoq va ichmoq joizligi ma’lum bo‘ladi. Basharti, non ushog‘i va boshqa narsalar to‘kilib iflos qilmasa, agar iflos qiladurgon bo‘lsa, makrux bo‘ladi. Ba’zilar deganlarki, balki Rasululloh, sollallohu alayhi vasallam e’tikofda o‘tirgan vaqtlarida masjidda bu voqea bo‘lgan.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:46:27

123. Mug‘iyra bin Shu’ba roziyallohu anhu dedilar: Bir kecha men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan mehmon bo‘ldim. U kecha u zot huzurlariga qovurg‘a go‘sht kabobini keltirdilar. Janob qo‘llariga pichoq olib, undan menga kesib berib turdilar. Shu holda Bilol kelib, namoz vaqti bo‘lib koldi, deb xabar qildilar. U zot pichoqni tashlab dedilar: Bilolning ikki qo‘li tuproqqa belansin. Unga nima bo‘ldi, bu vaqtda xabar berib qoldi. U vaqtda Mug‘iyraning mo‘ylovlari o‘sib qolgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ul zotga dedilar: muylovingni misvokka qo‘yib turib, kesib qo‘yarman yo o‘zing misvokka qo‘yib kesib ol.

I z o h l a r: 1. Mug‘iyra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga mehmon edilar. Janob o‘zlari boshqa yerga chaqirilgan edilar. Bu zotni ham barobar olib ketdilar. Chunonchi, ulug‘lar, muxiblar va xodimlari bilan bir yerga borsalar vaqt ta’ajjub emas, balki joizdir.

2. Bu xadisdan go‘shtni pichoq bilan kesib yemoq joizligi ma’lum bo‘ladi. Ba’zi hadislardan go‘shtga pichoq ishlatmoq man’ qilinganligi sobit bo‘lgan. Bundan murod pichoq bilan yemoqdir. Ammo pichoq bilan kesib, qo‘l bilan yeyilsa, zarari yo‘qdir. Bilolga degan so‘z duoibad emas edi, balki bir nav tanbeh edi. Chunki namoz vaqtida sig‘ilish bor edi, bir oz sabr qilsalar bo‘lardi.

3. Bu hadisdan muylovni kesish haqida extimom zarur ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ulamolar, uni tarashlanadimi yo kesiladimi, degan masalada ixtilof qilganlar. Ammo afzali tarashlangandek kesish.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:46:36

124. Abu Xurayra roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xizmatlariga qo‘l (old oyoq) go‘shti keltirildi va uning go‘shtlik yeri u zotga berildi. Bu narsa Janobga ko‘p marg‘ub edi. Shuning uchun undan tanovul qildilar va tishlab yedilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:47:00

125. Abdulloh bin Mas’ud roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasalamga qo‘l gushti ko‘p marg‘ub edi. Bir kun qo‘l go‘shtiga (ya’ni, yaxudlar taraflaridan) zahar solib berishdi. Undin bir luqma yeb edilar, o‘sha zaharlangan qo‘l go‘shti o‘zi dedi: Yo Rasulalloh, menda zahar bor, yemasinlar. Yoki Jabroil alayhis-salom kelib u zotni ogoh qildilar. U zot qolganini yemadilar. Zahar u zotga o‘sha soatda zarar qilmadi, lekin umrining oxirlarida shu zahar asaridan vafot etdilar. Toki Alloh Taolo u zotga nubuvvat ustida shahodat rutbasini ham ziyoda etsin, va Ibni Mas’ud dedilar: sahobalar u qo‘lni yahudlar zaharlagan edilar, deb gumon qilardilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:47:15

126. Abu Ubayd roziyallohu anhu dedilar: Bir kun men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun bir qozon taom pishirdim. So‘ng u zotga qo‘l gushti marg‘ub bo‘lganligi sababidan qo‘l go‘shtidan uzatdim. Keyin dedilar: Yana uzat. Men dedim: Yo, Rasulalloh, bir qo‘yda nechta qo‘l bo‘ladi? U zot dedilar: Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar tek turib, menga itoat qilganingda edi, har bir talab qilganimda bir qo‘l berib turar eding.

I z o h. Bu voqea ustida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taraflaridan bir mo‘‘jiza vujudga kelmoqchi edi, sahobaning so‘zlari sabab bo‘lib, to‘xtab qoldi. Alloh Taolo karam qilsa, mo‘‘jizalar bayoni uchun inshoolloh, mustaqil bir kitob yozmoq irodasi banda dilimda bor. Muvaffaq bo‘la olsak, o‘shanda bayon qilarmiz.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:47:28

127. Oisha roziyallohu anho dedilar: Qo‘l go‘shti haqiqatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hammadan ziyoda mahbub go‘sht emas edi. Balki go‘sht o‘zi goho-goho pishirilar edi, va qo‘l go‘shti boshqa go‘shtlardan tezroq pishib, tayyor bo‘lar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu sababdan, tezroq taomdan forig‘ bo‘lib, o‘z ishlariga mashg‘ul bo‘lmoq uchun uni tanovul qilmoqqa rog‘ib bo‘lar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:47:36

128. Abdulloh bin Ja’far roziyallohu anhumo dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eshitdim: orqa go‘shti go‘shtlarning yaxshirog‘idir. Bu hadisdan ma’lum bo‘ladiki, u zot goho bu go‘shtdan ham tanovul qilgan ekanlar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:47:47

129. Ummu Honi’ roziyallohu anho dedilar: (Makka fath qilingan kunlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening uyimga kelib qoldilar, dedilarki: Uyingda yeyiladigan xech bir narsa bormi? Men aytdim: Yo Rasulalloh, qotgan non va sirkadan boshqa xech narsa yo‘q. Ularni keltir, dedilar, qaysi uyda sirka bor bo‘lsa, o‘sha uyda nonxurush yo‘q deb bo‘lmas.

I z o h. Allohu akbar. Payg‘ambar hayoti sodda xayot edi. Na unda takalluf bor va na unda yo‘qni yo‘ndirish bor. Koshki zamonamiz musulmonlari - bizlar, o‘z raxbarimiz va o‘z peshvomizdan shunday oson va yengil hayot kechirishni ta’lim olsak, qolgan umrimizni u zotga ergashish bilan o‘tkazsak.

Qayd etilgan