Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 234756 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 33 B


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:06:02

220. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam chosht namozini olti raka’at o‘qir edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:07:57

221. Abduraxmon Tobi’iy dedilar: Menga Ummu Xoniy roziyallohu anhodan boshqa hech kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning chosht namozlaridan xabar bermadi. U zot aytdilarki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkai mukarrama fath qilingan kunda mening uyimga kirdilar, g‘usl qildilar. Keyin sakkiz raka’at namoz o‘qidilar. Men bu namozdan yengilroq namoz o‘qiganlarini ko‘rmagan edim. Lekin ruku’ va sujudlarini tamom qilar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:08:37

222. Abdulloh ibn Shaqiq dedilar: Men Oisha roziyallohu anhoga dedim: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chosht namozini o‘qir edilarmi? Oisha roziyallohu anho dedilar: Yo‘q. Magar safardan kelsalar o‘qir edilar.

I z o h. Yuqorida Muoz roziyallohu anhuning rivoyatlarida Oisha roziyallohu anho Rasululloh sollalloxu alayhi vasallamning chosht namozini o‘qiganliklarini isbot etdilar. Abdulloh ibn Shaqiq rivoyatlarida esa safardan kelganlaridagina o‘qib, boshqa vaqt o‘qimaganliklari bayon etildi. Buning tadbiqi shuki, chosht namozini masjidda o‘qishlari safardan kelganlaridagina bo‘lar edi. Ammo uylarida hamisha o‘qir edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:08:50

223. Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba’zi vaqt chosht namoziga shunday ehtimom qilar edilarki, biz endi bu namozni hargiz tark qilmasalar kerak, der edik. Ba’zi vaqt esa shunday tashlab qo‘yar edilarki, biz endi bu namozni hargiz o‘qimasalar kerak, der edik.

I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba’zi ishlarni ummatlariga yengillik bo‘lsin, deb qasddan tark qilar edilar. Bu voqea ham shu jumladandir.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:16:08

224. Abu Ayyub al-Ansoriy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamisha zavol (qiyom) vaqtida to‘rt raka’at namoz o‘qir edilar. Men savol qildim: Yo, Rasulalloh, o‘zlari zavol vaqtida bu to‘rt raka’atni xech qo‘ymaydilar. U zot marhamat qildilar: "œOsmonlarning eshiklari zavol vaqtida tamom ochilgay to peshin namozi o‘qilib bo‘lmasdan yopilmas. Men shu soatda mendan biror yaxshi amal osmonga chiqishini do‘st tutaman". Men savol kildim: "œBu to‘rt raka’atning hammasida zam sura qilinadimi?" Janob dedilar: "œHa, qilinadi". Men dedim: "œBunda ikki raka’atda salom ham beriladimi?" Janob dedilar: "œYo‘q. To‘rt raka’atning hammasini bir salom bilan o‘qiladi".

I z o h. Bu namozni sufiylar solatuz-zuvol deydilar. Ular nazdida mustahab namozlaridan biri shudir. Lekin muhaddislar qoshida bu namoz peshin namozining sunnatidir. Chunki zavoldin keyin peshin sunnatidan boshqa bir namozga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mudovamatlari sobit emas.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:16:36

225. Abdulloh ibn Sa’d roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan savol qildim, nafl namozlarini masjidda o‘qimoq afzalmi yo uyda o‘qimoq afzalmi? Janob dedilar: "œSen mening uyim masjidga naqadar yaqinligini ko‘rib turibsan. Shunday bo‘lsa ham, men farzdan boshqa namozlarni uyda o‘qilishini yaxshi ko‘raman". (Ya’ni, yolg‘iz o‘qiladigan namozlarni uyda o‘qimoq afzaldir).

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:18:13

226. Abdulloh ibn Shaqiq dedilar: Men Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ro‘zalari haqida savol qildim. Oisha dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba’zi oylarda shunday ro‘za tutar edilarki, biz endi bu oyda og‘iz ochmasalar kerak, der edik. Ba’zi oylarda shunday og‘iz ochiq yurar edilarki, biz endi bu oyda ro‘za tutmasalar kerak, der edik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlaridan keyin hech bir oyni butun ro‘za bilan o‘tkazmadilar. Magar tanho Ramazon oyini to‘liq tutar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:18:20

227. Anas roziyallohu anhudan bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ro‘zalari haqida savol qildi. Javobiga dedilarki: Janob sollallohu alayhi vasallam ba’zi oylarda shunday ko‘p ro‘za tutar edilarki, bizlar bu oy biror kun ham og‘iz ochishga irodalari yo‘q, deb gumon qilar edik. Ba’zi oylarda shunday ochiq yurar edilarki, bizlar bu oy ro‘zaga irodalari yo‘q, deb gumon qilar edik. Odati sharifalari shunday ham ediki, agar kechqurun u zotni oromda yotganlarini ko‘rmoqchi bo‘lsak, shu holda ko‘ra olar edim. Agar namozga mashg‘ul bir holda ko‘rmoqchi bulsak, u holda ham ko‘ra olar edik. (Ya’ni, odati muborakalari va butun kechani ibodat bilan o‘tkazmas va na butun kechani oromda o‘tkazmas edi. Balki ibodat ham qilar edilar va jon, badan haqlarini ham ado qilar edilar).

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:22:08

228. Ummu Salama roziyallohu anho dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Sha’bon va Ramazondan boshqa, ikki oy ro‘zasini paydar-pay tutganliklarini ko‘rmadim.

I z o h. Bu hadisdan ma’lum bo‘ladiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ikki oy ro‘zasini mukammal ham tutgan ekanlar. Bu voqea Ummul-muminiyn Ummu Salama roziyallohu anhoga ma’lum bo‘libdi. Yoki Sha’bon ro‘zasi yarmidan ziyoda tutilgan bo‘lsa, mubolag‘a yo‘li mukammal deganlar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:24:44

229. Oisha roziyallohu anho dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xech bir oy ro‘zasini Sha’bon kabi ko‘p tutganlarini ko‘rmadim. Sha’bonda shunday ro‘za tutar edilarki, ozgina kun tutolmay qolar edilar. Balki ba’zi vaqtlarda butun Sha’bonni ro‘za bilan o‘tkizar edilar.

Qayd etilgan