Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 197887 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 33 B


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:48:03

130. Anas roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Saridning fazilati boshqa taomlarga nisbatan qanday bo‘lsa, Oisha roziyallohu anhoning fazilatlari ham boshqa ayollarga nisbatan shunday.

I z o h. Go‘shtlik sho‘rvaga non to‘g‘ralsa, uni Sarid deyiladi, unda komil rizolik bor, lazzati va quvvati ortiq deganlar. Hatto qarilarni yosh qiladi, deyilgan.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:48:16

131. Abu Hurayra roziyallohu anhu dedilar: Bir bor Rasululloh sallollohu alayhi vasallam pishloq yeb, tahoratlarini yangi qildilar. Yana bir bor, qo‘y kiftidan yeb, tahoratlarini yangi qilmay, namoz o‘qidilar.

I z o h. Ulamolar deganlarki, avvali Islomda o‘tda pishirilgan narsa yeyilganda, tahorat sinar edi, keyin bu hukm mansux bo‘ldi. Pishloq yeb tahorat qilgan zamonlari mazkur hukm bor davr edi. Keyin, go‘sht yeb, tahorat qilmay namoz o‘qigan zamonlari esa bu hukm mansux bo‘lgan davrda bo‘lgan.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:48:28

132. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam onamiz Safiyya roziyallohu anxoning to‘ylarini xurmodan va talqondan qilib berdilar.

I z o h. Safiyya onamiz Xorun alayhis-salom avlodlaridan edilar. Hijratning yettinchi yilida Xaybar g‘azotida asir tushgan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotni ozod qildilar va o‘z nikohlariga oldilar, va safar ustida to‘ylarini ham qilib berdilar. O’sha soatlarda nima mavjud bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha bilan to‘y kilib berganlar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:48:45

133. Salmo roziyallohu anxo (bu zot Abu Rofi’ roziyallohu anhu Rasulullohu alayhi vasallamning xotinlarining xodimi, payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning xodimalari va oshpazlari Rasulullohning o‘g‘illari Ibrohimning doyalari) rivoyat qiladi: bu zotning qoshlariga imom Hasan va Abdulloh ibn Abbos va ibn Ja’far roziyallohu anhum keldilar. Ey, Salmo, bizlar uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga marg‘ub va rag‘bat bilan yeydigan bir taomlarini pishirib bering, dedilar. Salmo aytdilar: Ey o‘g‘ilcham, bugungi kunlarda u taomni orzu qilib o‘tirma - u taom yuqligida, nochorlikda yeyiladigan taom edi. Imom Hasan dedilar: Ha, biz uni orzu qilurmiz. Keyin Salmo turdilar. Bir oz arpa olib, uni tegirmon qildilar. Keyin uni qozonga soldilar. Ustiga ozroq zaytun yog‘idan quydilar va qoramurch, zira, quruq kashnich, zanjabinlarni tuyib soldilar. Pishgandan keyin olib kelib qo‘ydilar, va dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga marg‘ub taom mana shu edi, va shuni rag‘bat bilan yer edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:48:59

134. Jobir bin Abdulloh roziyallohu anhu dedilar: Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizning uyimizga marhamat qildilar. Biz u zot uchun qo‘y so‘ydik. Janob dedilar: guyo bularga bizning go‘shtni yaxshi ko‘rishimiz ma’lum ekan. Imom Termiziy aytadilar: Bu hadisda bir mustaqil voqea ham bor.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ularra aytgan so‘zlari nihoyatda dildorlik va izhori xursandchilikdan edi. O’sha qissani inshoalloh, mo‘‘jiza kitobida yozarmiz.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:49:14

135. Jobir roziyallohu anhu dedilar: Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylaridan chiqib, bir ansoriy xotin uylariga kirdilar. Men ham u zotga hamrox edim. O’sha xotin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mexmondorchiliklari uchun qo‘y so‘ydilar. U zot undan tanovul qildilar, keyin bir xurmo tolasidan to‘qilgan tovoqda yangi xurmo keltirdilar. Undan ham yedilar. Keyin peshin namozi uchun tahorat qildilar, namoz o‘qidilar. Keyin yana o‘sha xotin uylariga qaytib bordilar. U kishi avvalgi go‘shtdan qolgan xissasini keltirib qo‘ydilar. Sayyidi olam sollallohu alayhi vasallam undan ham tanovul qildilar. Keyin boshqa taxorat qilmay, asr namozini o‘qidilar.

I z o h. Bu hadisda ustma-ust yemoqning joizligi ma’lum bo‘ladi. Bashartiki, badxazmlik xavfi bo‘lmasa. Agar xavfi bo‘lsa, tibb qoidasicha, zarar qiladi.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:49:27

136. Ummu Munzir roziyallohu anho dedilar: Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening uyimga marhamat kildilar. Ali roziyallohu anhu ham birga hamroh edilar. Uyimizda shoxlari bilan uzib osib qo‘yilgan xom xurmo boshlari bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘sha bosh xurmolardan pishganlarinn terib olib yedilar. Ali ham barobar yedi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam Aliga qarab, bas, endi yemagil, sen bemorlikdan yangi bosh ko‘targansan, dedilar. Ali bas qildilar. Janob esa yana yedilar, keyin men bular uchun biroz silk (tok novdalaridagi usiq bargalar) va arpadan murakkab taom tayyorladim. Sayyidi olam sollallohu alayhi vasallam Aliga dedilar: Mana bu taomdan tanovul qil, senga nihoyatda muvofiq kelgay.

I z o h. Bu hadisdan ma’lum bo‘ladiki, sabablarning rioyasi tavakkulga muxolif emasdir.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:49:42

137. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening qoshimga kelib, "œuyingda yemak uchun biror narsa bormi", deb so‘rar edilar. Men «yo‘q» deb javob bersam, "œmen bugun ro‘zadorman", deb qo‘yar edilar. Bir kun kelib so‘radilar. Men dedim: Yo Rasulalloh, bizga bir yerdan xadya kelgan. U zot so‘radilar: Nima hadya? Men dedim: Xurmo, yog‘ va pishloqdan bo‘lgan holva. U zot dedilar: Men bugun tongda nafl ro‘za niyat qilgan edim. Keyin ul holvadin tanovul qildilar.

Foyda: Bu hadisdan tushunarli buladiki; nafl ruza uchun kunduz niyat kilsa ham bulur. Imom A’zam va imom Sho-fi’i, Raximaxumallohu mazxablari shuldur: imom Molik mazxablarvda nafl ruza uchun ham kechkurun niyat darkordir. Ikkinchi, nafl ruza buzilsa ham bulur, lekin Xaanafiy maz-xabida tsazosi vojibdur.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:49:51

138. Yusuf bin Abdulloh bin Salom roziyallohu anhu dedilar: Bir kun men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim, u zot bir burda non, arpa nonidan qo‘llariga oldilar. Ustiga bir dona xurmo qo‘yib dedilar, buning nonxurushi budir. Keyin auni tanovul qildilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  30 Iyun 2006, 06:50:05

139. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qozon tagida yo tovoq tagida qolgan taom nihoyatda marg‘ub edi.

I z o h. Bu hadis va yuqoridagi hadisning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Dunyo maishatiga extimomlarining nihoyatda kam bo‘lganligi va tavoze’ xokisorliklarining bamisol ekanligi ma’lum bo‘ladi. Sollallohu alayhi vasallam.

Qayd etilgan