Imom Termiziy. Shamoili Muhammadiy  ( 235331 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 33 B


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:24:52

230. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har oyning avvalidan uch kunida ro‘za tutar edilar. Juma kuni ro‘za bo‘lar edilar. Magar ba’zi jumalarda og‘iz ochiq bo‘lar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:24:59

231. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aksari dushanba va payshanba kunlarining ro‘zasiga extimom qilar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:25:33

232. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilarki, bandalarning qilgan amallari har dushanba kuni va har payshanba kuni Alloh Taolo dargohiga ko‘ndalang qilinadi. Men amallarimning ro‘zalik holimda arz etilishini do‘st tutaman, toki maqbuliyatga ziyoda yaqin bo‘lsin.

I z o h. Imom Muslim rahimahullohning bir rivoyatlarida amallarning har kun erta va kech ikki bor arz etilishi sobit bo‘lgan. Yuqoridagi hadisdan har hafta ikki kun arz etilishi ma’lum bo‘ladi. Bular haqida tadbiq shuki, amallar mufassal bir kayfiyatda har kun kecha va kunduz Allohga arz etiladi, va har hafta ikki bor dushanba va payshanba kunlarida biroz tafsil bilan ham arz etiladi. Bundan boshqa har Sha’bon oyida va Qadr kechasida ham yig‘ilgan holatda arz etiladi, toki Bani Odam toifasining sharaf va fazilati farishtalarga ma’lum bo‘lsin.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:25:45

233. Oisha roziyallohu anho dedilar: Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba’zi oyda shanba, yakshanba va dushanba kunlarida ro‘za tutar edilar. Ba’zi oyda seshanba, chorshanba kunlarida ro‘za tutar edilar.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:25:54

234. Maoz roziyallohu anhu dedilar: Men Oisha roziyallohu anhodan so‘radim: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam har oyda uch kun ro‘za tutar edilarmi?" Dedilar: "œHa". Men dedim: "œQaysi kunlari tutar edilar?" Dedilar: "œQaysi kunlar bo‘lishida parvo qilmas edilar". (Ya’ni, to‘g‘ri kelgan kunlarda tutaverar edilar).

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:26:05

235. Oisha roziyallohu anho dedilar: Oshura kuni, (ya’ni, muharramning o‘ninchi kuni), Quraysh jamoasi ro‘za tutar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham hijratdan ilgari o‘sha kuni nafl ro‘za tutar edilar. Madinai munavvarara hijrat qilib kelganlaridan keyin ham tuta boshladilar. Ummatga ham tutishlarini vojib ekanligini e’lon etdilar. Keyin Ramazon muborak ro‘zasi farz qilingach, Oshura ro‘zasining vojibligi mansux qilindi, va mustahabligi boqiy qoldi. Endi kim xoxlasa tutib, kim xoxlamasa tutmaydigan bo‘ldi.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:26:16

236. Alqama roziyallohu anhu dedilar: Men Oisha roziyallohu anhodan savol qildim: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kunlardan biron birini biron bir ibodat uchun xos qilib olar edilarmi?" Dedilar: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallamning amallari doimiy bo‘lar edi. Qaysi bir ibodatga berilsalar, unga extimom bilan davom etar edilar. Sizlardan kim ham u zotning toqatlari yetgan ibodatga toqati yetadi?"

I z o h. Bu hadisdagi davomdan murod, g‘olibi vaqtdir.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:26:24

237. Oisha roziyallohu anho dedilar: Bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening huzurimga kirib keldilar. Mening xuzurimda bir ayol o‘tirgan edi. Janob so‘radilar: "œBu ayol kim?" Men dedim: "œBu o‘sha kechalar uxlamay, nafl namozlar o‘qiydigan va ibodatlar bilan mashg‘ul bo‘ladigan ayol". Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "œNafl ibodatlarni shunchalik miqdorda qilsinki, uni qilmoq mumkin va toqat ichida bo‘lsin. Allohga qasamki, Alloh Taolo bandasi ibodatdan charchamasa va malol kelmasa, savob berishdan hargiz charchamaydi va malol olmaydi". Oisha dedilar: "œIbodatlar ichida Janobi Rasulullohga hammadan ziyoda maxbub ibodat — qilguvchi unda davomiy bo‘lgan ibodat edi".

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:26:37

238. Abu Solih dedilar: Men Oisha va Ummu Salama roziyallohu anhumodan so‘radim: "œQaysi bir ibodat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ziyoda maxbub edi?" Ular har ikkilari dedilar: "œQaysi bir ibodat oz bo‘lsin yo ko‘p bo‘lsin, qilguvchi unda davomiy bo‘lsa, o‘sha ibodat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga maxbub edi".

I z o h. Bu rivoyatlardan aniq-ravshan ma’lum bo‘ladiki, ro‘za bo‘lsin, namoz bo‘lsin, qaysi bir nafl ibodat bo‘lsin, uni qilguvchi odam uni extimom bilan qilsin va unda bardavom bo‘lsin. Xox oz bo‘lsin, xox ko‘p bo‘lsin, qilolmas ekanman deb, butun tashlab ko‘ymasin. Chunki farz ibodatlardagi kamchiliklarni nafllar bilan to‘ldiriladi. Qaysi bir naflga amal qilsa, tark qilinmasin.

Qayd etilgan


Abdusalom  03 Iyul 2006, 07:26:50

239. Avf ibn Molik roziyallohu anhu dedilar: Bir kecha men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo‘ldim. Janob avval misvok iste’mol qildilar. Keyin taxorat qildilar. Men ham Janobga iqtido kilib, namozga shuru’ qildim. Janob surai FOTIHAdan keyin zam suraga surai BAQARAni boshladilar. Qachon bir raxmat oyatini o‘qisalar, to‘xtab olib, uni Allohdan so‘rar edilar. Qachon bir azob oyatini o‘qisalar, to‘xtab turib, undan panoh tilar edilar. Keyin ruku’ qildilar. Ruku’larida qiyomda turgan miqdorlaricha turdilar va bu duoni o‘qidilar: SUBHONA ZI-L JABARUTI VA-L MALAKUTI VA-L KIBRIYoI VA-L ‘AZAMATI. (Tarjimasi: Hukumat va saltanat soxibi bo‘lmish Zot pokdir, va ulug‘lik va buyuklik soxibidir). Keyin sajda qildilar va sajdada ham ruku’da turgan miqdorda turdilar va unda ham yuqoridagi duoni o‘qib turdilar. Keyin ikkinchi raka’atga turdilar. Unda surai OLI IMRONni zam qildilar. Bu raka’atda ham avvalgi raka’atda qilingan tarzda davom etdilar. Bu namoz o‘zi to‘rt raka’atlik namoz edi. Uchinchi raka’atda surai NISOni va to‘rtinchi raka’atda surai MOIDAni o‘sha kayfiyatda o‘qidilar.

I z o h. Imom Termiziy rahimahulloh bu bobda avvalda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ibodatlarini nihoyatda oson va yengillarini bayon etib kelib, oxirida muborak hadis bilan Janobning ibodatdagi shavq va toqatlarini hammadan ziyoda bo‘lib, insoniy toqat tashqarisida ekanligini isbot etdilar. Toki itbo’lariga xirsi baland bo‘lib, muvaffaq bo‘la olgan ximmatlik ummatlar qila olsalar, bu hadis ifodasicha ham amal qilsinlar.

Qayd etilgan