216. Ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan peshindan avval ikki raka’at va peshindan keyin ikki raka’at masjidda va mag‘ribdan keyin ikki raka’at va xuftondan keyin kkki raka’at uylarida o‘qidim.
I z o h. Bu hadisda namozning sunnatlari bayon qilingan. Sunnati muakkada hanafiylar qoshida ham shunday, lekin peshinning sunnati ularda to‘rt raka’atdir. Nabiyi karim sollallohu alayhi vasallamdan ko‘p hadislar vorid bo‘lganki, ularda har kim bir kechada va kunduzda o‘n ikki raka’at namozga mudovamat qilsa, Alloh taolo uning uchun jannatda bir uy bino qilur, deyilgan. Bu o‘n ikki raka’atning tafsili Oisha va Ummu Xabiba roziyallohu anhumo rivoyatlarida yuqoridagi Ibn Umar rivoyatlaridagidek kelgan. Magar, ular rivoyatlarida peshin namozining avvalgi sunnati to‘rt raka’at deb ko‘rsatilgan. Yana bir xadisda kelganki, peshindan avval to‘rt raka’atni bir salom bilan o‘qilsa, uning uchun osmonning darvozalari ochilur. (Ya’ni tez qabul qilinur). Imom Buxoriy va imom Muslim raximaxumallohning bir rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam peshindan avvalgi to‘rt raka’atni hargiz tark qilmas edilar, deyilgan. Imom Axmad, Abu Davud va boshqalar Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam peshin namozi uchun masjidga chiqar vaqtlarida uyda to‘rt raka’atni o‘kib, keyin chiqar edilar. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Janob sollallohu alayhi vasallam ko‘pincha sunnatlarni uyda o‘qib, keyin masjidga chiqar edilar, va g‘oliban masjidda ikki raka’at tahiyatul-masjid o‘qir edilar. Ehtimol, Ibn Umar roziyallohu anhumo shuni ko‘rgan bo‘lishlari mumkin.